Tilshunoslik fanidan ma’ruzalar matni


Aleksandr Xristoforovich Vostokov



Yüklə 427,53 Kb.
səhifə36/79
tarix07.01.2024
ölçüsü427,53 Kb.
#205508
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   79
Tilshunoslik fanidan ma’ruzalar matni-fayllar.org

Aleksandr Xristoforovich Vostokov
Taniqli rus tilshunos olimi, akademik (1841) A.X. Vostokov (1781-1864) tug‘ma soqov bo‘lib, Sankt-Peterburgdagi Rumyansev muzeyi kutubxonasiga boshchilik qilgan.
A. Vostokov slavyan tili materiallari asosida tadqiqot ishlarini olib boradi. U, aytilganidek, qiyosiy-tarixiy metodning asoschilaridan biri hisoblanadi. Olim «Slavyan tili haqida mulohazalar» (1820), «Rus grammatikasi» (1831), «Viloyat buyuk rus tili tajribasi» (1852) «Cherkov slavyan tili lug‘ati» (1858-1861) kabi qator e’tiborga loyiq ishlarni yaratdi.
A. Vostokov tadqiqotlari yangi boy faktik materiallarga asoslangan bo‘lib, slavyan tilining taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Shuningdek, qiyosiy-tarixiy metodning qat’iy qaror topishiga ham imkon yaratdi.
A. Vostokovning 1820-yilda e’lon qilgan «Slavyan tili haqida mulohazalar» maqolasi unga katta shuhrat keltirdi. Olim bu asarida slavyan filologiyasiga oid masalalarga to‘xtalib, hind-Yevropa tillarining slavyan tillari oilasiga mansub rus tilining eski slavyan, polyak va serb tillariga bo‘lgan munosabatini aniqlaydi, izohlaydi. A. Vostokovning qayd etilgan maqolasi tarixiy fonetika sohasidagi dastlabki ish hisoblanadi.
A. Vostokov 1842-yilda «Rumyantsev muzeyidagi rus va slavyan qo‘lyozmalarining tasviri» nomli ko‘p yillik mehnatining natijasini e’lon qiladi. Ushbu tadqiqotida eski slavyan tilining shahobchalari bo‘lgan bolgar, serb, rus va janubiy rus (ukrain) tillarini izchillik bilan farqlaydi. Bu esa amaliyotda eski slavyan tilining taraqqiyoti va undagi o‘zgarishlarni davrlashtirishga, ya’ni qadimgi (IX-XIV), o‘rta (XV-XVI) va yangi davrlarga bo‘lishga imkon beradi.
A. Vostokov slavyan tillariga tarixiylik nuqtai nazardan yondashishni ilk bor boshlab bergan olimdir. U tarixiy prinsipga amal qilgan holda eski slavyan tilidagi burun unlilarini aniqlaydi, ayrim harflarning talaffuzini belgilaydi, so‘z turkumlarining (masalan, sifat, ravishdoshlarning) paydo bo‘lish vaqti bilan bog‘liq ayrim fikrlarni bayon qiladi.
Xullas, Rossiyada qiyosiy-tarixiy tadqiqotlar, slavyan tillari oilasiga mansub tillarni o‘rganish, ayni tillarni qiyosiy-tarixiy metod asosida tadqiq qilish, ularni davrlashtirish kabilar dastavval akademik A.X. Vostokov nomi bilan bog‘liqdir.
Hind-Yevropa tillarini qiyosiy-tarixiy o‘rganishning birinchi davri, aytilganidek, qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishi va umumiy tilshunoslik fanining asoslanishi bo‘ldi.



Yüklə 427,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin