Tilshunoslik terminlari lug’ati: tarkibi va mazmuni



Yüklə 28,01 Kb.
səhifə5/7
tarix21.12.2023
ölçüsü28,01 Kb.
#188838
1   2   3   4   5   6   7
TILSHUNOSLIK

Keng maʼnoda til atamasi ostida biror muloqot tizimining tayinli qoidalari majmuasi tushuniladi. Barcha tillar semiozisga, yaʼni belgilarni tegishli maʼnolarga bogʻlash jarayoniga tayanadi. Ogʻzaki va imo-ishora tillari ramzlar ketma-ketligini soʻz yoki morfema qilib shakllantiruvchi fonologik tizim hamda soʻz va morfemalar ketma-ketligidan ibora va gaplarni hosil qiluvchi sintaktik tizimni oʻz ichiga oladi.

  • Keng maʼnoda til atamasi ostida biror muloqot tizimining tayinli qoidalari majmuasi tushuniladi. Barcha tillar semiozisga, yaʼni belgilarni tegishli maʼnolarga bogʻlash jarayoniga tayanadi. Ogʻzaki va imo-ishora tillari ramzlar ketma-ketligini soʻz yoki morfema qilib shakllantiruvchi fonologik tizim hamda soʻz va morfemalar ketma-ketligidan ibora va gaplarni hosil qiluvchi sintaktik tizimni oʻz ichiga oladi.

Til — jamiyat boyligi, u jamiyat aʼzolarining oʻzaro aloqasini amalga oshiradi, insonning moddiy va maʼnaviy turmushida roʻy beradigan barcha voqeahodisalar haqidagi bilimlarni jamlaydi va ulardan xabardor qiladi; til ayni maʼnoda asrlar mobaynida shakllanadi va mavjud boʻladi. Tafakkur tilga qaraganda birmuncha tezroq rivojlanadi va yangilanadi, leki tilsiz tafakkurni tasavvur etib boʻlmaydi: tilda ifodalanmagan fikr noaniq, tushunarsiz bir narsa boʻlib, insonga borliq voqea-hodisalarini anglab yetishida, fanni rivojlantirish va takomillashtirishida yordam bera olmaydi. Tafakkur tilsiz mavjud boʻlmas ekan, til ham tafakkursiz yashay olmaydi. Biz oʻylab turib gapiramiz va yozamiz, oʻz fikrlarimizni tilda aniqroq va tushunarliroq bayon etishga harakat qilamiz. Demak, fikrlar til negizida paydo boʻladi va unda mustahkamlanadi; til bilan tafakkur bir butunlikni tashkil etadi.

  • Til — jamiyat boyligi, u jamiyat aʼzolarining oʻzaro aloqasini amalga oshiradi, insonning moddiy va maʼnaviy turmushida roʻy beradigan barcha voqeahodisalar haqidagi bilimlarni jamlaydi va ulardan xabardor qiladi; til ayni maʼnoda asrlar mobaynida shakllanadi va mavjud boʻladi. Tafakkur tilga qaraganda birmuncha tezroq rivojlanadi va yangilanadi, leki tilsiz tafakkurni tasavvur etib boʻlmaydi: tilda ifodalanmagan fikr noaniq, tushunarsiz bir narsa boʻlib, insonga borliq voqea-hodisalarini anglab yetishida, fanni rivojlantirish va takomillashtirishida yordam bera olmaydi. Tafakkur tilsiz mavjud boʻlmas ekan, til ham tafakkursiz yashay olmaydi. Biz oʻylab turib gapiramiz va yozamiz, oʻz fikrlarimizni tilda aniqroq va tushunarliroq bayon etishga harakat qilamiz. Demak, fikrlar til negizida paydo boʻladi va unda mustahkamlanadi; til bilan tafakkur bir butunlikni tashkil etadi.

Yüklə 28,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin