Z a m o n fe’lga xos bo’lgan kategoriyadir. Bu kategoriya ish -harakatning
nutq sodir bo’lishi paytiga nisbatan amalga oshishini ko’rsatadi. Nazariy jihatdan bu
kategoriya: gapirilayotgan paytda, gapirilayotgan paytdan oldin, gapirilayotgan pa y-
tdan keyin sodir bo’ladigan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: hozirgi zamon -
prezentum; o’tgan zamon-preteritum; yaqin o’tgan zamon- perfektum; uzoq o’tgan
zamon- plusquamperfektum; kelasi zamon- futurum; davomli maqsad fe’li.
M a y l fe’lga xos kategoriya bo’lib, gapiruvchining ish -harakatga bo’lgan
munosabatini anglatadi. Ish-harakatni real yoki hohishga ko’ra, imkoni borligini,
majburiyligini va boshqalarni ifodalaydi. Turli tillarda mayl kategoriy asining turli for-
malari mavjud, masalan: rus va o’zbek tillarida mayl kategoriyasining uchta shakli bor,
jumladan: aniqlik, buyruq, shart mayli.
Sh a x s kategoriyasi ish- harakatning gapiruvchi shaxsiga bo’lgan
munosabatini ifodalaydi. Ish-harakat sub’yekti gapiruvchining o’zi (birinchi shaxs),
uning suhbatdoshi (ikkinchi shaxs) yoki suhbatda ishtirok etayotgan shaxs (predmet)
(uchunchi shaxs bo’lishi mumkin).
Grammatik ma’no. Tilda leksik va grammatik ma’no tushunchalari farqla-
nadi. Leksik ma’no narsa, hodisa yoki voqelikga aloqador yakka ma’no hisoblanadi. U
bir so’z bilan bogliq bo’ladi. Grammatik ma’no esa bir yoki bir necha so’z turkumiga
hos bo’ladi. Masalan: kitob, talaba, shoira, she’r so’zlarining leksik ma’nolari har xil
lekin ularning grammatik ma’nolari bir xil, ya’ni: ot, birlik bosh kelishikda. Grammatik
ma’no turli affikslar, yordamchi so’zlar, so’z tartibi, intonatsiya, urg’u, takror (lot. re-
duplicare), tovush almashinish sintaktik bog’lanish va boshqa vositalar yordamida
ifodalanadi. Ushbu vositalarning qo’llanishi turli tillarda bir-biridan farq qiladi. Masa-
lan: rus, ingliz, farang, turk, o’zbek tillarida grammatik ma’no anglatuvchi vosita sifati-
da asosan affikslar xizmat qiladi.
Ko’pchilik xind- ovrupo tillarida yordamchi so’zlar(predlog, bog’lovchi,
artikl) grammatik ma’no ifodalovchi asosiy vosita sanaladi. So’z tartibi ingliz va olmon
tillarida turg’un bo’lib, grammatik ma’noga jiddiy ta’sir qiladi. V’etnam, Annam, Xitoy
tillari uchun va Alyaska xindularining tillari uchun jumla intona tsiyasi emas, balki so’z
intonatsiyasi grammatik ma’noni ifodalash uchun xizmat qiladi. Ayrim tillar uchun
so’z urg’usi grammatik ma’nonigina emas, leksik ma’noni ham o’zgartiruvchi vosita
hisoblanadi. Ayrim tillarda takror orqali ham so’z ma’nosi o’zgartiriladi, masalan:
dumal-dumal i reshil.
Ingliz, Arab, Qadimgi Yevrey, Shimoliy Amerika va Afrika xindularining
tillari uchun tovushlarning almashinuv i katta ahamiyatga ega, masalan: ktb: kitob,
kotib, kutub, ketib.