Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил №7) ISSN 2181-1709 (P) 262 Education and innovative research 2022 y. №7
yuzaga kelganini o`ylab ko`rgamisiz? kabi.
2. Mehnat va nutq kishini yaratadi, uni hayvonot olamidan ajratadi. Odam
mehnat jarayonida o’zining fikrlash faoliyatini rivojlantirish va nutqini o’stirish
bilan o’zini doimo takomillashtirib boradi. Olamni, koinotni o’zgartira borib,
kishi yanada kamol topa boradi, uning tili ham boyiydi. Kishilar bilan, jamiyat
a`zolari bilan aloqa, munosabat, birgalikdagi mehnat har bir kishining o’sishi,
rivojlanishidagi zaruriy shartlardan hisoblanadi. “Siz o`qiyotgan darsligingiz
asosida nimalarni bilib oldingiz? Bundan oldin bu haqida nimalarni bilar edingiz?
Shu matn asosida nutqingiz qaysi so`zlar bilan boyidi? O`ylang! Siz ixtiro qilsangiz
uni nima vositasida nomlaysiz? Siz shunda tilga qanday hissa qo`shgan bo`lasiz?”
kabi savollarga o`quvchilarning javoblari orqali tilni o`zlashtirib olishlari hayotiy
zarurat ekanini anglatish mumkin.
O’quvchilarning tilning aloqa vositasi ekanligini tushunishlarida “Til har
bir kishi hayotida, umuman, jamiyat hayotida qanday o’rin egallaydi?” savoliga
javob topishlari ijobiy ta`sir ko’rsatadi. O’quvchilar sinfdan sinfga o’tishi bilan bu
savolning javobi chuqurlashib va kengayib boravyeradi. Til kishilarning birgalikdagi
mehnat faoliyatida, yangiliklarni maslahatlashib tushunishlarida, yangi ixtirolar
qilishlarida zarurligini hayotiy misollar asosida anglaydilar. Yoshlari ulg’aygan
sari o’quvchilar odamning odam bo’lishida tilning ahamiyatini tushuna boradilar.
Buning “O`qigan hikoyangizni yozuvchi tasvirlagan so`zlardan to`liq foydalanib
qayta hikoyalang. Qayta hikoyalashda qanday qiyinchilikni his qildingiz? Buni
yengish yo`lini o`ylab ko`ring. Siz ham biror mavzuda yozuvchilar kabi hikoya
yoza olasizmi? Bunga erishish uchun nima qilish kerak deb o`ylaysiz?” kabi
savollar asosida suhbat uyushtirish lozim.
3. O’quvchilarining tilga ijtimoiy hodisa sifatida qarashini shakllantirishda tilning
kelib chiqishi, tilda yangi so’zlarning paydo bo’lishi haqida ularning saviyasiga
mos bo’lgan “sir”ni yechish (tushuntirish) ijobiy ta`sir ko’rsatadi. O’qituvchi
o’quvchilarga tilning bir kishi tomonidan maxsus o’ylab chiqarilmaganini, u
ibtidoiy odamlarning mehnat faoliyati bilan bog’liq holda yaratilganini va ular
tilning rivojlanishini doimiy ravishda hissa qo`shganligini va o`zlari ham shu til
vositasida uni o`zgalarga tushuntirishda quyidagi matndan foydalanish maqsadga
muvofiq:
Bundan juda uzoq vaqtlar ilgari tilda faqat bir necha so’z mavjud edi. Kishilar
atrofdagi tabiatni, narsalarni bilib, ish qurollari yaratdilar. Ishlab chiqargan narsalari
ko`paygan sari tilda yangi so’zlar paydo bo’la boshladi. Atrofimizda mavjud bo’lgan
shaxs va narsalarga, ularning belgilariga, juda ko’p boshqa narsalarga kishilar
nom qo’yga boshladilar. Shunday qilib, til yangi so’zlar bilan boyidi va hozir ham
boyib bormoqda. Shu kishilar yaratgan yangiliklarini boshqalarga til vositasida
o`rgatishga harakat qilganlar”.
O`zbek tilining boyligini asoslab beruvchi matnlar bilan tanishtirish va ular
ustida ishlash o`quvchilarning tilga bo`lgan munosabatini o`zgartirib boradi:
O`zbek tilining buyuk dengizi ana shu uch buyuk daryo – turkey, arabiy va
forsiydan suv ichish barobarida eski lotin, xitoy, hind, mo`g`ul, rus, Yevropa
tillaridan bahramand bo`lgan. Olimlarimiz allaqachon unut bo`lib ketgan ko`hna
Sanskrit so`zlarini ham til xazinamizda topganlar. Shu sabab tilimiz boy,- deyishga
haqlimiz…
Bizning shunday ulug` she`riyatimiz bor, boylikda beqiyos ona tilimiz bor. Til
millatning bosh belgisi hisoblanadi. Til bor – millat bor. Til yo`q – millat yo`q.
Istiqlol unut bo`lgan davlatchiligimizni tikladi, yo`q bo`lishga mahkum qilingan
tilimizni, demakki, millatimizni asradi va aziz qildi. Endi uning biz yo`qotib ulgurgan
boyligini tiklash, turlicha “izm” tamg`alarini qo`yib iste`moldan chiqarilgan
so`zlarni o`rniga qaytarish, buning uchun mumtoz adabiyotimizni chuqur o`rganish
hozirgi avlod zimmasidagi sharafli burchdir[4]. (Topshiriq: Matnni o`qing. Unga