Tisodiyotda moliyaviy texnolognyalar


Moliyaviy texnologiyalar (Fintex) rivojlanishining asosiy yo’nalishlari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə3/11
tarix03.04.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#92761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ракамли иқт-4-мавзу

Moliyaviy texnologiyalar (Fintex) rivojlanishining asosiy yo’nalishlari
Banklar doimo moliyaviy sektordagi innovatsiyalar rivojlanishini ta’minlab berganlar. Masalan, ХХ asrning 2-yarmi oxirida hayotimizga yangi texnologiyalar
– internet, kredit kartalar, bankomatlar, elektron kioskalar, internetdagi almashinuv punktlari kirib keldi va ular hayotimizni ancha o’zgartirib yubordi. Xozirgi paytda esa moliyaviy mablag’larni osonlik bilan boshqarish vositalari – smatfonlar, ijtimoiy saytlar, katta ma’lumotlar (big data), bulutli texnologiyalar (cloud technologies) ham hayotimizda o’z o’rnini topdi. Endi moliyaviy innovatsiyalarning rivojlanishi faqatgina banklargagina bog’liq emas, unda yangi o‘yinchilar paydo bo’lib, ular moliya dunyosini tubdan o’zgatirib yuborishlari mumkin. Umuman aytganda, moliya olamida innovatsiyalar doimiy ravishda ro’y berib turga. Misol sifatida masofaviy simsiz texnologiyalar, elektron hamyonlar, elektron imzo, kriptopullar va blokcheynni keltirishimiz mumkin. Ammo bunda endi innovator sifatida banklar emas, balki an’anaviy banklardagi bir qator kamchiliklarni sezib qolgan eski bank xodimlari rahbarlik qiladigan kichik fintex kompaniyalar ish yuritadilar. Bunda ko’pincha API(amaliy uintesrfeysi) degan tushuncha ishlatiladi.API bu biror bir ilova yoki tizim tomonidan uni samarador ishlatish uchun taqdim etiladigan tayyor uskunalar to’plamidir. API texnologiyasi banklarga va boshqa moliyaviy hizmatlar yetkazib beruvchilarga o’z faoliyatlari doirasida innovatsion moliyaviy hizmatlardan foydalanishga imkon beradi. Bu jarayon konstruktorni eslatib yuboradi – foydalanuvchi bir qancha dasturiy bloklarga ega va u ularni istalgan ketma-ketlikda joylashtira oladi. Bunday konstruktor asosida IT-kompaniya rahbari kerakli bo’lgan biznes doirasida yangi moliyaviy IT-hizmatlarni yaratishi mumkin bo’ladi. Haqiqatan ham nega loyihani noldan boshlash kerak, agarda huddi shu loyihani API-komponentlar yordamida amalga oshirish mumkin bo’lsa. Masalan, banklar va to’lov tizimlari CurrencyCloud texnologiyasining funktsionallik xossasidan foydalangan xolda halqaro to’lovlarni amalga oshirish mumkinligidan juda ham mamnunlar. Pingit (Barclays bankining mahsuloti) to’lov servisi yaratishning tarixi ham API ni ishlatishning saradorligini isbotlab berdi. Moliyaviy sektorda innovatsiyalarning keng tarqalayotganiga qaramasdan, ko’pchilik banklar extiyotkorlik bilan bu ishga unchalik qiziqish bildirmayaptilar, chunki, ularda havfsizlik masalalari birinchi o’rinda turadi – informatsion ochiqlik esa ularga katta havf tug’dirishi mumkin. Bunday yondoshuv tashqi hurujlarga nisbatan juda yaxshi himoya, ammo banklarning rivojlanishini ancha chegaralab qo’yishi mumkin. Misol sifatida Apple va Google ni keltirishimiz mumkin – ular tashki foydalanuvchilar uchun o’z API-interfeyslarini ochib berish xolatlari kuzatilgan.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, an’anaviy bank xizmatlari va biznesmodellari internet tizimi paydo bo’lmasdan oldin yaratilgan edi. U davrlardagi to’lov infratuzilmasi filiallar orqali tarqatiladigan bank mahsulotlari kompleksidan iborat edi. O’z-o’zidan ma’lumki, bunday xolat zamonaviy raqamli texnologiyalar asrida insonlar va tashkilotlarning dinamik so’rovlarini to’liq qondira olmaydi. Shuning uchun ham bir qator mutahassislar tashqi muhitning o’zgarishiga mos bo’lgan bank va to’lov tizimlari bo’yicha universal takliflar bilan chiqdilar. Bunga yorqin misol bo’lib, innovatsion g’oyaning jamiyatga qanday foyda keltirishi mumkinligini ko’rsatgan va al’ternativ moliyaviy texnologiyalar rivojlanishi uchun poydevor rolini o’ynagan PayPal to’lov tizimini keltirish mumkin. Halqaro to’lovlar, kreditlash va bank depozitlari sohasidagi bunday kompaniyalar sifatida Kickstarter va Seedr (kraudfunding bo’yicha mashxur kompaniyalar), Amigo (individual zayomlar yetkasizb beruvchi kompaniya) va Transferwise (butun jahon bo’yicha tejamli pul o’tkazmalari tizimi) larni keltirishimiz mumkin. Birbirlaridan katta farq qilishlariga qaramay, banklar va fintex kompaniyalar xamkorlik natijasida bir-birlarini boyitishlari ham mumkin, chunki fintex va banklar bir mexanizmning turli xil detallaridir. Ularning ba‘zilari moliyaviy uskunalar ishlab chiqsalar, boshqalari ushbu moliyaviy uskunalarni unikal yechimlar topish uchun ishlata oladilar. APIlarning imkoniyatlari banklarga halqaro darajada hizmat ko’rsatish turlari va usullarini kengaytirishga, yangi modellarni ishlab chiqarish narxini kamaytirishga va investitsiya qilmasdan hamda yangi arxitekturani yaratish uchun pul sarflamasdan turib, sof foyda olishga imkon beradi.
Fintexning yaratilishi moliyaviy ma’lumotlarga ochiqlik hossasini berish inovatsion g’oyasini amalga oshirishga imkon berdi. Britaniy hukumati huddi shu g’oyani tadbiq qilgan holda mamlakatni jahon moliyaviy texnologiyalari markaziga aylantirmoqchi. Shuning uchun ham ular bank tashkilotlari uchun yagona va ochiq API-standartni ishlab chiqish rejasini tuzganlar va hozirgi davrda bunday standart vositasidagi ochiq bankingning foydalanuvchilar uchun foydalilik darajasini aniqlashga hamda uni optimallashtirishga harakat qilmoqdalar. Britaniya davlati bank va to’lov tizimlari sohasidagi yangi startaplarning kuch-g’ayrati XI asrda moliyaviy tarmoqning rivojlanishiga katta hissa qo’shishiga ishonadi.
Har qanday fintex kompaniya tashkil qilayotganda o’sha joydagi qonunlar bilan yaxshi tanishib chiqish talab qilinadi, chunki tarmoq bo’yicha mavjud normativ-huquqiy bazani bilmasdan turib, biror bir ishga qo’l urish juda havflidir. Masalan, agar misol sifatida AQSH ning Kaliforniya shtatining San-Frantsisko shaxrida joylashgan LendingClub kompaniyasini olsak, uning faoliyatini boshqarish piramidani eslatadi: uning eng pastida investorlar va kreditorlar bozori turadi, undan yuqorida bir qancha nazorat qiluvchi organlar uning faoliyatini tekshirib turadilar (mahalliy boshqaruv organlar, federal boshqaruv organlari, NASAA assotsiatsiyasi va undan so’ng birjalar va qimnatli qog’ozlar bo’yicha komissiya – SEC nazoratni amalga oshiradi. Evrova yoki Osiyo kreditlash bozorlari bilan ishlash uchun ular halqaro ofislar ochishlari va mahalliy qonunlarni hisobga olgan holda ish olib borishlari lozim bo’ladi. Evrovada ham Evropa Ittifoqining 27 davlati orasida konunlarni muvofiqlashtirish bo’yicha Yagona Nazorat Mexanizmi (SSM) mavjud bo’lib, har bir mamlakatda ham banklar va moliyaviy hizmatlar yetkazib beruvchilarning faoliyatlarini nazorat qilib turadigan milliy tashkilot mavjud. O’z biznesini boshqa mamlakatlarda kengaytirmoqchi bo;lgan tadbirkorlar ushbu milliy tashkilotlar bilan birgalikda ishlashlari lozim.
Osiyoda esa bank va moliya tashkilotlari uchun yagona reglament yo’q bo’lib, har bir mamlakat bunday masalalarni o’z qonunchiligi doirasida hal qiladi. Agarda kompaniya global miqyosda to’lovlar amalga oshirish bilan shug’ullansa, ularda qo’shimcha normativ hujjatlar paketi talab qilinadi. Korruptsiyaga qarshi siyosat doirasida P2P, P2B va B2B to’lov maydonchalari faoliyati jahonnong barcha mamlakatlarida qattiq nazorat qilinadi. Pullarni yuvish bo’yicha moliyaviy choralar ko’rish halqaro tashkiloti (FATF) jinoyat yo’li bilan olingan daromadlarni legalizatsiya qilishga qarshi jahon standartlarini ishlab chiqqan. Bu tashkilot Belgiyada joylashgan bo’lib, uning a’zosi 34 mamlakatdir. FATF ning 2012 yilda ishlab chiqqan qoidalar to’plami istalgan halqaro to’lov tizimlari uchun majburiy talab hisoblanadi. To’lov hizmatlai bo’yicha Evropa Ittifoqi Direktivalarining (PSDva PSD 2) asosiy maqsadi ham umumevropa bozorida hizmatlarga bo’lgan to’lovlar uchun yagona huquqiy baza yaratishdir. Har bir mamlakatda fintex hizmatlar ko’rsatuvchi banklar mavjud, Masalan Britaniyada Barclays, Germaniyada biw-bank va Fidor, Polshada MBANK, Ispaniyada Santander, Kanadada Toronto-Domion, Avstraliyada Westpac Banking va boshqalar. Bu mamlakatlarda ish yuritmoqchi bo’lganlar biznesni rivojlantirish uchun huddi shu banklarga murojaat qilishlari maqsadga muvofiqdir, chunki ular qonunchilik bilan bog’liq muammolarnihal qilishga yordam bera oladilar.
Hozirgi davrda respublikamizdagi ko’pchilik banklarning mutahassislari raqamlashtirish va bu yo’nalishda yangi texnologik yechimlar topish haqida yanada ko’proq fikr yuritmoqdalar. Mamlakatimizdagi moliyaviy texnologiyalar bo’yicha tashkilotlar va bu yo’nalishda faoliyatlarini boshlagan kompaniyalar moliyaviy texnologiyalarni qandaydir katta tavakkalchiklarga ega bo’lgan bir tajriba sifatida tushunmoqdalar. Shuni uchun ham biz ushbu bo’limda O’zbekistonda moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirishga nimalar to’siq bo’layapti va bunday muammolarni hal qilish uchun nimalar qilmoq zarurligini o’rganib chiqishga harakat qilamiz. Avvalo shuni aytish kerakki, respublikamizdagi moliyaviy-texnologik loyihalarning fundamental muammolari milliy iqtisodiyotdagi umumiy muammolar mavjudligi sababli yuzaga kelayapti.
Busohabo’yichapotentsiyalinvestorlarmamlakatimizdagistartaplargainvestitsiyalarq ilishgacho’chimoqdalarvapullariningqaytishdanhavotirlanayaptilar. ShuninguchunhamBloomchainorqaliekspertlarorasidasorovo’tkazilganida, o’zbekmoliya-texnologiksektoridagifaollikko’pchilikhollardatayyortexnologiyalarniyokikorporats iyalritarkibidagikomandalarnisotibolishgavaulardanfoydalanishgaqaratilganligima’ lumbo’ldi.
Qandayturdagiasosiyxatolarvaxolatlarmoliyaviytexnologiyalarbo’yichaloyihalarnin gamalgaoshishigahalaqitberishiniquyidako’ribchiqishgaharakatqilamiz:

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin