NAMUNA
ISHONCH XATI
Men, Samarqand shahridagi 45-sonli o‘rta umumta’lm maktabining biologiya fani o‘qituvchisi Erdonova Gulbahor Farmonovna, Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomli o‘qituvchilar malakasini oshirish instititiga ikki oylik malaka oshrish kursiga yuborilganligim tufayli 2007-yil fevral-mart oylari uchun oylik maoshimni turmush o‘rtogim Bo‘riyev Fayzulla Xudayberdiyevichning olishiga ishonch bildiraman.
2007.12.01. imzo ERDONOVA G.F.
Biologiya fani o‘qituvchisi G.F.Erdonovaning imzosini tasdiqlayman. Samarqand shahar 45-o‘rta umumta’lim maktabi direktori POLVONOVA D.S. imzo 2007.15.01.
HISOBOT
Bir yillik, yarim yillik, bir chorak yoki bir oylik muddat uchun rejalashtirilgan ishlar, vazifalar, topshiriqlar, tadbirlar va boshqa shu kabilarning bajarilishi, turli ilmiy va xizmat safarlarining natijalari bayon etiladigan rasmiy hujjat. Hisobot hajman va mazmunan keng yoki qisqa bo‘lishi ham mumkin. Xizmat safari bo‘yicha buxgalteriya hisob-kitobi uchun mo‘ljallangan raqamlarga asoslanuvchi hisobot maxsus ish qog‘oziga rasmiylashtiriladi. Bajarilgan ishlar tavsifidan iborat hisobot keng qamrovli bo‘lishi bilan birgalikda hisobot berilayotgan muddat hamda unda aks ettirilayotgan sohaga doir ma’lumotlar aniq bo‘lishi lozim. Hisobot korxona, tashkilot, muassasaning yil, chorak yoki oy davomida amalga oshirgan ishlarinigina qamrab olmasdan qo‘lga kiritilgan yutuqlar, ularning omillari, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularning sabablari, rejalashtirilgan ishlarning bajarilishida ularning samaradorligini ta’minlash bo‘yicha taklif-mulohazalar ham o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun ham hisobot mavzu bo‘yicha tegishli taklif, mulohaza va tavsiyalar keltirish bilan xulosalanadi.
Hisobotning zaruriy qismlari:
– hisobot beruvchi shaxsning o‘qish yoki ish joyi, lavozimi, familiyasi, ismi, hisobotning nima haqdaligi va hisobot davri;
– hujjat nomi – hisobot;
– matn (unda rejalashtirilgan ishlar, topshirilgan vazifa, ular yuzasidan amalga oshirilgan tadbirlar, ularning bajarilishi, erishilgan yutuqlar, ularning omillari, yo‘l qo‘yilgan nuqson va kamchiliklar, ularning sabablari, taklif, mulohazalar, tavsiyalar, ilova materiallar aks etadi);
– hisobot yozuvchi shaxsning lavozimi, imzosi, familiyasi, ismi va yozilgan sana (hisobot yuqori idoralarga yuboriladigan bo‘lsa, korxona rahbari imzosi bilan tasdiqlanb, muhri bosiladi).
NAMUNA
Samarqand shahar 17-o‘rta umumta’lm
maktabining kimyo fani o‘qituvchisi
Elomonova Marjonaning IX sinf
o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan I bosqich
olimpiadasi natijalari yuzasidan qisqacha
Dostları ilə paylaş: |