Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə404/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   400   401   402   403   404   405   406   407   ...   431
Anjuman Boku (6)

Ключевые слова: 
Сборник, месневи, татаббу, мунаджат. Газель, 
тезкира, редиф, касида, вазн. 
Abstract 
In this article, the information about the works of the poets of the literary 
environment of Kokan and their initiatives is studied on the basis of sources and 
scientific literature. The issue of literary influence on the work of Kokan poets has 
been scientifically analyzed. Uzbek literature of the 19th century and the literary 
relations of Azerbaijan were highlighted on the example of "Majmuai shairon" 
exhibition. 
Key words:
Complex masnavi, tatabbu', munojot, ghazal, tazkira, radif, 
verse, qasida, weight. 
O’zbek xalqining boy madaniy merosi jahon xalqlarining tamadduniga 
sezilarli darajada hissa qo’shgan. Shu bilan birga o’zbek xalqi ham jahon 
xalqlarining madaniy va ma’naviy yutuqlaridan bahramand bo’lgan. Bu haqda 
adabiyotshunos olim E.Shodiyev O’rta Osiyo va Musulmon Sharqi xalqlari 
o’rtasidagi adabiy aloqalarni quyidagicha izohlaydi:
“XIX asrning birinchi yarmida o’zbek xalqi orasida Nizomiy Kishvariy, 
Fuzuliy, Soib, Vidoiy kabi ozarbayjon shoirlari Amir Xusrav Dehlaviy, Jomiy, 


874 
Hiloliy, Bedil, Zebunniso, Mushfiqiy, Saido Nasafiy singari tojik shoirlari, Ozodiy,
Mahtumquli, Saidiy, Zeliliy, Kamina singari turkman shoirlari asarlari keng tarqala
bordi. 
Bu asrlarda yashab ijod etgan ikkala xalq shoirlari uchun ham Sharqning 
ulkan so’z ustalari asarlari ijodiy kamolot maktabi vazifasini o’tadi. 
Bu jihatdan xorazmlik mashhur o’zbek shoiri Munisning quyidagi g’azali 
xarakterlidir: 
Voliy mulki tariqat gar Nizomiydur manga, 
Manzili ma’niga Xizri roh Jomiydur manga”. [1,101]
Fazliy Namangoniyning “Majmuai shoiron” tazkirasi ham yuqoridagi 
“Kamolot maktabi” ta’sirida yaratilgan asarlardan biri hisoblanadi. Mazkur 
radiflardan “Majmua shoironda”da ham “sango”, “biri”, “cho’x” va “do’ndirdi” 
radiflari uchraydi. Nafaqat Amir Umarxon, balki Qo’qon adabiy muhitining 
ko’plab shoirlari Fuzuliy ijodiga ergashganlar «Majmua shoir»dan bunga 
istalganicha dalil topish mumkin. Masalan, Fuzuliyning: 
“Ey mazoqi jona javring shahdu shakkartak laziz, 
Dam-badam zahri g’aming qandi mukarrartak laziz” 
Matla’si bilan boshlangan “laziz” radifli etti baytdan iborat ramali 
musammani mahzuf ( taqte’si – V - - / - V - - / - V - - / - V - foilotun, foilotun, 
foilotun, foilun ) vazinidagi g’azaliga Munshiy o’sha radifda va vaznda besh 
baytli g’azal tatabbu’ qilgan. Fuzuliy g’azalidagi obrazlar: mazoq, shahd, shakar, 
otashi barq, do’zax, obi kavsar, talx guftor, sog’ar, haft kishvarlardan iborat. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   400   401   402   403   404   405   406   407   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin