14
- Bir turdagi konstruksiyadan boshqa turdagi konstruksiyaga o’tish (tran s-
formatsiya) mexanizmi.
- Programma elementlarini grammatik konstruksiyaga tarqatish mexanizmi.
3. Ma’no va tovush xususiyatlariga ko’ra kerakli so’zni izlashni
taminlovcni va sintagmani motor jihatidan programmalash mexanizmlari.
4. Nutq tovushlarini tanlash va motor programmadan uni tovush
bilan “to’ldirish” mexanizmlari.
5. Nutqni tovush bilan ifodalash mexanizmlari.
Yuqorida bayon qilingan fikrlar ruhiy
jarayon haqida borganligi
uchun ham, bu jarayonni faqat nasavvur qilish, faraz qilish mu mkin. Uni
anglash, ilg’ash, fahmiga etish ancha murakkab hisoblanadi.
Nutq jarayon bo’lishi bilan bir qatorda faoliyat hamdir. Nutq faol i-
yati bosh miya yarim sharining faoliyati bilan uzviy bog’liq. Uning asosini
bosh miyaning chap yarim shari tashkil qiladi. Bosh miyaning o’ng yarim
shari ovozni o’zgartirish (yo’g’on, ingichka, yoqimli, shirali...) uchun
xizmat qiladi.
Har qanday faoliyat kabi nutq faoliyati ham biror niyat bilan
bog’liq. Biroq niyat o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. Niyatni vujudga keltiru-
vchi motiv (ta’sir, sabab, undovchi, stimulator) zarur. Niyat harakat or-
qali amalga oshadi. Har bir harakatdan ma’lum maqsad ko’zlanadi. Bir
yoki bir-necha maqsadning amalga oshirilishi niyatning ro’yobga chiqishi-
ga olib keladi. Niyatning ro’yobga chiqishi birin ketin, ma’lum
tartibda
joylashgan bosqichlardagi faoliyatlar yig’indisi bilan bog’liq. Demak: mo-
tiv---- NIYAT-----HARAKAT------MAQSAD------FAOLIYAT.
Aytganimizdek, nutq shakllanishi uchun biror niyat bo’lishi kerak.
Niyatning paydo bo’lishi hali nutq emas. Niyatni amalga oshirish maqsa-
dida uning mazmuni shakllantiriladi. Bu jarayon ikki bosqichdan iborat:
B i r i n ch i bosqichda matnning temasi, mavzusi va ushbu mavzu
bo’yicha nima deyish, yani rema aniqlanadi.
I k k i n ch i bosqichda nutq shakllanadi. Agar birinchi bosqichda bir
butun niyatni so’zlovchining shaxsiy hayot tajribasi asosida shakllangan
nutq mazmuni hamda uning tema va remasi aniqlangan bo’lsa, ikkinchi
bosqichda anashu mazmunni jamiyat a’zolari uchun umumiy bo’lgan, ular
tushuna oladigan qismlarga ajratib, har-bir tarkibiy qismning o’z temasi
va remasi, sub’ekt va ob’ektlari aniqlanadi. So’zlovchi tomonidan yarati l-
15
gan matn talaffuz qilingan tovushlar (havo to’lqinlari)
orqali tinglovchi
qulog’iga etib boradi. Nutq shakllanishining mazmun (mantiqiy-hissiy
tushuncha) bosqichi o’z o’rnini ma’no (ijtimoiy umumlashgan tushuncha)
bosqichiga bo’shatib beradi.
B i r i n ch i bosqichni mazmun bosqichi yoki ichki
(chuqur) semantik bosqich, i k k i n ch i bosqichni esa ma’mo bos-
qichi, yoki tashqi semantik bosqich deb yuritiladi. Endi niyatni amalga
oshirishning uchunchi bosqichi boshlanadi. U ch u n ch i bosqich
ichki (chuqur) sintaktik bosqich deb nom olgan. Mazkur bosqichda
sub’yekt, ob’yekt va predikatlarni ifodalaydigan so’zlar,
hamda ushbu
modelning sintaktik qurilmasi tanlanadi. Bu bosqichdagi jarayon ichki
nutqqa to’ri keladi. T o’ r t i n ch i bosqich tashqi sinta ksisdir. Bu
bosqichda so’zlovchi tomonidan sintaktik qurilmaning uzil-kesil shakli
aniqlanadi. Sintaktik qurilmaning shakli hal qilingandan so’ng beshinchi
bosqich boshlanadi. B e sh i n ch i bosqich ichki (chuqur) morfolo-
gik bosqich deb yuritiladi. Bu bosqichda tanlangan sintaktik qurilmaga
mos keluvchi so’zlarning umumiy morfologik shakli aniqlanadi.
Shundan
so’ng tashqi morfologik - o l t i n c h i bosqich boshlanadi. Bu
bosqichda mazmunni dastlabki ifoda qiluvchi so’zlarning morfologik shakli
uzil-kesil aniqlanadi.
Nihoyat, e t t i n ch i - fonetik bosqich boshlanadi. Bu bos-
qichda mazmunni ifoda qila oladigan fonemalar ajratiladi. Fonemalarning
o’zi nutqda ishtirok etmaydi. Ular nutq tovushlarining umumlashgan
ko’rinishi bo’lib, nutq jarayonida ularning o’rnini konkret nutq tovushlari
egallaydi. Shu yo’l bilan ko’zda tutilgan mazmun tinglovchi e’tiboriga
havola qilinadi. Yuqoridagi bosqichlarning barchasi simultan, bir daqiqada
sodir bo’ladi.
Nutqning yaratilishini taxminan quyidagich tasavvur qilish mumkin:
Niyat (motiv)-- ichki semantik bosqich-- tashqi semantik bosqich, ichki
sintaktik bosqich -- tashqi sintaktik bosqich -- ichki morfologik bosqich-
- ichki tovushlar bosqichi--- fonologik bosqich va nihoyat fonetik bos-
qich.
So’zlovchi tomonidan yaratilgan matn
talaffuz yordamida havo
to’lqinlari orqali tinglovchining qulog’iga etib keladi. Tilglovchi ushbu
to’lqinlarni nutq tovushlari sifatida idrok qiladi. Idrok jarayoni ham mu-
16
rakkab bo’lib turli bosqichlardan iborat. Nutqni idrok qilish jarayoni haqida
bir qator fikrlar mavjud. Keng tarqalgan fikrlar sifatida quyi dagilarni
keltirish mumkin. Ulardan b i r i n ch i s i n i quyidagicha tasavvur
qilish mumkin. Matn onologik-fonetik bosqich morfologik bosqich sin-
taktik bosqich semsntik bosqich mazmun. Bu haqiqatdan uzoq bo’lgan
umumiy farazdir. Chunki bu yo’l bilan matnni
idrok qilish ancha vaqt
talab qiladi. Muloqat jarayonida esa idrok qilingan axborotga javob shu
daqiqaning o’zida beriladi.
Nutqni idrok qilish borasidagi i k k i n ch i fikr sintez orqali
tahlilga o’tish deb nomlanadi. Bu fikrga ko’ra, so’zlovchi talaffuz qilgan
tovushlar birikmasi tinglovchining eshitish a’zolari tomonidan qabul qilin-
gach, butunligicha idrok qilish jarayonining semantik bosqichiga tushadi.
Inson qabul qilayotgan matn birliklarini alohida idrok etmay, undagi asosiy
g’oyalarni
ajratib olib, bir-biriga bog’laydi va yagona mazmun yaratadi.
Tinglovchini birinchi navbatda nutqning mazmuni qiziqtiradi.
Nutq faoliyatinig quyidagi turlari mavjud:
1. Ichki nutq - tashqi nutq.
2. Retseptiv nutq- reproduktiv nutq.
3.Og’zaki
nutq:
tinglabtushunish,
audirovaniye-
gapirish,
so’zlash.
4. Yozma nutq: o’qish- yozish.
5. Dialog nutq ( juft nutq, gaplashish, so’zlashish).
6. Monolog nutq (yakka nutq, gapirish, so’zlash).
Dostları ilə paylaş: