Tilshunoslik fanining shakllanish tarixi


Anaksimen (bizning eramizgacha bo`lgan 560-502). U «Riktorika» asari bilan stilistika fanining asosini yaratdi. Prodik



Yüklə 147 Kb.
səhifə5/9
tarix20.05.2022
ölçüsü147 Kb.
#58874
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tilshunoslik fanining shakllanish tarixi

Anaksimen (bizning eramizgacha bo`lgan 560-502). U «Riktorika» asari bilan stilistika fanining asosini yaratdi.
Prodik (bizning eramizgacha bo`lgan V asr). Prodik sinonimika masalalarini ishlab chiqdi. U mahno jihatdan har bir mahnodosh so`zning o`ziga xos xususiyatlarini, mahno ottenkalarini, qirralarini farqlashga o`rgatdi.
Protagor (bizning eramizgacha bo`lgan 480-410). Protagor otlarning rodlarini (jinsini), fe`l zamon-larini va gaplarning turlarini farqladi.
Shuningdek, ayni davr faylasuflari ot va fe`llarni farqlab, gapning ot bilan fe`lning bog`lanishidan hosil bo`lishini tahkidladilar.
Platon (bizning eramizgacha bo`lgan 427-347). O`z davrining dastlabki yirik faylasufi Platon etimologika fanining asoschisi sifatida ehtirof qilinadi. U mantiqli nutqda ikki turdagi so`zlarni: otlarni va fe`llarni farqladi. Gapda ega vazifasida kelgan so`zni ot deb, kesim vazifasida kelgan so`zni fe`l deb, atadi. Fe`lning ot haqida nima tasdiqlanishini anglatadigan so`z ekanligini qayd etdi.
Aristotel (bizning eramizgacha bo`lgan 348-322). O`z davrining ikkinchi buyuk qomusiy olimi - faylasufi Aristotel tilga oid masalalarni mantiq bilan bog`liq holda o`rgandi va u birinchi bo`lib, grammatikani mantiqdan ajratdi.
Aristotel ham, Platon kabi, ot - egani va fe`l - kesimni tan oldi. Bu guruhga qo`shimcha ko`makchi so`zlarni-bog`lov-chilarni ham kiritdi. Yahni so`zlarni uch turkumga: ot, fe`l, bog`lovchi hamda yuklama kabilarga bo`ldi. Ot va fe`llarni mustaqil mahnoga ega so`zlar sifatida, bog`lovchi, yuklamani esa faqat grammatik vazifa bajaruvchi so`z sifatida qayd etdi.
Aristotel o`z davridayoq gapni fikr ifodalovchi nutq birligi deb, tahrifladi. Shuningdek, u kelishiklar, tovushlar haqida ham mahlumot berdi. Masalan, u fonetikada unli va undosh tovushlarni ajratdi.
Yuqorida aytilganlardan bir muncha farqli holda tilshunoslikning falsafiy davrida stoiklar nutqda so`zlarni besh guruhga: fe`l, bog`lovchi, artiklg’, atoqli otlar va turdosh otlarga ajratdilar. Shuningdek, ular ushbu so`zlarning barchasi ham mahnolidir, deyishdi. Stoiklar otlarda beshta kelishikni farqladilar: bosh kelishik, qaratqich kelishigi, jo`nalish kelishigi, tushum kelishigi va chaqirish (zvatelg’nqy; chiqish) kelishigi.
Stoiklar mazkur davrdayoq nutqni ikkiga: tashqi nutqqa va ichki nutqqa bHlib, o`rgandilar. Ular yunon tilida 24 ta tovush borligini aytib, bularni unli va undosh tovushlarga ajratdilar.
Xullas, tilshunoslikning falsafiy davridan hozirgi tilshunoslik uchun muhim bo`lgan ikki tahlimot qoldi:
1. Tilning elementlari, birliklari (so`z va gap) – ishora, belgi.
2. Til birliklari mahno, fikr bilan shartli bog`langan.



Yüklə 147 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin