Tilxat. Ishinch xati. Hisobot



Yüklə 23,58 Kb.
səhifə3/6
tarix08.06.2022
ölçüsü23,58 Kb.
#61009
1   2   3   4   5   6
1493867082 68215

NAMUNA


TILXAT

Men, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti fizika-matematika fakulteti amaliy matematika bo‘limi III kurs “A” guruhi talabasi Abdullayev Abdumalik Erkinivich, ma’naviy–ma’rifiy ishlar bo‘yicha fakultet dekani o‘ribosari Rozmurodov Do‘stmurod Azizovichdan talabalar spartakiadasida voleybol bo‘yicha ishtirok etayotgan fakultet terma jamoasi a’zolari uchun 12 dona yangi sport kiyimi, bir dona voleybol to‘pi oldim. Kiyimlar va to‘pni sport musobaqalari tugagach dekanatga keltirib topshirishni o‘z zimmamga olaman.


2007.18.01. imzo ABDULLAYEV A.E.




TOPSHIRIQLAR
1. Mavzu matni hamda uning zaruriy qismlarini o‘qing.
2. Mavzu bo‘yicha tushunganlaringizni og‘zaki hikoya qiling va turmushda yuz bergan holatlar bilan qiyoslang.
3. Quyidagi mavzularda tilxat namunalari yozing: guruh oqsoqoli sifatida talabalar stipendiyasini tarqatish uchun katta miqdorda pul olganligingiz haqida, o‘tkazilgan sport musobaqalarida talabalar kiyadigan sport kiyimlari, anjomlari olganlingiz haqida, o‘rtog‘ingizdan ma’lum miqdorda pul qarz olganlingiz haqida, qo‘shningizning videokamerasini vaqtincha ishlatib turish uchun olganligingiz haqida va hokazo.


ISHONCH XATI
Bu hujjat ish qog‘ozlari yuritish jarayonida ishonch xati, ishonchnoma, vakolatnoma kabi atamalar bilan yuritilib kelinmoqda. Bizningcha, ish yuritish sohasida mazkur hujjatni bir atama bilan nomlash zarur. Xuddi tilxat kabi ishonch xati atamasi bilan yuritish maqsadga muvofiqroq ko‘rinadi. Shunga ko‘ra biz bu hujjatni ishonch xati deb nomlanishi tarafdorimiz. Ishonch xati biror bir korxona, muassasa, tashkilot yoki shaxs nomidan ish ko‘rish huquqini beradigan rasmiy hujjatdir. Ishonch xati xizmat vazifasi yuzasidan yoki shaxs tomonidan berilganligiga ko‘ra xizmat ishonch xati va shaxsiy ishonch xati turlariga bo‘linadi. Xizmat ishonch xati bilan vakolatga ega bo‘lgan shaxs uni bergan korxona, muassasa, tashkilot nomidan mol-mulkni boshqarishi, pul, qimmatbaho buyumlar, jihozlar, asbob–uskunalarni olishi, sud idoralarida ish olib borishi va berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni bajarishi mumkin. Shaxsiy ishonch xati orqali maosh, stipendiya, pensiya, nafaqalarni olish, hovli-joy, xonadon, transport vositalaridan foydalanish va ularning oldi–sotdisi bilan shug‘ullanish hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ishlarni amalga oshirish huquqi beriladi. Har ikkala turdagi ishonch xatlari ham ma’lum muddatga berilib (masalan, bir necha kundan uch yilgacha), ishonch xati beruvchi kishining imzosi u ishlayotgan korxona yoki notarial idoralar tomonidan muhr bilan tasdiqlanadi. Ishchi, xizmatchi xodimlar, talabalar, keksa kishilar tomonidan kundalik turmushda shaxsiy mazmundagi ishonch xatlarini yozish ko‘proq kuzatiladi. Shunga ko‘ra har bir savodxon kishi shaxsiy mazmundagi ishonch xati matnini to‘g‘ri yoza bilishi lozim.
Shaxsiy ishonch xatining zaruriy qismlari:
– hujjat nomi – ishonch xati;
– ishonch xati beruvchi shaxsning ish, o‘qish yoki yashash joyi, lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
– ishonch xati oluvchi shaxsning ish, o‘qish yoki yashash joyi, lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
– ishonch xati berilishidan ko‘zda tutilgan maqsad, bajariladigan vazifalar, ishonch bildirilgan muddat;
– ishonch xati beruvchining imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi, hujjat yozilgan sana;
– ishonch xati bergan shaxsning imzosini tasdiqlovchi tashkilot, notarial idora nomi, mansabdor shaxsning imzosi, familiyasi, ismi.
– hujjat tasdiqlangan sana va muhr.

Yüklə 23,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin