Образование и инновационные исследования (2022 год №7) ISSN 2181-1717 (E) 263 http://interscience.uz
munosabatingizni bildiring.)
Tilning rivojlanib borishini va so’z ma`nolarini o’quvchilar shaxs, narsa, joy
(ot), rang, maza-ta`m, hajm, shakl, hid, xususiyat (sifat), miqdor, tartib (son),
harakar, holat(fe`l)ni o’rganish jarayonida farqlab boradilar[5]. O`quvchilarning
tilning rivojlanib borishini haqidagi tushunchasi “So’zning tarkibi” bo’limini
o`rganish jarayonida yana ham aniqlashadi. O’quvchilar bu bo’lim materiallarini
o’rganish jarayonida tilimizdagi yangi so’zlar tilda mavjud bo’lgan so’zlar
zaminida yaratilishini, tilda bor qoliplar asosida yuzaga kelishining ilmiy asosini
bilib oladilar: olma so`zi asosida olmazor; suv so`zi asosida suvchi, suvdon, suvsiz,
sersuv kabi. Tilda yangi so’zning paydo bo’lishi o’zidan keyin bir xil asosli so’zlar
guruhining hosil bo’lishiga sabab bo’ladi: ishli, ishsiz, ishchi kabi[6].
Ona tilimizning boyligi nafaqat yozma manbalar asosida, balki jamiyat
a`zolarining nutqiga kiritish orqali ham saqlab qolinadi. Til harakatda bo`lmas ekan,
u kishilarga xizmat qilmas ekan, bu tilning jamiyatdagi o`rni susayib ketaveradi.
Shuni nazarda tutgan holda tilning leksikasini ona tili ta`limi uchun ajratilgan barcha
darslarda, maktabda o`qitiladigan boshqa barcha fanlar asosida o`zlashtirilishiga
e`tibor qaratilishi lozim.
Tilning leksik tarkibida yuz berayotgan o’zgarishlar yuzasidan o’qituvchi
va o’quvchilarning kuzatishlari ularda dunyoni bilish haqidagi tasavvurini
shakllantirishga mos mate¬rial beradi. O`quvchilarning muayyan mavzuni yoritishda
til hodisalaridan savodli foydalana bilish va to`g`ri nutq tuza olish ko`nikmasini
egallashi tilni amaliy o`zlashtirishni ta`min etadigan til materialining yuqori sifatli
bo`lishiga bog`liq. O`quvchilarning so`zga bo`lgan munosabatini shakllantirishda
yozuvchilarimizning so`zga bo`lgan munosabati bilan tanishtiradigan fikrlarini
o`qitish va olgan taassurotlarini so`rash lozim. Masalan: Adabiy jarayon hamisha
so`z olamiga sayohatdir. Ijodkor So`zni tirik jon deb biladi va So`z bilan so`zlashadi.
Mening bu yozganlarim ana shunday jonli til bilan suhbat bo`lishini istayman.
Umrini yashab bo`lgan va barhayot, men anglagan va anglab yetmagan sohir
xilqat bilan ko`ngil bog`larida kezib, xayolan So`z bilan so`zlashsam, deyman.
Siz azizlarimni ham sayrga hamroh bo`lishga taklif etmoqchiman. So`z mo`jizasi
qoshidagi hayratlarimga oshno qilmoqchiman[7].
O’quvchilarning tilni o’zlashtirish jarayonini tekshirish shuni ko’rsatadiki,
tilga ilmiy qarash asoslarini shakllantirish uning muhim bog’lanishlarini bilishga
ham yordam beradi. Xususan, o’quvchilarning so’zning tovush tomoni bilan
uning leksik ma`nosi, so’zning morfemik tarkibi bilan leksik ma`nosi, so’zning
grammatik ma`nosi bilan uning ma`lum so’z turkumiga tegishliligi o’rtasidagi
bog’lanish kabilarni bilib olishi shu maqsadga xizmat qiladi. Bu bog’lanish tilning
fonetik, leksik, so’z yasalishi va grammatik tomonlarining bir-biriga ta`sir qi¬lishini
xarakterlaydigan umumiy bog’lanishlarning xususiy ko’rinishi hisoblanadi.
“Tildan bilim berishda o’quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish muhimdir.
O’qituvchi nazariy xarakterdagi umumlashtirish zarur bo’lgan daliliy materiallarni
yig’ish bosqichida ham, berilgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish uchun ham
bolalarning hayotiy tajribasiga tayanadi. Tilga oid bilimni o’rganish natijasida
o’quvchilar nutq faoliyatining sifati o’zgaradi, ongliligi ortadi. Tilni o’rganishni
hayot bilan bog’lash dunyoning moddiyligini tushunishga asos yaratadi”[8]. Bu
bilan bir paytda ona tili darslarining asosiy vazifalaridan biri bo’lmish o’quvchilarda
to’g’ri kuzatish va o’z fikrlarini og’zaki va yozma shaklda aniq bayon etish
ko’nikmasini o’stirish masalasi hal qilinadi. Bunda o’qituvchidan o’quvchilarda
dialek¬tik fikrlash ko’nikmasini shakllantirishga alohida e`tibor berish talab etiladi.
Tilni o’rganishda o’quvchilar uchun ayrim qoida va aniqliklarni yodlab olish
emas, balki atrofdagi hayotni kuzatish asosida o’quvchilarning o’zlari “topgan”
yoki adabiy manbalardan tayyor olingan til materialini maqsadga muvofiq analiz va
sintez qilish yetakchi hisoblanadi. O’rganiladigan grammatik va so’z yasalishiga oid