Tilshunoslikda til va nutq dialektikasi



Yüklə 229,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix10.12.2022
ölçüsü229,26 Kb.
#73695
1   2   3   4
2224-Article Text-4586-1-10-20211227

Keywords: "stable essence", "forces in motion", the great theorist, "stability and 
variability in language", diachronic, synchronous, in the dialectic of speech. 
Til va nutq dialektikasi nazariy tilshunoslikning, shuningdek, amaliy 
tilshunoslikning hamda psixologiya, falsafa, mantiq kabi fanlarning ham muhim va 
murakkab muammolaridan biri bo’lib, ayni masala jahon tilshunosligining doimiy 
diqqat markazida turgan va hozirda ham shunday. 
XX asr tilshunosligining - sistem tilshunoslikning bosh, asosiy mezoni til va 
nutq munosabati, til va nutq hodisalarini, birliklarini farqlash bo’ldi. Ushbu muammo 
tarixiga nazar tashlasak, professor H.Ne’matovning ma’lumot berishicha, til va nutq 
hodisalarini o’zaro farqlash dastlab U VII-IX asrlarda shakllangan arab 
tilshunosligining til o’rganish usullarida ko’rish mumkin. 
Professor A.Nurmonovning tadqiqotida esa temuriylar davri o’zbek 
tilshunosligining sardori bo’lgan Alisher Navoiy asarlarida til va nutq hodisalari 
farqlangani, alloma shu masalaga alohida e’tibor bergani qayd etiladi. Til va nutq 
muammosi umumiy nazariy tilshunoslikning asoschisi bo’lgan Vilgelm fon 
Gumboldtning tildagi energeo (harakat, jarayon, kuch) va ergon (mahsulot), 
tilshunoslikdagi psixologizm oqimining asoschisi G.Shteyntalning tildagi «barqaror 
mohiyat» va «harakatdagi kuchlar», buyuk nazariyotchi va amaliyotchi tilshunos 
Boduen de Kurtenening «tildagi barqarorlik va o’zgaruvchanlik» haqidagi 
ta’limotlarida ham beriladi. 
Ta’kidlash shart, til va nutq dialektik munosabati o’zining dastlabki haqiqiy, 
mukammal ilmiy nazariy yechimini tilshunoslik fanida keskin burilish yasagan buyuk 
tilshunos olim Ferdinand de Sossyur asarlarida topdi. Demak, til va nutq masalasi 
nafaqat sistem tilshunoslikning, umuman, jahon tilshunosligi fanining hamma 
davrlaridagi ham diaxron, ham sinxron bosqichlaridagi eng jiddiy nazariy muammosi 
bo’lgan va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi. Negaki, tilshunoslikning ushbu 
o’ta murakkab va o’ta dolzarb muammosisiz nafaqat nazariy-umumiy 
tilshunoslikning, balki xususiy-amaliy tilshunoslikning ham qator eng muhim, asosiy 
masalalarini to’liq, mukammal va ob’ektiv hal qilib bo’lmaydi. Shunga ko’ra til va 
nutq dialektikasi jahon tilshunosligi fanining doimiy muammolaridan biri sifatida 
qolaveradi. 
Sho’ro davri tilshunosligida, ayniqsa 60 yillardan boshlab, til va nutq masalasiga 
alohida e’tibor berila boshladi. Aniqrog’i, F. de Sossyur tomonidan xalqning aloqa 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
635


qilish, fikr ifodalash vositasining til va nutq deb berilishi, bularning bir-biridan 
farqlanishi olimlar o’rtasida fikrlar qarama-qarshiligini tug’dirdi. Bir qator olimlar til 
va nutq o’zaro farqlanmaydi, aslida farqlanmaydigan bitta ob’ekt mavjuddir, til va 
nutq bir narsa, desa, boshqa bir qator olimlar til va nutqni albatta farqlash kerak, bular 
farqlanadi, degan g’oyani ilgari suradi. 
Xullas, hozirda til va nutqni, til va nutq hodisalarini, birliklarini farqlash 
umumtilshunoslikda, shuningdek, o’zbek tilshunosligida ham mustahkam o’rin 
egalladi. 
Til va nutq dialektikasida til o’ziga xos murakkab tuzilishga (strukturaga) ega 
bo’lgan bir butun sistema sifatida faoliyat ko’rsatadi. Demak, F.de Sossyur mutlaqo 
to’g’ri ta’kidlaganidek, til sistemadir. Til sistemasining bir-biri bilan uzviy 
bog’langan tovush tomoni, lug’at tarkibi, grammatik qurilishi mavjud bo’lib, ular 
birgalikda bir butunlikni, sistemani tashkil qiladi. Tilning sistem xarakteri aslida qayd 
etilgan sathlar, qatlamlar (yaruslar) bilan belgilanadi, asoslanadi. Ayni vaqtda ushbu 
satxlarning har biri o’ziga xos sistema ichki sistema bo’lib, til sistemasining tarkibiga 
kiradi. Demak, til sistemalar sistemasi super sistema, makrosistema sifatida jamiyatga 
xizmat qiladi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo’ladi, ijtimoiy amaliy vazifa bajaradi. 
Tilning ijtimoiy mohiyati jamiyatda aloqa aralashuv quroli bo’lishida ko’rinadi. 
Shunga ko’ra professor. S.Usmonov «Insonlar orasidagi munosabat uchun 
xizmat qiladigan narsa, albatta, ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lishi lozim. Chunki 
bunday munosabat, aloqa kollektiv ichida, jamiyatda voqea bo’ladi», deydi.
Tilning material mohiyati haqida fikr yuritilganda, tilni belgilar sistemasi yoki 
semiotik sistema deb qarash hozirda tilshunos olimlar tomonidan qabul qilingan. 
Masalan, professor V.M.Solnsev «Til tipik semiotik yoki belgilar sistemasidir » desa, 
tilshunos B.V.Kosovskiy «til o’zining material mohiyatiga ko’ra belgilar sistemasini 
yoki semiotik sistemani hosil qiladi», deb alohida qayd etadi. 
Xullas, til super sistema sistemalar sistemasi sifatida jamiyat uchun tarixan 
mukammal yaratilgan, barchaga birday xizmat qiladigan va barcha uchun umumiy 
bo’lgan, asosan fikr ifodalash, fikrni moddiy qilish uchun ishlatiladigan alohida 
so’zlar, gaplar nutq birliklaridan, ifoda vositalaridan, ularning o’zaro mantiqiy 
bog’lanishi uchun, nutqni qurish uchun xizmat qiladigan qonun-qoidalardan tashkil 
topadi. 
Til o’zining jamiyatdagi kommunikativ (informativ, ekspressiv, emotiv, 
volyuntativ va boshq.) vazifasini qanday ko’rinishda, qanday «qiyofada», qanday 
shaklda amalga oshiradi? 
Ijtimoiy-psixik jarayon bo’lgan til o’zining jamiyatdagi kommunikativ, umuman 
har qanday vazifasini nutq shaklida, nutq ko’rinishida, nutq orqali amalga oshiradi. 
Nutq til sistemasining so’zlashuv, flkr almashuv jarayonidagi yoki yozuvdagi 
muayyan ifodasidir, ko’rinishidir, holatidir. Shunga ko’ra, S.Usmonov til qachon 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
636


ma’lum funksiyani bajarishi mumkin degan savolni o’rtaga tashlab va quyidagicha 
javob beradi. Demak, uning fikricha, til nutq sifatida namoyon bo’lgandagina ma’lum 
funksiyani bajarishi mumkin . Miyamizda (ongimizda) ob’ektiv olamning ta’siri 
tufayli hosil bo’lgan tushunchalar, tasavvurlar, turli xil fikrlar, demak, ijtimoiy 
ahamiyatga ega bo’lgan til (nutq) orqali voqelashadi. Yana ham aniqrog’i, har qanday 
fikrni ifodalash, boshqalar bilan aloqada bo’lish, faqat til materiali orqali amalga 
oshadigan real, jonli nutq jarayonida sodir bo’ladi. Til aloqa quroli, insonlar orasidagi 
munosabat vositasi deb baholanishida til materialiga asoslangan nutq ko’zda tutiladi. 
Ichki ideal jarayon, tashqi material voqelikka o’tar ekan, aylanar ekan, bu o’tish 
jarayon faqat nutq asosida, ya’ni hamma vaqt til materialiga suyanadigan nutq orqali 
amalga oshadi. Nutq uchun esa asos (baza) vazifasini til boyligi, til materiali o’taydi. 
Til materialini S.Usmonov ikkiga bo’ladi: 

Yüklə 229,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin