Tizimli dasturiy ta’minot Operasion sistema funksiyalari Dasturlash sistemasi



Yüklə 22,68 Kb.
səhifə4/7
tarix19.12.2023
ölçüsü22,68 Kb.
#186968
1   2   3   4   5   6   7
9-ma\'ruza

Muloqat operasion sistemasi - yakka foydalanuvchi uchun mo’ljallangan bo’lib kompyuter bilan muloqatning qulay ko’rinishini ta’minlaydi. OS odatda bir dasturli rejimda ishlaydi.
Uzilishga ishlov beruvchi modul OS tarkibiga kiritilgan asosiy modullardan biri hisoblanadi. U foydalanuvchi dasturi bilan aloqani ta’minlaydi. Uzilishga ishlov beruvchi modul operativ xotiraga yuklanadi va u yerda kompyuter bilan ishlash seansi vaqtida saqlanib turadi. Bu modul komponentalari qism dasturlardan iborat bo’lib fayl sistemasi ishlashini, disk bilan berilganlarni almashishni va shu bilan birga maxsus holatlarni taxlil qilishni ta’minlaydi. Amaliy dasturdan bu qism dasturlarga murojaat qilinganda uzilishga ishlov beruvchi modul bajariladigan amallar parametrini oladi, uni taxlil qiladi va holatni ko’rinishiga qarab kerakli modullarga bir yoki bir necha murojaatni hosil qiladi.
Buyruq prosessori funksiyalari quyidagilardan iborat:
1. Klaviatura va buyruq faylidan kiritilgan buyruqni qabul va sintaktik analiz qilish.
2. OS ichki buyruqlarini bajarish.
3. OS tashqi buyruq (dastur) va foydalanuvchining amaliy dasturlarini yuklash va bajarish.
Buyruq prosessori tashabbusi bilan bajariladigan buyruqlar ichki buyruqlar deyiladi. Foydalanuvchining tashabbusi bilan bajariladigan buyruqlar esa tashqi buyruqlarni tashkil qiladi. Tashqi buyruqlarni bajarish uchun buyruq prosessori diskdan mos ismli buyruqni qidiradi, agar uni topa olsa, u holda uni xotiraga yuklaydi va unga boshqaruvni beradi. Buyruqlarni bunday usulda taqsimlanishi operativ xotira bandligini kamaytiradi va kompyuter unumdorligini oshiradi.
Amaliy dasturlarni ishga tushirish tashqi buyruqqa murojaat qilgandek amalga oshiriladi. Buyruq prosessori funksiyasiga buyruq fayllarini ishlatish ham yuklatilgan. Buyruq faylning birontasi OS ni yuklagandan so’ng avtomatik tarzda bajariladi va foydanuvchiga faoliyat muhiti sozlanganligi haqida dalolat beradi. Avtomatik tarzda bajariladigan buyruq foylalanuvchi ehtiyojiga qarab sistemali dasturchi tomonidan yaratiladi. Buyruq prosessori berilgan satrda yozilgan berilganlarni ketma-ket o’qiydi va taxlil qiladi. Berilganlar buyruq, tamga yoki izohdan iborat bo’lishi mumkin. Agar navbatdagi satrda biron bir dasturga murojaat qiluvchi buyruq bo’lsa, buyruq fayl ishini to’xtatib turiladi va chaqirilgan dastur bajariladi. Dastur o’z ishini yakunlagandan so’ng buyruq fayl o’z ishini davom ettiradi.
Buyruq prosessori xotiraga yuklanganda ikki, doimo xotirada saqlanadigan rezedent va xotiraning foydalanuvchi uchun ochiq bo’lgan norezedent qismga bo’linadi. Bunda ixtiyoriy dastur buyruq prosessorining norezedent qismini o’chirib yuborishi mumkin. Bu dastur o’z ishini yakunlaganda boshqaruv har doim buyruq prosessorining rezedent qismiga uzatiladi va u sistema diskidan yuklash orqali buyruq faylining norezedent qismini tiklaydi. OS aynan shu ko’rinishda tashkil qilinganligi sababli qattiq disk resurslari yetarli bo’lmasa yoki u umuman bo’lmasa sistemali yumshoq disk bo’lishi shart va u ishga tayyor holatda bo’lishi kerak. OS normal ishlashini ta’minlash uchun qattiq yoki yumshoq disk o’rniga operativ xotirada tashkil qilingan virtual diskdan foydalanish mumkin.

Yüklə 22,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin