Tilshunoslik sathlari orasidagi bog`liqlik ona tilini o`qitishning ilmiy asosi


INTERRELATION BETWEEN LANGUAGE LEVELS THE



Yüklə 263,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix06.02.2023
ölçüsü263,27 Kb.
#83164
1   2   3   4   5
1525-Текст статьи-4725-1-10-20221113

INTERRELATION BETWEEN LANGUAGE LEVELS THE 
SCIENTIFIC BASIS OF TEACHING THE NATIVE LANGUAGE
Gulyamova Xalida,
senior lecturer of the Department of Theory of Early Education Chirchik State 
Pedagogical Institute Tashkentskoy region
Annotation. This article discusses how to teach language at school based 
on the interdependence between language departments, to achieve a conscious 
understanding of the relationship between language departments by students, to 
achieve an understanding of the importance of linguistic unity in our speech.
Key words: sound, word, phrase, speech, language levels, language complex, 
evolutionary phenomenon, social essence of language, language communication, 
word meanings, word structure, grammatical features of the word.
Umumiy o`rta ta`limning MO`Dining ona tili fanining “O`zbek tili ta’limi 
barkamol shaxs tarbiyasi, unda ma’naviy sifat va ijodiy tafakkurni rivojlantirish, 
milliy o‘zlikni anglash, milliy an’ana va avlodlar o‘rtasidagi vorislikni asrash hamda 
davom ettirish jarayonida yetakchi o‘rin tutadi”[1] deb qayd etilishi maktabda ona 
tilini o`qitishga ilimiy-metodik jihatdan asosli yondashuvni taqozo etadi.
“Jamiyatdagi ijtimoiy nufuzini yuksaltirish bilan ta’lim, ilm-fan, iqtisodiyot va 
siyosat sohalarida o‘zbek tilining mavqeyini mustahkamlash, ularda ish yuritishda 


Образование и инновационные исследования (2022 год №7)
ISSN 2181-1717 (E)
261
http://interscience.uz
davlat tilining mutloq yetakchilik maqomini ta’minlash yo‘nalishini belgilagan 
holda ta’limda o‘zbek tilini o‘qitish tizimi ushbu yo‘nalishda amalga oshiriladigan 
ishlarni yuzaga chiqarishni ko‘zda tutadi”[2] deb qo`yilgan vazifalarni amalga 
oshrishda maktabda o’quv predmeti sifatida tilni o’rganish tizimini aniq belgilab 
olishni taqozo etadi.
Milliy o`quv dasturidagi “Fanlararo bog‘lanishni tafakkurning rivojlanishiga 
qiyoslash mumkin”[3] deyilgan fikr ona tilining barcha sathlari o`zaro bog`lanishda 
harakatda bo`lishiga asoslanib aytilgan. Tilning fonetikasi leksikasiz o`lik, leksika 
fonetik birliklarsiz yuzaga kelmaydi. Tilning kommunikativ vazifasi uning barcha 
sathlarining o`zaro mantiqiy bog`liqligini namoyon etadi. Demak, maktab ta`limida 
tilning barcha tomonlarini, ya`ni fonetikasi, leksikasi, so’z yaslishi va grammatikasi 
(morfologiya va sintaksis)ning o’zaro ichki bog`lanishlariga asoslanish tilni 
o`zlashtirish jarayonining ongliligini ta`minlaydi.
Ona tili fanini o‘qitish konsepsiyasida “…o‘quv dasturlarini ona tili ta’limi 
maqsadi hamda mazmuni uyg‘unligiga ko‘ra isloh qilish hamda ular asosida 
darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va didaktik materiallarning yangi avlodini 
yaratish”[3] da ona tili ta`limi sathlari va ular orasidagi mazmuniy bog`lanishga 
asoslanilanilgandagina maqsadga erishiladi.
Ma`lumki, tilning barcha tomonlarining o’zaro bog`liqligi, ko’p qirraliligi va 
murakkabligi, ularning dialektik birligi, avvalo, uning aloqa vositasidagi vazifasida 
namoyon bo’ladi.
Tilning barcha sathlari o`zaro bog`liqligi tovushsiz so`z va iboralar, so`zsiz 
gap yuzaga kelmasligida, so`z va iboralar gapning qurilish materiali sifatida xizmat 
qilishida, gaplarning mazmun jihatdan bog`lanishi biror bir voqelikni o`zida aks 
ettiruvchi matnni yuzaga keltirishida namoyon bo`ladi. Maktabda tilni o`rgatishda 
o`quvchilarning til sathlari orasida ichki bog`lnishni ongli anglashlariga erishish 
uchun mazkur bog`liqlikka asoslaniladi. Tilning barcha tomonlari (fonetikasi, 
leksikasi, grammatikasi, so’z yasalishi)ni o’zaro bog’liq holda o’rganish ona 
tilini o’zlashtirishni ta`minlovchi yetakchi tamoyil sanaladi. Bu tilning murakkab, 
rivojlanuvchan, o’zaro bog’langan muhim tomonlarga ega hodisa sifatida anglab 
yetishlari uchun ilmiy asos yaratadi.
O’quvchilarda ona tili nazariyasi yuzasidan elementar tushunchani shakllantirish 
jarayonida uning ichki bog`lanishining mohiyatini ochib berish tilga bo`lgan 
e`tiborni kuchaytiradi. Ona tili ta`limida ijtimoiy hodisa sifatida til haqidagi bilimlar 
izchil kurs sifatida o`rgatilishi shart emas. Masalan, oldin gap (sintaksis), keyin 
so`z shakllari (morfologiya), undan so`ng tovush (fonetika) o`rganilishi mumkin. 
Lekin til sathlari o`rtasidagi bog`lanish har bir tahlil jarayonida inobatga olinishi 
lozim. So`z ma`nosi (leksikologiya), tinish belgilarining qo`llanilishi va imloviy 
savodxonlik (orfografiya) barcha bo`limlar tarkibida o`rgatib borilishi nazardan 
chetda qolmasligi zaruriy shartlardan hisoblanadi.
O`quvchilarning tilning ijtimoiy mohiyati - aloqa vazifasini bajarishi, uning 
jamiyat hayotidagi ahamiyatini aniq tushunishlariga erishishda quyidagilarga 
e`tibor qaratiladi:
1. O’quv jarayonida har bir til birligining nutqimizdagi ahamiyatini 
o’quvchilarning anglashlariga erishish zarur. O’quvchilar tilning aloqa vositasi 
ekanini til birliklari (fonema, morfema, so’z, so’z birikmasi, gap)ning vazifasini 
tushunish jarayonida bilib boradilar. O`quvchilarga ta`lim jarayonida ma`lumotini 
nima vositasida o`rganayotganini anglashiga doir savol-topshiriqlar berish shu 
maqsadga yo`naltiriladi. Masalan, gullarga nom bo`luvchi so`zlarni aniqlang. Shu 
so`zlar bo`lmaganda gullarni bir-biridan qanday farqlagan bo`lar edingiz. Nima 
uchun ularga alohida nom berilgan? Yoki: Sayyoralar nomini aniqlang. Ular nima 
uchun har xil nomlangan? Sayyoralar nomi tarkibidagi tovushlar so`z ma`nosiga 
qanday ta`sir ko`rsatdi? O`zbek tilida nechta tovush bor? Ular asosida nechta so`z 



Yüklə 263,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin