Tilshunoslik fanidan ma’ruzalar matni


Sistema va struktura tushunchasi



Yüklə 427,53 Kb.
səhifə60/79
tarix07.01.2024
ölçüsü427,53 Kb.
#205508
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   79
Tilshunoslik fanidan ma’ruzalar matni-fayllar.org

2. Sistema va struktura tushunchasi
Har qanday sistema ichki bo‘linuvchanlik xususiyatiga, muayyan ichki tuzilishga ega bo‘lgan ikki va undan ortiq birliklarning o‘zaro munosabatidan iborat bo‘lib, ayni paytda o‘zi alohida strukturani tashkil etadi. Demak, sistema qismlardan, bo‘laklardan iborat bo‘lsa, struktura ushbu qismlar, bo‘laklar o‘rtasidagi ichki munosabatdir. Ya’ni, sistema – butunlik, struktura – xususiylik hisoblanadi. Ular o‘zaro uzviy bog‘liq, bir-birini taqazo qiladi, ayni paytda har biri o‘ziga xos tomonlari, xususiyatlari bilan mustaqil bo‘ladi.
Sistemalarni mohiyatan 2 asosiy turga ajratish mumkin: material sistema va ideal sistemalar. Har qanday moddiy materialdan tayyorlangan inshoot, qurilma, imorat, tarkibiy qismlarga ajraluvchi obyektni yoki jonli organizmni esa material sistema deb hisoblash mumkin. Aynan moddiy sistemalar birlamchi material sistema deb ataladi. O‘zaro muayyan munosabatlar bilan bog‘langan g‘oya, tushuncha yoki fikrlar ideal sistemalar bo‘lib, ular semantik informatsiyaning ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan boshqa material tashuvchida mustahkamlanadi. Bunday sistemalar ikkilamchi material sistemalar deb nomlanib, inson faoliyati natijasida yuzaga keladi va semiotik sistemalar deb yuritiladi. Aslida ikkilamchi sisemalar substansional, ya’ni mohiyatan mavjud bo‘lmaydi. Masalan, svetofor ranglaridagi ruxsat, man qilish, harakatga tayyorlanish ma’nolari aynan shu ranglarda mavjud emas, ularga ushbu ma’nolarni ifodalash yuklatilgan, buyurilgan, xolos.
Til sistemasi uni tashkil etuvchi qismlari, strukturasiga ko‘ra juda murakkabligi, ko‘p yarusliligi bilan ajralib turadi. Tilning fonetik, leksik, morfologik, sintaktik sathlari struktura qatlamlari bo‘lib, ular bir butunlikni tashkil etadi va o‘zaro aloqadorligi bilan tilning mavjudligini ta’minlaydi. Tilning har bir birligi butunlikning qismi sifatida sistema tarkibiga kiradi. Ayni paytda til sistemasining har bir sathi o‘ziga xos sistemalar bo‘lib, ular ham muayyan struktural elementlardan – muayyan ijtimoiy vazifani bajaruvchi moddiy birliklardan tashkil topadi. Bunda til sathlarining yig‘indisi makrosistema bo‘lsa, ichki yaruslar sistemasi mikrosistema sifatida namoyon bo‘ladi.



Yüklə 427,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin