Kompyuter bilan muloqat. OS ning ayrim resurslarida kompyuter bilan muloqat ko’zda tutilgan. Bundan tashqari foydalanuvchi ham o’z dasturiga muloqatni kiritishi mumkin. Muloqat tashabbuskori sistema yoki foydalanuvchi bo’lishi mumkin. Tashabbuskor sistema bo’lganda, sistema hosil bo’lgan holatdan boshqa holatga o’tish yo’lini foydalanuvchi tafsiyasiga asosan bajaradi. Bunday holatlar rejali yoki rejasiz bo’lishi mumkin. Rejali holat sistemada ko’zda tutilgan bo’lib foydalanuvchining javobi sistema unumdorligini oshirishga olib keladi. Rejada ko’zda tutilmagan muloqatda esa sistema jarayonni qay tartibda bajarishni "bilmaydi" va tupik holat vujudga kelishi ham mumkin. Masalan, foydalanuvchi dasturi sistemada mavjud bo’lmagan resursni talab qilishi. Muloqat tashabbuskori foydalanuvchi bo’lganda, sistema kutish holatiga o’tadi va foydalanuvchining buyrug’iga asosan ishni davom ettiradi. Masalan, sistema xizmat qilayotgan dasturni vaqtinchalik yoki umuman to’xtatish.
Kompyuterning ishonchliligini taminlash. Kompyuterning qurilmalari normal ishlashi uchun ma’lum shart sharoitlar bajarilishi talab qilinadi, bular elektr manbai parametrlari, tashqi muhit temperaturasi va boshqalardir. Bu shart sharoitlardan chetga chiqish kompyuter aparaturasida uzilishga yoki notug’ri ishlashiga olib keladi. OS da apparatura notug’ri ishlashi natijasida paydo bo’ladigan xatolikni inkor qiluvchi dastur mavjud bo’lib zaruriyat tug’ilganda sistema tashabbusi bilan bu dastur ishlaydi va hosil bo’lgan xatolikka ishlov beradi. Bundan tashqari dasturiy resurslar noto’g’ri ishlashi natijasida xatolik vujudga keladi. Bu vaziyatda ishlatilayotgan dasturning to’g’ri yoki noto’g’ri ishlayotganligini aniqlash uchun turli uslublardan faydalaniladi. Bunday uslublardan biri quyidagicha. OS tarkibiga maxsus dastur kiritiladi va bu dastur berilganlarga ishlov berishdan avval va ishlov bergandan so’ng tekshiriladi. Shu dastur kodlari yig’indisi tekshiriladi, agarda hosil bo’lgan kod avvaldan shu dastur uchun aniqlangan kodga teng bo’lsa, u holda dastur tug’ri ishlaydi yoki ishlagan deb talqin qilinadi. Odatda OS tarkibiga kirgan barcha dasturlar uchun yagona kod tanlanadi, masalan barcha bitlar nolga tenglab olinadi. Buning uchun dasturning oxirgi buyrug’idan keyin nol kodiga to’ldiruvchi bo’lgan kod tanlanadi va bu kodni dastur kodlari bilan yig’indisi nol kodini beradi. Shu bilan dastur ishi natijasining ishonchliligiga erishiladi, chunki dasturdagi bitta bitning qiymati o’zgarishi dastur uchun aniqlangan kontrol yig’indida boshqa kod hosil qiladi. Bu holatlarni aniqlash va uni taxlil qilish uchun OS tarkibiga maxsus dasturlar kiritiladi.
Topshiriqni boshqarish tili. Kompyuterda bajarilishi kerak bo’lgan topshiriq avtomatik tarzda yoki foydalanuvchi aniqlagan parametrlar yordamida bajariladi. Jarayonni boshqarish uchun OSga boshqarish tili kiritiladi va topshiriqni bajarish uchun zarur bo’lgan resurslar aniqlanadi. Odatda agar topshiriqni boshqarish tilida ma’lum resurlar qayd etilmasa unda sistema uchun qabul qilingan parametrlar olinadi. Topshiriqni boshqarish tili hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlarida sistemani tashkil qilinayotgan paytda tanlab olinadi. Parametrlarni tanlab olish foydalanuvchining talab va ehtiyojiga qarab amalga oshiriladi. Har bir sistemani qo’shimcha dasturlar bilan boyitish har doim ham yaxshi natijaga olib kelmaydi. Masalan, funksional jixatdan bir vaqtning o’zida bir necha dasturning sistemada saqlanishi sistema uchun kerakli dasturning qidirilishiga ko’p vaqt va qo’shimcha xotira sarflanishiga olib keladi. Shu kabi sistema uchun bevosita zarur bo’lmagan dasturning saqlanishi ham shu natijaga olib keladi. Dasturiy ta’minot bo’yicha mutaxasis bo’lmagan foydalanuvchi uchun topshiriqni boshqarish tilini tahlil qilish va unga o’zgartishlar kiritish tafsiya qilinmaydi.
Resurslar taqsimoti. Avval aytganimizdek resurslar fizik va dasturiy bo’ladi. OS yordamida resurslar shunday taqsimlanadiki natijada bajarilayotgan topshiriqlar ma’lum ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Topshiriqlar tili yordamida foydalanuvchining dasturi normal ishlashini ta’minlaydigan resurslar aktiv holatga chaqiriladi va topshiriq bajarilishiga qarab ular ma’lum ketma-ketlikda bajariladi. Resurslar ishlatilishi ketma-ketligi boshqarish tili va foydalanuvchi dasturi yordamida amalga oshiriladi.