Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə402/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   431
Anjuman Boku (6)

90
 . 
Tumor – maktub, uzun xat. Majozan umr oxiridagi vasiyatnoma. Birinchi 
misrada esa u azob-uqubat, hijron nomasi sifatida kelyapti. Umr-orzu-umid yo’li. 
Umr – sevguvchi ko’ngil. Gul – ma’shuqa. Bulbul –oshiq. Majozan gul – Haq, 
Bulbul – solik. Gul tikansiz bo’lmaydi. Demak, bulbulning gul vasliga etishi 
tikanli, ya’ni azoblidir. Solik uchun Haq vasliga etish ham shunday mashaqqatlidir. 
Zotan, bu tabiiy holat. Chunki mashaqqatsiz visol yo’li, manzili yo’q. Shunday 
ekan, nima qilmoq kerak? Mashaqqatlardan qo’rqib ortga qaytish kerakmi? 
Bordiyu mashaqqatlardan qo’rqmay oldinga intilganda visolga etish kafilligi 
bormi? Bunga aniq javob aytish qiyin. Shu bois qanday yo’l tutgan ma’qul? 
1. Фузулий. Ғамзасин севдинг кӯнгил. ( Тӯпловчи, сӯзбоши ва изоҳлар муаллифи – Эргаш Очилов). – 
Тошкент: “ШАРҚ” нашриёт – матбаа акциядорлик компанияси бош таҳририяти, 2009. 
2. Қаранг: Увайсий. Кӯнгил гулзори. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1983. 155-бет. 


870 
Birinchi baytdan so’ng ikkinchi baytgacha bӯlgan oraliqda shunday fikr –
mulohazalar paydo bo’ladi. Shundan so’ng shoira tavakkul maqomini tavsiya etadi. 
Buning ma’naviy zaminini Fuzuliyning orifona ohanglarga yo’g’rilgan 
she’riyatidan qidirmoq maqsadga muvofiqdir. Zukko adabiyotshunos Ergash 
Ochilov o’rinli ta’kilaganidek: “Shoir (Fuzuliy-B.F.) she’riyatini tasavvufdan 
ajratib olib o’rganish mumkin emas. Bir qator she’rlarida u yeru ko’kning sohibi 
Olloh taoloni madh etadi, unga munojotlar qiladi, zohidlarga ta’na-malomat 
toshlarini yog’dirib, so’fiy va darveshlarni ulug’laydi, faqru fanolik maqomiga 
intiladi, ilohiy mahbubani ta’rif-tavsiflab vahdat sharobi mastligidan so’z ochadi, 
ishqu oshiqlikni tarannum aylab, dunyoga berilishni qoralaydi va hakazo...”
91
. Shu 
nuqtai nazardan Uvaysiy she’rida ham bu an’ana izchil davom ettrilgani yuqorida 
tilga olingan tatabbu g’azali misolida ham kuzatish mumkin. Ya’ni tavakkul – 
Haqqa ishonch va e’tiqod, uning inoyatiga umid bog’lash. Tavakkul solikni 
poklab, qalbiga xotirjamlik beradi. Shoira talqinicha, ishq ummondir. Ishqda 
kamolga etish uchun ana shu ummonda g’avvos kabi sho’ng’imoq lozim. Bu esa 
turli andishalarni emas, balki tavakkulni taqozo etadi. Zero, tavakkul ham vasl 
zinalaridan biridir. Shunday ekan, ishq yo’lida vasl masnadiga etish uchun 
tavakkul zarur. Ammo tavakkulning o’zi o’zlik fanosini taqozo etadi. Chunki 
dunyoviylikdan butunlay ozod bo’lmay turib, tavakkulga erishib bo’lmaganidek, 
tavakkul qilmay vasl poyasiga ham etib bo’lmaydi. 
Shunday shoirona mahorat sirlari Furqat tatabbularida ham yaqqol ko’zga 
tashlanadi. Shu jihatdan shoiring “Kelinchak” nomi bilan mashhur bo’lgan tazmin 
tatabbusi diqqatga sazovor. U ozar shoiri Fuzuliy g’azliga bog’langan bo’lib, 
Furqat hatto salaf g’azalining birinchi misrasini tazmin sifatida keltiradi. Furqat 
g’azali ham Fuzuliy g’azali vaznida – ramali musammani mahzufda yozilgan 
bo’lib, u ham ozar shoiri kabi yor go’zalligini ulug’laydi. Fuzuliy she’rida 
an’anaviy mahbubning go’zal siymosi chizilgan. Uning qaysi xalq yoki hududga
mansub ekanligi yaqqol sezilmaydi. Zero, u Sharq she’riyatidagi an’anaviy go’zal 
sifatida tasvirlangan bo’lib, uning oshig’i ham an’anaviy tarzda fikrlovchi lirik 
qahramon holida berilgan. Furqat tatabbusida esa bunday emas. Unda muayyan 
hudud va o’sha yerdagi xalqqa mansub go’zal siymosi chizib berilgan. Furqat 
tatabbusiga jiddiy nazar tashlansa, unda aniq Farg’ona go’zali, aniqrog’i, 
kelinchagi siymosi chizilganini sezish mumkin. To’g’ri, barcha go’zallar ham 
ko’ziga surma, qo’liga xina, yuziga g’oza, qoshiga o’sma tortishi, sirg’a, uzuk, 
bilaguzuk taqishi mumkin. Bular go’zallar pardozidagi umumiy xususiyatlar. Endi 
tatabbudagi go’zalning kiyimlariga e’tibor qarataylik: 
3. Очилов Э. Нафис мажлислар. 2-китоб. – Тошкент: « Info Capital Group», 
2018. 90-бет. 


871 
Za’faroniy ko’ylak uzra arg’uvoniy kamzihul, 
Ro’ymol og’ushidin peshonani(ng) ahvoli tang. 
Bori nozik panjalar oltin uzukdin zebnok, 
Qo’l bilagzukdin muzayyan, nuqradin og’izda chang 
92

Yor za’faroniy, ya’ni tillarang, yaltiroq sariq ko’ylak ustidan arg’uvoniy 
kamzihul, ya’ni engsiz, yoqasiz, kalta qizil kamzul kiyib olgan. Ro’ymolini esa 
umuman ayollar kabi iyagi ostidan aylantirib bog’lamay, peshonasiga tang’ib 
qo’ygan. Ingichka bamog’laridagi tilla uzuklarni yaltiratgan holda, bilagidagi 
bilaguzuklarini shiqirlatib chang chaladi. G’oyat go’zal tasvir. Shu tarzda kiyinish 
va uning ustiga chang ham chalish o’tmishdagi o’zbek qizlari, xususan, Farg’ona 
vodiysi go’zallariga xos edi. Tatabbuda yor mahorat bilan jonli insondek 
tasvirlangan. U nihoyatda erka, sho’x. O’z latofatidan o’zi ham zavqlanadi. Shu 
sababli bir nafas tinch turmaydi. Goh “g’amza birla ӯlturur, goh jilvalar birla 
yurur”. Xullas, sho’xligi va noz-karashmalarini bir nafas to’xtatmaydi. Lirik 
qahramon uning harakatlaridan, noz, g’amza va sho’xliklaridan hayratga tushadi. 
Uning oldida o’zini unitib, aqlini yo’qotar darajaga etadi. Lekin bularning 
hammasi unga huzur bag’ishlaydi. U o’z oldida xayoliy go’zal emas, balki hayot 
go’zali turganligini, bu go’zal paridan ham ustunligini his etadi. Yor oshig’ining 
o’ziga bo’lgan muhabbatini chuqur his etadi. Shu sababli erkaligini ba’zan haddan 
oshiradi, oshiqni qiynaydi. Natijada, ular orasida tez-tez jang va sulh holati yuz 
berib turadi. Bunday holat barcha chin oshiq va ma’shuqlar orasida yuz beruvchi 
hol bo’lib, shoir tatabbu qahramonlari munosabatlari misolida bu manzaralarni 
g’oyat go’zal, hayajonli va ta’sirli chizib bergan.
Bularning hammasi XIX asr birinchi yarmi she’riyati o’zbek, tojik va 
ozarbayjon mumtoz adabiyotlarining boy va yuksak badiiy an’analari asosida 
rivojlanganini ko’rsatadi. Muhimi shundaki, bu adabiy an’analar rivojida 
tatabbunavislik alohida o’rin tutadi. Chunki bu davrda tatabbunavislik boshqa 
davrlarga nisbatan g’oyat keng qirrali bo’ldi. O’zbek she’riyatida Alisher Navoiy 
birinchi bo’lib tatabbunavislikni maxsus adabiy yo’nalish darajasiga ko’tarib, 
tatabbulardan devon tuzgan bo’lsa, undan keyin ham bu an’ana davom etdi. 
Voqean, XIX asr va XX asr boshlaridagi Qo’qon adabiy muhitida tatabbunavislik 
adabiy yo’nalishi g’oyat keng rivojlandi. Shuning natijasida, 1821 yilda Qo’qonda 
Fazliy Namangoniy tomonidan tuzilgan “Majmuai shoiron” tazkirasi boshdan-oxir 
tatabbulardan iborat bo’ldi. 
Agar XVII-XVIII asrlarda tazmin tatabbu, mazmunda pand-nasihat kuchli 
bo’lgan mav’iza tatabbular yozish keng tus olgan bo’lsa, XIX birinchi yarmi 
tatabbunavisligida so’z o’yinlari, she’riy san’atlar va, umuman, shakl unsurlari 
4. Фурқат. Танланган асарлар. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1975. – 47-бет. 


872 
ustunlik qiluvchi 
masnu’ 
tatabbular yozish avj oldi. XIX asr oxiri va XX asr 
boshlarida esa, ma’noga e’tibor berish kuchayishi tufayli mazmun va shakl birligi 
aks etuvchi
matbu’ 
tatabbular yaratish ommalashdi. 
Shunday qilib, XVII-XIX asrlar va XX asr boshlari tatabbunavisligi 
jarayonida o’zbek she’riyati ham mazmunan, ham shaklan boyidi. She’riyatimiz, 
ayniqsa, g’azalchilik borasidagi tatabbunavislik yuksak muvaffaqiyatlarga erishdi. 
Bu borada yaratilgan mumtoz lirik asarlar o’z davrida va keyingi davrlarda ham 
badiiy ijodning yuksak namunalari sifatida e’tirof etilib, barcha zamonlarda
hamma ijodkorlar uchun adabiy ilhom manbai bo’lib qoldi. 
Tatabbunavislik natijasida boshqa xalqlar adabiyoti qatorida ozar shoiri 
Fuzuliy asarlariga ham badiiy-g’oyaviy etuk tatabbu asarlar paydo bo’ldi. 
Jumladan, Qo’qon adabiy muhitiga mansub boshqa mumtoz shoirlar ham 
Fuzuliydan ilhomlanib, Uvaysiy va Furqat kabi badiiy mukammal asarlar 
yaratganini mavjud manbalardan kuzatish mumkin. Ularning fuzuliyona yaratgan
asarlari alohida tadqiqotlar uchun mavzu bӯla oladi. 


Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin