881
o’sha davrning patriarxal madaniyatini, uning ob-havosini har tomonlama va
ochiq-oydin ravishda izohlab bergan. Layli va Majnun timsolida insonga, hayotga
va sevgiga yangi munosabat ifodalangan. Layli va Majnun yangi inson idealining,
inson haqidagi yangi qarashlarning eski qarashlar va ziddiyat bilan to’qnashuvini
aks ettiradi. Bu to’qnashuv eski qarashlarning, tushunchalarning tarix sahnasidan
chiqish vaqti yaqinlashganini ko’rsatadi. Lekin bu eski qarashlar hali shuurlardan
o’chmagan.
Unga qarshi har bir chiqish, har bir harakat ahmoqlik, beaqllik, majnunlik
hisoblanadi. Xoh qiz, xoh o’g’il farzand kimnidir tanlashi, kimnidir yoqtirishi hali
ham ota haqlarini toptalash, davrning odat-an’analariga qarshi borish sifatida qabul
qilinadi. Asar bilan yaqindan tanish bo’lganlar Layli va Majnun muhabbati
maktabdan boshlanganini biladi. Bu hech ham tasodif emas. Ya’ni komillik,
ijtimoiy munosabatlar tizimining rivoji ayol va erkak munosabatlarining yo’lga
qo’yilishi uchun ilm va ta’lim zaruriy shartlardan biridir. Ular bir-birini faqat
maktabda ko’rishadi va bu muhabbatga, o’zaro munosabatga ana shu yerda yana-
da yaqinlashishadi.
Majnunning iztirobi, hasrati Laylining maktabdan ketishi bilan boshlaydi.
Albatta, Fuzuliyning komil inson, shaxsiyat timsolida yaratgan inson obrazi Layli
va Majnun munosabatlarida qo’ygan kontseptsiyasini va uning gender
munosabatlarining asosini tashkil etadi. Ham Majnun, ham Layli ayni ijtimoiy
statusga egadirlar. Ya’ni har ikkisi qabila boshliqlarining yagona farzandidir, mol-
mulk jihatdan ham bir xil boylikka egadirlar. Ammo Laylining otasi qizini bunday
boy oilaga berishni istamaydi. Shubhasiz, bu yerda asosiy masala Qaysning
insoniy munosabatlarga, muhabbatga, oila qurishga tegishli o’ziga xos jihatlarga
ega bo’lishidadir. Uni tushuna olmaganlari yoki qabul qilmaganlari uchun Qays
Majnunga aylandi. Bu „majnunlik“ inson sevgisidan, insonning insonga bo’lgan
munosabatidan paydo bo’ladi. Shuning uchun ham u o’zini sahroda, hayvonlar
orasida yaxshiroq his qilardi.
Layli Majnunga jo’natgan maktubida o’zining huquqdan mahrumligi, qul,
buyum kabi olinib sotilishini bildirib shunday deydi:
Men gavharman, o’zgalar xaridor,
Menda emas ixtiyori-bozor,
Davronki, meni mazoda soldi,
Bilmam kim edi sotgan, kim oldi,
O’lsaydi manim o’z ixtiyorim,
O’lmasdi sendan o’zga yorim.
Dostları ilə paylaş: