Tilshunoslikka kirish fanining predmeti


MAVZUGA OID ASOSIY MASALAR BOYONI



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/83
tarix14.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#178776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83
Tilshunoslikka kirish fanining predmeti

MAVZUGA OID ASOSIY MASALAR BOYONI 
Til nima? Nutq nima? degan savollarga javob berish juda j
ö
n, 
osondek tuyuladi. Til - aloqa vositasi. Til - muomala quroli. Til - fikrni 
ifodalash vositasi. Til - ishoralar tizimi, yig’indisi, majmuyi va boshqalar. 
Nutq-tildan amalda foydalanish. Nutq - tilning reallashuvi. Nutq - 
fikrni shakllantirish va ifodalash usuli va ho kazo. 
Agar masalaga chuqurroq kirib borilsa ushbu hodisalarning 
mohiyatini tushunish va ularning munosabatlarini aniqlash, belgilash, 
izohlash, tavsiflash, tasavvur qilingandek, sodda, j
ö
n, oson emasligi ayon 
b
ö
ladi. 
Til va nutq tushunchalarini fiziologiya, psixologiya, pedagogika va 
tibbiyotda almashtirib q
ö
yish mumkin emas. Fiziolog va psixolog doimo 
nutq bilan mashg’ul, pedagogikada esa bola nutqini shakllantirish, 
rivojlantirish va boyitish haqida gapiriladi. Tibbiyotda esa nutq kasalliklari 


10 
va kamchiliklari haqida s
ö
z yuritish mumkin. Yuqoridagi barcha hollarda 
s
ö
z NUTQ haqida, TIL haqida emas!, boradi. Biroq tilshunoslikda til va 
nutq chegaralarini belgilash va ularning 
ö
zaro munosabatlarini aniqlash 
ancha mushkil va murakkabdir. 
Ovrupo tilshunosligida bu masalaga birinchi b
ö
lib Wilhelm von 
Humboldt qalam urdi. Uning fikricha til tugallangan ish (ergon) b
ö
lmay 
balki doimiy faoliyat (energiya) dir. Individ tili va xalq tili bir-biri bilan 
bog’liq. W.Humboldt g’oyalarini Ferdinand de Sossyur rivojlantirdi. F. de 
Sossyur uch tushunchani: nutq faoliyati (langage), til (langue) va nutq 
(porole) tushunchalarini farqlash lozimligini uqdiradi. Yuqoridagi masala 
L.V.Shcherba asarlarida yaqqol dalillar bilan ilmiy jihatdan asoslandi va 
uning amaldagi axamiyati k
ö
rsatib berildi. L.V.Shcherba til xodisalarining 
uch aspekti mavjudligini ta’kidlab, ularni quyidagicha izohladi: 
B i r i n ch i aspekt - gapirish va tushunish jarayoni, yani 
nutq faoliyati;
I k k i n ch i aspekt - til tizimi, sistemasi, yani til (lug’at va 
grammatika); 
U ch i n ch i aspekt - til materiali, yani konkret holatda bar-
cha gapirilgan va tushunilganlarning majmui, jami, yig’indisi - tekstlar. 
(Л.В.Щерба. О трояком аспекте языковых явлений и об эксперименте в языко-
знании. В кн.: Языковая система и речевая деятельность Л. Наука 1974 с.26).
L.V.Shcherba til materiali va til tizimini nutq faoliyatining turli so-
halaridir deb hisoblaydi. 
Yuqoridagi fikrlardan quvvatlangan holda taniqli psixolog 
I.A.Zimnyaya “Til fikrni shakllantirish va ifodalash quroli”, nutq esa “fikrni 
shakllantirish va ifodalash usuli” deb hisoblaydi. 
Til material birliklar tizimi, sistemasidir. Til birliklari (tovush, s
ö
z, 
s
ö
z birikmalari, jumlalar) jamoa ongida shakllanadi. Fikr, hissiyot, ka yfiyat 
bunday emas. 
Kishilar til birliklari vositasida ma’lum fikr, hissiyot, kayfiyatlarini 
konkret sharoitga, holatga, muhitga, situatsiyaga mos ravishda ifodalaydi-
lar. Natijada, til xarakatga keladi, amalda k
ö
llaniladi, reallashadi, yani 
nutq hosil b
ö
ladi. 
Agar til muomalaning tarixan shakllangan ishoralar mexanizmi 
b
ö
lsa, nutq kishining fikr, hissiyot, kayfiyat, holat, istak hoxishi va 


11 
boshqalarni ifodalovchi konkret qoidalar asosida tuzilgan, tizimlangan, joy-
lashtirilgan til ishoralaridir. 
Tilda hamma narsa qolipga, qoidaga, normaga solingan. Til jamoa 
mulki, umuminsoniy hodisa. Individ tili mavjud emas. Individlarning 
nutqidan tilga ma’lum hodisalar 
ö
tib boradi. Til ayrim shaxslarning hohish 
- irodasiga bog’liq b
ö
lmagan holda muomala jarayonida 
ö
zgarib, 
rivojlanib boradi. 
Eng qiyini nutq tushunchasini aniqlash, izohlash, tavsiflashdir. Nutq 
bu til ham, nutq faoliyati ham emas. Odatda og’zaki nutq, yozma nutq, 
bola nutqi,
ö
quvchi nutqi, yoshlar nutqi, sahna nutqi, monolog nutq, dialog
nutq va boshqalar haqida gapiriladi. Bularning barchasi tildan 
muomalaning turli holatlarida, sharoitlarida, muhitlarida amaliy foydalanish 
imkoniyatlari hisoblanadi. Yuqoridagi tushunchalar tilshunoslikning tadqiqot 
ob’ekti hisoblanadi. Tilning psixo-fiziologik mexanizmlari esa fiziologi-
yaning, psixologiyaning, akustikaning tadqiqot ob’ekti hisoblanib, tilshunos 
ularning tadqiqot natijalaridan amalda foydalanadi. Tilshnos nutq faoli-
yatining bir b
ö
lagini ”kesib olib” uni tadqiq qiladi. Natijada, tilshunos 
hosila “TIL” deb nomlanuvchi tadqiqot ob’ektiga ega b
ö
ladi. 
Til haqida t
ö
g’ri - not
ö
g’ri, aniq - noaniq, sodda - murakkab, 
boy- qabbag’al, oson - qiyin degan tushunchalarni aytish joiz emas. 
Usbu nisbatlar, belgilar, ta’riflar, hususiyatlar nutqqa ta’luqli. Nutqda no r-
madan chiqib ketish, qoidani buzush hollari uchrab turadi. Til va nutq 
hodisalarini yaqqolroq tasavvur qilish uchun ularni shaxmat 
ö
yiniga 
qiyoslash mumkin. Har bir shaxmat donasining konkret vazifasi va harakat 
qoidalari mavjud. 
Ö
yin jarayonida ushbu vazifalar va qoidalar reallashadi, 
yuzaga chiqadi, namoyon b
ö
ladi, amal qiladi. Agar biror donaning shax-
mat taxtasi katagida 
ö
rni 
ö
zgarsa, q
ö
shnisi 
ö
zgarsa, uning vazifasi ham, 
ta’siri ham
ö
zgaradi. Til va nutq birliklarini ham shunday tasavvur qilish 
mumkin. 
Til normalariga, qoidalariga, qonuniyatlariga nutq jarayonida amal 
qilish yoki qilmaslik hodisasi, nutq madaniyati degan tushunchani kelib 
chiqishiga sabab b
ö
ladi. 
Nutq faoliyati, eng avvalo, jarayon hisoblanadi. Uni fiziolog, fizik, 
psixolog, lingvist tadqiq qiladi. Nutq faoliyati faqat og’zaki: gapirish va 
eshitishdan iborat bo’lmay, balki yozma: 
ö
qish va yozishda ham iborat. U 


12 
individual hodisa b
ö
lib, uni orfografik, fonetik shaklda yoki og’zaki 
muomala jarayonini magnit tasmasiga yozib olish va turli nuqtai nazardan 
va turli tadqiqot uslublaridan foydalangan holda 
ö
rganish, tahlil qilish, 
tavsif qilish va ta’riflash mumkin. 
Til va nutq hodisalarini bir-biridan ajratish, ularni bir-biriga qara-
ma-qarshi qoyish mumkin emas. Biroq ularning birligini, ammo ayni ho d-
isa ham emasligini unutmaslik kerak, ularni go’yo daftar varag’ining ikki 
sahifasi sifatida tasavvur qilish mumkin. 
G.V.Kolshanskiy fikriga kora til va nutq hodisalarini tadqiq qilish 
maqsadida shartli ravishda bir-biridan ajratish mumkin. Til va nutq 
hodisallari V.A.Zveginsevning “Predlojeniye i ego otnosheniye k yaziku i
rechi”M. 1976. s.10. nomli kitobida quyidagicha qiyoslanadi: 
T I L 

U T Q 
1. Umumiy 
Xususiy 
2. Mavhum
Konktet 
3. Borliq 
Hodisa 
4. Shakl
Substansiya 
5. Psixik (ruxiy) 
Fizik (jismoniy)
6. Potensiya
Amalga oshirish akti 
7. Konstrukt
Kuzatiluvchi ob’ekt 
8. Tizim, sistema 
Matn, tekst 
9. Invariant
Variant 
10. O’zgarmas, doimiy
O’zgaruvchan 
11. Butunlik
Qism 
12. Ijtimoiy
Individual 
13. Tizim
Amalda ko’llanishi 
14. Kod
Axborot 
15. Tuganlangan 
Tuganlanmagan 
Nutq kishilarning til vositasida bir-birlari bilan muomala qilish ja-
rayonidir. Nutq quyidagi xususiyatlari bilan baholanadi: 


13 
1. Mazmundorlik (bu gapiruvchi, so’zlovchining bilimdonligi, 
tajribaliligi va tayyorgarligiga bog’liq). 
2. Tushunarlilik (tinglovchining bilim, tajriba darajasiga hamda 
gapiruvchining tinglovchiga mos materialni tanlash qobiliyatiga bog’liq). 
3. Ifodalilik (his-hayajon bilan ifodalash, intonatsiya, urg’u, pauza, 
temp va boshqa ekstra-lingvistik xususiyatlarga bog’liq). 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin