Tizimli dasturiy ta’minot Operasion sistema funksiyalari Dasturlash sistemasi



Yüklə 22,68 Kb.
səhifə3/7
tarix19.12.2023
ölçüsü22,68 Kb.
#186968
1   2   3   4   5   6   7
9-ma\'ruza

Bir dasturli rejim - kompyuterning barcha resurslari faqat bir dasturga xizmat qiladi.
Ko’p dasturli rejim (multidastur) - OS bir vaqtning o’zida bir biriga bog’liq bo’lmagan bir necha dasturlarga xizmat qiladi. Bunda resurslar dasturlar o’rtasida o’zaro taqsimlanadi. Multidastur rejimi markaziy prosessor ish vaqti bilan "periferiya" qurilmalari ishini ta’minlashdan iborat. Bu usulning bir dasturli rejimidan afzalligi resurslardan effektiv foydalanish va berilgan masala yechilishini tezlatishdir.
Ko’p masalali rejim - multimasala rejimi bir vaqtning o’zida bir necha masalaning paralel ishlashini ta’minlash ko’zda tutilgan. Bunda bir masalaning natijasi ikkinchi masala uchun berilganlar majmuasini tashkil qilishi ham mumkin. OS yechilayotgan masalalarni bir-biri bilan bog’liqligini rejalashtiradi va nazorat qilib boradi. Ko’p dasturli rejimdan ( dasturlar orasida vaqtni taqsimlash prinsipi) farqli bu yerda barcha masalalar bo’yicha parallel ishlash ko’zda tutilgan. Ko’p masalali rejim faqat multisistemada (bir necha prosessor) tashkil qilinadi.
OS kompyuter va foydalanuvchi o’rtasidagi vositachi hisoblanadi. OS foydalanuvchi so’rovini analiz qiladi va uni bajarilishini ta’minlaydi. So’rov OS tilida qabul qilingan buyruqlar ketma-ketligi ko’rinishida bo’ladi. OS so’rovlarni turli rejimlarda bajarishi mumkin, shu sababli OS ni quyidagi tiplarga bo’lish mumkin:
- paket rejimi sistemasi;
- vaqtni taqsimlash sistemasi;
- real vaqt sistemasi;
- dialog sistemasi.
Paket rejimi - bu masalalar majmuasiga ishlov beruvchi sistema, ya’ni bir yoki bir necha foydalanuvchi tomonidan tayyorlangan topshiriqlarni bajaruvchi sistema. Masalalar majmuasi kompyuterga kiritilgandan so’ng foydalanuvchi bilan uning masalasi o’rtasida muloqat qilish taqiqlangan. Bunday OS bir dasturli yoki ko’p dasturli rejimlarda ishlashi mumkin.
Vaqtni taqsimlash - bir vaqtning o’zida bir necha foydalanuvchiga xizmat qilish mumkin va foydalanuvchiga o’z masalasi bilan muloqat qilish imkonini beradi. Bir vaqtda ishlash effektiga, prosessor vaqti va boshqa resurslarni turli foydalanuvchilar tomonidan berilgan hisoblash jarayonlariga taqsimlash bilan erishiladi. OS kompyuterga kiritilayotgan topshiriqlar uchun navbat tashkil qiladi va har biriga navbat asosida prosessordan foydalanish vaqtini aniqlaydi. Birinchi topshiriqni bajargandan so’ng OS uni navbatning oxiriga olib borib qo’yadi va ikkinchi masalaga xizmat qiladi va x.z. Har bir masalaga xizmat qilish vaqti OS parametrlarida aniqlanadi. Professional dasturchi OS ni tashkil qilish jarayonida bu vaqt birligini o’zgartirishi mumkin.
Real vaqt - sistema berilgan real vaqt oralig’ida topshiriqni bajarilishini ta’minlaydi. Bunda kompyuterdagi hisoblash jarayoni tezligi real vaqt o’tishiga ham ohang bo’lishi kerak. Kompyuter bunday OS bilan odatda bir dasturli rejimda ishlaydi.

Yüklə 22,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin