Tilxat. Ishinch xati. Hisobot



Yüklə 23,58 Kb.
səhifə5/6
tarix08.06.2022
ölçüsü23,58 Kb.
#61009
1   2   3   4   5   6
1493867082 68215

HISOBOTI

2007-yil 26-yanvar kuni avvaldan tayinlangan hakamlar ishtirokida IX sinf o‘quvchilari o‘rtasida kimyo fanidan birinchi bosqich olimpiadasi o‘tkazildi. Olimpiadada to‘rtta to‘qqizinchi sinfdan 20 o‘quvchi ishtirok etdi. Olimpiada ishtirokchilarining har biri 50 tadan test savollariga javob berishdi, turli mavzularga doir uchtadan masala yechishdi va ikkitadan kimyoviy reaksiyalarni tavsiflashdi. Yozma ishlar va test javoblari maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Davlatova Guliston tomonidan shifrlanib, hakamlar tomonidan adolatli tekshirildi. Tekshirish natijalariga ko‘ra IX ”A” sinf o‘quvchisi Madaminov Ramazon 90 ball to‘plab birinchi, IX ”D” sinf o‘quvchisi Jahongirov Temurbek 88 ball to‘plab ikkinchi, IX ”A” sinf o‘quvchisi Raupov Javohir va IX ”B” sinf o‘quvchisi Azizov Ro‘zmurodlarning har biri 80 balldan to‘plashib uchinchi o‘rinni egallashdi. Hakamlar kimyo fanidan birinchi bosqich olimpiadasida faxrli birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallab, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan IX “A” sinf o‘quvchisi Madaminov Ramazon va IX “D” sinf o‘quvchisi Jahongirov Temurbeklarni kimyo fani bo‘yicha Samarqand shahar o‘rta umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan ikkinchi bosqich olimpiadasida ishtirok etishlari uchun tavsiya etdi. Hakamlar faxrli uchinchi o‘rinni egallashgan IX ”A” sinf o‘quvchisi Raupov Javohir va IX ”B” sinf o‘quvchisi Azizov Ro‘zmurodlarni tuman xalq ta’limi bo‘limi faxriy yorlig‘i bilan taqdirlashga tavsiya etdi. Olimpiada Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli nizom qoidalariga to‘la rioya etilgan holda o‘tkazildi.


Kimyo fani o‘qituvchisi: imzo ELOMONOVA M. 2007.27.01.

Adabiyotlar:



    1. Абдумажидов Ғ. “Ўзбекистон Республикасининг давлат тили ҳақидаги қонунига шарҳлар. Т.: Адолат, 1999.


    2. Yüklə 23,58 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin