Tilshunoslikka kirish fanining predmeti



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/83
tarix14.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#178776
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   83
Tilshunoslikka kirish fanining predmeti

 L i n g v i s t i k
fonetikaning asosiy masalalari: 
- Fonema haqida tushuncha. 
- Fonema variantlari. 
- Fonemalarning ma’no ajratuvchi (fonologik, fonematik, differensial) 
xususiyatlari. 
- Fonemalarning ma’no ajratmaydigan (fonetik) xususiyatlari. 
- Fonologik oppozitsiya haqida tushuncha. 
- Fonologik oppozitsiya turlari. 
- Fonemalarning pozitsiyalari. 
Tilning l u g’ a t qatlami tilda mavjud bo’lgan so’zlarningyig’indisidan iborat. U 
fonetik-fonologik va grammatik qatlamlardan o’zgarib turishi bilan farq q iladi. Lug’at 
qatlamining asosiy birligi so’zdir. So’z yordamida predmet va tushu nchalar ataladi, 
voqea-hodisalar ifodalanadi. Tilning lug’at qatlamini l e k s i k o l o g i y a tadqiq 


71 
qiladi. Leksikologiya so’z haqidagi fandir. Leksikologiya quyidagi masalalar bilan 
shug’ullanadi: 
- So’z, so’zning mohiyati va ta’rifi; 
- So’z va predmet; So’z va tushuncha;
- Lug’at tarkibining o’zgarishi; 
- So’zlarning bir- biriga munosabati; 
- Lug’at sostavining qatlamlari; 
- So’z tiplari; So’z va ma’no; 
- Ko’pma’nolilik:Metonimiya,metafora,snekdoxa 
- Omonim, sinonim, antonim so’zlar; 
- So’z etimologiyasi; 
- Atamashunoslik (terminologiya); 
- Frazeologiya; Tilning lug’at boyligi; 
- Leksikografiya; Lug’at haqida tushuncha; 
- Lugat turlari; Lug’at tuzish masalalari. 
Tilning g r a m m a t i k qatlami so’zlarning grammatik shakli, so’z birikmalari va 
gaplardan tashkil topgan. Eng kichik grammatik birlik morfemadir. Morfemalardan 
so’zlar, so’zlardan so’z birikmalari, so’z birikmalaridan gaplar tuziladi. Tilning gram-
matik tuzilishini morfologiya va sintaksis tadqiq qiladi. 
M o r f o l o g i y a (morphe- shakl, forma, logos - bilim, ilm) so’z qurilishi, s o’z 
o’zgarishi va so’z yasalishi qoidalari va qonuniyatlari, so’zlarni turkumlarga ajratish 
haqidagi fandir. Morfologiyaning asosiy tushunchalari- morfema, grammatik ma’no, 
grammatik forma, grammatik kategoriya, grammatik ma’noni ifodalash usu llari va 
boshqalardir. 
S i n t a k s i s (sintaxis - tuzish, qurish) nutqning grammatik qurilishini 
o’rganadi. Sintaksisda gap asosiy birlik hisoblanadi. Sintaksis gap, gapning ma’nosi, 
gap turlari, so’z birikmalari, so’z birikmalarining turlari, so’z birikmalarining ma’nosi, 
so’z birikmalarining tuzilishini tadqiq qiladi. 
G r a m m a t i k a ning asosiy masalalari quyidagilar: 
- Grammatika tushunchasi va uning mohiyati; 
- Grammatika va uning qismlari: 
a) morfologiya b) sintaksis
- Grammatik shakl va so’z; 
- So’z turkumlari: 1. Mustaqil so’z turkumlari: 
ot, sifat, son, fe’l, ravish, olmosh;
2. Yordamchi so’z turkumlari:
artikl, predlog, ko’makchi, bog’lovchi, yuklama, undov so’zlar, 
taqlid so’zlar. 
- Grammatik kategoriyalar: jins, son, kelishik, zamon, daraja, mayl... . 
- Gap sintaksisning tadqiqot ob’yektidir. 
- Gap bo’laklari: 1. Bosh bo’laklar: ega va kesim. 
2.Ikkinchi darajali bo’laklar:to’ldiruvchi, aniqlovchi, hol. 


72 
- Gap turlari: darak, so’roq, undov gap. 
- Tuzilishiga ko’ra: sodda gap, qo’shma gap. 
- So’z tartibi. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin