Tilshunoslik fanining shakllanish tarixi



Yüklə 147 Kb.
səhifə7/9
tarix20.05.2022
ölçüsü147 Kb.
#58874
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tilshunoslik fanining shakllanish tarixi

Apolloniy Diskol (bizning eramizning II asri). Apolloniy Diskol bizgacha yetib kelgan yunon tili sintaksisini yaratdi. U «Sintaksis haqida» asarida yunon tili sintaksisiga oid mahlumotlarni berdi.
Iskandariya maktabi vakillari tilning tovush tomoniga ham katta e`tibor berishdi. Ular tovushlarni akustik printsip asosida tasvirladilar, tovush va harflarni aynan bir narsa hisoblab, ularni unli va undosh tovushlarga ajratdilar. Shunga ko`ra harflarni unli tovushlar va undosh tovushlar nomi bilan tasvirladilar. Unli harflarni (tovushlarni) o`z holicha talaf-fuz qilinadigan va o`zini alohida eshitish mumkin bo`lgan tovushlar sifatida, undosh harflarni (tovushlarni) esa unlilar bilangina talaffuz qilinadigan tovushlar sifatida qaradilar. Shuningdek, ular bo`g`in, urg`u haqida ham mahlumot berishdi.
Tilshunoslikning grammatik davrida Iskandariya maktabi vakillari yunon tilining fonetikasi, morfologiyasi va sintaksisi bo`yicha jiddiy tadqiqot ishlarini olib bordilar va qator asarlar yaratdilar. Yunon tilshunosligida, ayniqsa, morfologiyaga oid masalalar mukammal ishlangan bo`lib, unga nisbatan fonetika va sintaksis masalalari bo`sh tadqiq qilingan. Shuningdek, Iskandariya maktabi vakillari gram-matikani falsafadan ajratdilar.
Xullas, qadimda tilshunoslikning Iskandariya davri grammatikani mustaqil fan sifatida yaratdi.
Qadimgi yunon tilshunosligi (grammatikasi) hind tilshunosligi (grammatikasi) bilan bir qatorda o`z davrida arab tilshunosligiga (grammatikasiga) tahsir qildi.


QADIMGI RIM TILSHUNOSLIGI
Qadimgi Rim filologlarining tilshunoslik faniga qo`shgan hissasi katta emas. Rim grammatikasi yunon grammatikasining shahobchasi sifatida maydonga keldi. Iskandariya maktabida yaratilgan yunon tili grammatikasi qadimgi rimliklar tomonidan lotin tiliga tatbiq qilindi. Yunon tilidagi deyarli barcha grammatik terminlar lotin tiliga o`girildi.
Yunon tilshunosligidagi analogiya va anomaliya maktab-laridagi munozaralar ham Rim tilshunosligida davom ettirildi.
Qadimgi Rim tilshunosligining vakillari: Yuliy TSezarg’, Mark Terentsiy Varron, Mark Fabiy, Kvintilian, Eliya Donata, Verriy Flakk, Pristsian va boshqalardir.
Yuliy Sezar (eramizdan ilgarigi 100-44). Qadimgi Rimning taniqli davlat arbobi, lashkarboshisi va notig`i Yuliy Sezar «Analogiya haqida» nomli grammatik asarini yozdi. U so`z va predmet munosabati masalasida analogiya tarafdori sifatida tanildi.

Yüklə 147 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin