Til konkret nutq hodisalari (ayrim gaplar, hikoyalar, bir necha kishining suhbati va shu kabi), jumladan, ogʻzaki yoki mexanik usudda takrorlanadigan va yozuv orqali qayd etiladigan nutq hodisalarida mavjud boʻladi. Koʻplab nutq hodisalarining struktur xususiyatlarini taxlil qilish, qiyoslash va umumlashtirish muayyan tilda mavjud boʻlgan elementlar va ular oʻrtasidagi munosabatlar majmuini yaxlit murakkab belgi tizimi sifatida anglash va tavsiflash imkonini beradi. Hozirgi davrda turli millat, elat va qabilalarga tegishli 2500 dan 5000 tagacha (baʼzi manbalarda 3000—7000 oraligʻida) jonli til borligi maʼlum. Ularning har birida barcha tillar uchun umumiy boʻlgan baʼzi universal struktur xususiyatlar koʻzga tashlanadi.

Til mehnat va ijtimoiy ong bilan birgalikda bir-biriga oʻzaro bogʻliq boʻlgan, insonni hayvondan farqlovchi 3 ta eng muhim xossalardan birini tashkil etadi. Ushbu hossalar ichida mehnat muhim ahamiyatga ega boʻlib, u jamiyat mavjudligining moddiy asosi hisoblanadi.

Tilning tafakkur, ijtimoiy ong bilan aloqasi nihoyatda uzviy, chambarchasdir. Til belgilari — soʻzlar, soʻz birikmalari va gaplar — moddiy shakllar boʻlib, ularda ongning ideal mahsullari — aniq tasavvurlardan tortib eng mavhum va umumlashtiruvchi tushunchalar yoki hukmlargacha obʼyektiv tarzda oʻz aksini topadi. Shunday kilib, til nafaqat fikrni ifodalash yoki fikr almashish vositasi, balki ijtimoiy ongda fikrlarni shakllantirish va mustahkamlash vositasi ham hisoblanadi.
XULOSA
Tilning , dastlabki tilning paydo boʻlishi masalasi insoniyatni qadimgi zamonlardan beri qiziqtirib keladi. Qadimgi davrlardan boshlab tilning kelib chiqishi haqida koʻplab nazariyalar, taʼlimotlar paydo boʻldi. Lekin bu nazariya va taʼlimotlar tilning kelib chiqish masalasini hanuzgacha uzil-kesil hal qilib bera olgani yoʻq.
Foydalanilgan adabiyoylar.
Akobirov S. Til va terminologiya. -T., 1968. Begmatov E.Hozirgi o‘zbek tilining lek sik qatlamlari. – T., 1985.