Tilshunoslik fanining shakllanish tarixi



Yüklə 147 Kb.
səhifə3/9
tarix20.05.2022
ölçüsü147 Kb.
#58874
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tilshunoslik fanining shakllanish tarixi

Panini grammatikasi
Qadimgi hindlarning eng mashhur tilshunosi eramizgacha bo`lgan IV asrda yashab ijod etgan Paninidir. Panini o`zigacha bo`lgan davr tilshunoslarining qo`lga kiritgan yutuqlarini umumlashtirib, ulardan foydalangan holda klassik sanskritning (qadimgi hind adabiy tilining) eng mashhur grammatikasini yaratdi. Uning ushbu asari «Ashtadg’xyan» nomi bilan ataladi. Panini grammatikasi to`rt mingga yaqin (3996 ta) qisqa va lo`nda shehriy usulda yozilgan, osonlik bilan esda qoladigan qoidalarni (sutr) o`z ichiga oladi.
Panini grammatikasi sof empirik va tasviriy xarakterga ega bo`lib, unda sanskrit (qisman Veda) tilining fonetikasiga, morfologiyasiga, so`z yasalishi va sintaksisiga oid fikrlar jamlangan.
Ushbu tadqiqot tili - undagi qoidalar nihoyatda ixcham va qisqa bo`lganligi, asar tili o`ziga xos terminologiyaga egaligi sababli Panini tadqiqoti uzoq vaqtgacha ovrupolik olimlarga tushunarli bo`lmadi. Birinchi bo`lib, asar mazmunini, undagi g`oyani rus tilshunos olimi O.Byotling izohlab berdi.
Panini o`z davridayoq tilni sistema sifatida tushundi, so`z turkumlarini farqladi, so`z tarkibini o`rgandi, o`zak, qo`shimcha, urg`u, intonatsiya va boshqa hodisalar haqida mahlumot berdi.
Paninining sakkiz bo`limdan iborat klassik sanskrit masalalariga oid grammatikasi Hindistonda deyarli ikki ming yil davomida eng asosiy va eng muhim qo`llanma bo`lib xizmat qildi. Eramizning XIII asrlaridagina sanskritning hind olimi Vopadeva tuzgan yangi grammatikasi maydonga keldi.
Yaski (eramizdan avvalgi V asr)
Yaski (Yaska) Hindistonning mashhur tilshunosidir. U so`z hamda so`zning morfologik tarkibi, mahnosi, vazifasi haqida fikrlarini yozib qoldirgan. Yaski so`zning predmetni bevosita aks ettirmasligini, so`z bilan, yahni uning tovush tomoni bilan predmet o`rtasida mahnoning mavjudligini to`g`ri tahkidlaydi. So`z mahno tufayli predmetni nomlash imkoniyatiga egaligini qayd etadi.
Tilshunos Vedalar tilini keng izohlab, tushuntirib beruvchi asar yaratadi va bunda o`zigacha bo`lgan tadqiqotchilar ishlarini, umumlashtiradi.
Xullas, qadimgi Hindistonning tilshunoslik sohasidagi yutuqlari ulkan bo`lib, ular o`z muvaffaqiyatlari bilan jahon tilshunosligi faniga katta hissa qo`shdilar. Ularning tahlimotlari, g`oyalari yunon va arab tilshunosligiga jiddiy tahsir qildi. Hind tilshunosligi Ovrupoga XVIII asrning o`rtalarida yetib keldi.
O`rta Osiyoda esa hind tilshunoslarining tahlimotlari ancha ilgari mahlum bo`lgan. Jumladan, buyuk bobokalonimiz xorazimlik Abu Rayhon Beruniy (X – XI asr) sanskritni yaxshi bilgan, Hindistonga maxsus bag`ishlangan «Hindiston» nomli asar ham yaratgan.
Eng muhimi shundaki, hind tilshunoslarining jahon tilshunosligiga qo`shgan beqiyos hissasi sanskrit bilan belgilanadi. Tilshunos olimlarning sanskrit bilan yaqindan tanishuvi jahon fanida qiyosiy - tarixiy tilshunoslikning yuzaga kelishiga sabab bo`ldi.



Yüklə 147 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin