Tillar kafedrasi” Jismoniy madaniyat fanidan


Musobaqalarni rejalashtirish



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə17/18
tarix08.09.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#142108
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Ganbol

Musobaqalarni rejalashtirish: Gandbol musobaqalarini rejalashtirish markazlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari Vazirligi barcha idoralar va sport tashkilotlari bilan kelishib, musobaqalarning takvim rejasini ishlab chiqadi. Zarur o‘zgartirishlar kiritilgandan keyin, gandbol buyicha umumiy yig‘ma reja tegishli jismoniy tarbiya va sport qo‘mitalarining ommaviy sport tadbirlari rejasiga kiritiladi hamda barcha sport tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
Musobaqa nizomi: Biron - bir rasmiy musobaqa o‘tkazishdan avval musobaqa xaqidagi nizom tuzilgan bo‘lishi kerak. Bu nizom gandbol federatsiyasi yoki musobaqa o‘tkazuvchi tashkilot tomonidan tasdiklanadi. Musobaqa xakidagi nizom katta yuridik kuchga ega bo‘lgan xujjatdir. Unda asosiy tashkiliy va texnik shart-sharoitlar aniq bayon qilingan bo‘ladi. Musobaqada qatnashuvchi jamoalarning tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarli vaqtga ega bo‘lishlari nazarda tutilib, nizom oldindan tasdiklanishi va tarqatilishi kerak.
Musobaqa nizomida qo‘yidagi masalalar aks etgan bo‘lishi kerak:
O‘tkazilayotgan musobaqaning maksadi va vazifalari.
Musobaqaning kim tomonidan o‘tkazilayotgani.
Musobaqa o‘tkazish muddatlari va shartlari.
Musobaqaga qo‘yiladigan jamoalar soni va nomi, «talabnoma»ga kiritiladigan qatnashchilarning maksimal miqdori.
Musobaqa o‘tkaziladigan o‘yin tizimi (davrali - bir yoki ikki davrali, mag‘lubiyatdan keyin o‘yindan chiqib ketiladigan, aralash tizim).
Hisobga olish tizimi va jamoalarning (natijalar klublar bo‘yicha hisoblanganda) egallagan o‘rinlarini aniqlash tartibi.
Musobaqaning aloxida shartlari, qanday hollarda o‘yinda qo‘shimcha vaqt belgilanishi va uning davomiyligi, o‘yin durang bilan tugallanganda yoki o‘tkazilgan musobaqa natijasida ochkolar soni teng bo‘lganda g‘olibni aniqlash usullari, o‘yin qoidalarida ko‘rsatilganidan tashqari nechta zaxiradagi o‘yinchini almashtirish mumkinligi.
Jamoalarni va musobaqa katnashchilarini rasmiylashtirish tartibi, shakli, o‘yinchilarning talabnomalar berish. Musobaqalarni olib boradigan hakamlar xay’ati. O‘tkazilgan o‘yinga norozilik bildirish va uni qarab chiqish, o‘yinchilarni maydondan chiqarib yuborish yoki ularni ogohlantirish bilan bog‘liq intizom masalalarni ko‘rib chiqish tartibi.


Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin