66
Yozuvning zamonaviy turi
t o v u s h
ga asoslangan yozuvdir. Bunday yo-
zuvda belgilar tildagi fonemalarni ifodalaydi. Ularning alifbolari fonetik alifbo deb
yuritiladi. Tovushga asoslangan yozuvning turli ko’rinishlari mavjud, jumladan: grek
yozuvi, lotin yozuvi, arab yozuvi, slavyan yozuvi va boshqalar.
G r a f i k a
- alifbodagi harflarning yozilishi, shakllari, xarf-tovush munosa-
batlari bilan shug’ullanadi. Bundan tashqari u yozuvning
boshqa turlari bilan ham
shug’ullanadi, chunki kundalik turmushda yozuvning boshqa turlari ham keng
qo’llaniladi, masalan: reklamalar uchun piktografik yozuvdan (sartaroshxona - taroq,
tualet-bosh, oshxona-pichoq, qoshiq). Ideografik yozuv namunalariga: undov belgisi-
ehtiyot bo’ling,
plus-shifoxona, matematik son va belgilar,
kimyoviy formulalar va
boshqalar misol bo’la oladi.
Piktogramma va ideogrammalarni qo’llash tejamkorlik,
qisqalik va aniqlikni
ta’minlaydi. Bundan tashqari ular baynalminal hususiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: