Tilshunoslikka kirish fanining predmeti



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/83
tarix14.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#178776
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   83
Tilshunoslikka kirish fanining predmeti

k a t e g o r i y a
lariga ega. Grammatik kategoriya deganda 
maxsus ko’rsatkichlar yordamida so’zlarning o’zgarishi, birikishi va gap tuzish qoid a-
lariga asoslangan umumgrammatik tushuncha anglashiladi. Grammatik kategoriyalar: 
a) morfologik va b) sintaktik kategoriyalarga bo’linadi. 
 
 
GRAMMATIK KATEGORIYALAR 
Morfologik kategoriyalar Sintaktik 


79 
kategoroyalar 
ot 
fe’l olmosh gap 
kelishik zamon kishilik
son 
mayil egalik 
rod 
shahs ko’rsatish 
so’rog’ 
nisbiy 
Grammatik kategoriyalarning 
SONI
turli tillarda turlichadir. Dunyodagi har 
bir til inson tafakkuri yaratgan hamma tushunchlarni ifodalashga qodirdir. 
Grammatik
k e l i s h i k
kategoriyasi narsa, hodisa va ularning sifatlari o’rtasidagi 
munosabatni belgilaydi. Kelishiklar ishga tushishi uchun kamida ikki so’z munos a-
batga kirishishi kerak. Kelishiklar soni tillarda bir xil emas. Masalan: ingliz tilida - 
ikkita, olmon tilida -to’rtta, o’zbek, turk, rus tillarida - oltitadan kelishik mavjud, eston 
tilida o’n beshta, venger tilida esa yigirmatadan ortiq kelishik bor. Xitoy -tibet tillarida 
va farang tilida kelishik umuman yo’q. Bunday tillarda so’zlar o’rtasidagi munosabat 
boshqa grammatik vositalar bilan amalga oshiriladi. 
Grammatik
s o n
kategoriyasi predmetlarning sonini, birlik yoki ko’pligini ko’rsatadi. 
Son kategoriyasi faqat otga hos bo’lmay, balki sifat,olmosh va fe’llarda ham ifoda-
lanishi mumkin. Barcha tillarda birlik va ko’plik farqlanadi. Ayrim tillarda ikkilik soni 
ham mavjud, masalan: arab tilida. Son kategoriyasining ifodalanish usuli tillarda bir xil 
emas. Masalan: ko’plik o’zbek tilida “lar”qo’shimchasi orqali, ingliz tilida “s”suffiksi 
bilan, olmon tilida artikl+umlaut+qo’shimcha vositasida ifodalanadi. 
Grammatik
r o d
kategoriyasi tildagi ot turkumiga kiruvchi so’zlarni turga ajratish 
uchun xizmat qiladi. Grammatik rod kategoriyasi b archa tillarga hos emas. U 
ko’pchilik xind-evropo tillariga, jumladan, rus, olmon, farang va semit-hamit tillariga 
hosdir. Grammatik rod kategoriyasi biologik rod kategoriyasiga mos tushma sligi 
mumkin. Grammatik rod ko’pchilik tillarda uchga bo’linadi. Mas alan: Maskulinum, 
Neutrum, Femininum. Farang tilida neutrum mavjud emas. Ingliz tilida esa umuman 
rod kategoriyasi yo’q.
Rod kategoriyasi mavjud tillarning o’ziga hos jins ko’rsatkichlari bor.
Bir so’zning o’zi turli tillarda turli grammatik rodga mansub bo’lishi mumkin. 
O’zbek tilida grammatik rod kategoriyasi yo’q. Lozim bo’lganda bu ma’no 
leksik-semantik, morfologik va sintaktik usullar bilan ifoda etiladi. 
a). Leksik-semantik usul: 
o’g’il-qiz, ota-ona, tog’a-xola, erkak-ayol, amma-xola va boshqalar. 
b). Morfologik usul: 
Karim-Karima, Nodir-Nodira, Salim-Salima, Komil-Komila, 
Shoir-Shoira, 
muallim-muallima. 
c). Sintaktik usul: 
Erkak mushuk-Urg’ochi mushuk. 


80 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin