Tizimli yondashuvning shakllanish bosqichlari va shakllanishining shart-sharoitlar


Iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan usullar va ularni guruhlarga ajratish



Yüklə 46,57 Kb.
səhifə4/6
tarix20.09.2023
ölçüsü46,57 Kb.
#145342
1   2   3   4   5   6
tizimli tahlilda ta\'sir etuvchi omillarni aniqlash raqamlarda ulchash

Iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan usullar va ularni guruhlarga ajratish
Metodika – analitik tadqiqotni yanada maqsadga muvofiq bajarishning usullari va qoidalari majmuidir. Tahlilda umumiy va xususiy metodika farqlanadi. Umumiy metodika iqtisodiyotning turli sohalaridagi iqtisodiy tahlilning turli obyektlarini o‘rganishda foydalaniladi. Xususiy metodika muayyan iqtisodiyot sohalari, ishlab chiqarish turi, tadqiqot obyektlarida tahlil ko‘rinishida umumiy qo‘llanilishini aniqlashtiradi. Tahlilning ixtiyoriy metodikasi analitik tadqiqot o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar yoki metodologik tavsiyalarni o‘zida aks ettiradi, aynan: • analitik tadqiqot o‘tkazish ketma-ketligi va davriyligi bo‘yicha tavsiyalar; • o‘rganilayotgan obyektlarni tadqiq qilish usul va uslublarini tavsiflash; • tahlilni tashkil qilish, uni metodik, texnik va informatsion ta’minoti bo‘yicha ko‘rsatmalar; • tahlil natijalarini rasmiylashtirish bo‘yicha tavsiyalar. IT metodikasining ikki elementiga batafsilroq to‘xtalamiz: 1) tahlil texnologiyasi (analitik ishlarni bajarish ketma-ketligi); 2) o‘rganilayotgan obyektlarni tadqiq qilish usullari (tahlilning metodik instrumentariysi). Kompleks iqtisodiy tahlilni bajarishda bir nechta texnologik bosqich ajratiladi: 1) tahlil obyektlari, maqsad va vazifa aniqlanadi, analitik ishlar rejasi tuziladi, chunki maqsad aniq keltirilmasa, tahlil jarayoni o‘z ma’nosini yo‘qotadi; 2) tahlil obyektini tavsiflashga ko‘maklashuvchi ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqiladi; 3) tahlil uchun zaruriy axborot to‘planadi va tayyorlanilib (uning aniqligi, ishonchliligi tekshiriladi, mutanosib ko‘rinishga olib kelinadi, tizimlashtiriladi. Iqtisodiy tahlil natijalari axborotlarning sifatiga bog‘liq bo‘ladi; 4) xo‘jalik yuritishning haqiqatdagi natijalarini hisobot davri reja ko‘rsatkichi bilan, qabul qilingan me’yorlar va standartlar, o‘tgan yillar haqiqatdagi ma’lumotlari bilan, yetakchi korxonalar yutuqlari, o‘rtacha soha bo‘yicha; korxona rivojlanishi tendensiyalari va sur’atlari, uning reytingi, moliya va tovar bozoridagi holati o‘rnatiladi; yechimi bo‘yicha muayyan chora-tadbirlarni taqozo etuvchi muammolar topiladi; 5) omillar va korxona faoliyati natijalariga o‘tmishda hamda istiqbolda ularning ta’siri aniqlanadi, korxona maqsadlariga erishishda foydalanilmagan imkoniyatlar hisoblanadi va shuning asosida erishilgan natijalarni baholash amalga oshiriladi; 6) yuzaga kelgan vaziyatda korxona rivojlanishining ehtimoliy ssenariysi ko‘rib chiqiladi, fan va amaliyot sohasida yangiliklarni o‘rganish negizida korxona mehnat unumdoligini oshirishning mavjud zaxiralari baholanadi; 7) qo‘yilgan maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan strategik va taktik boshqaruv qarorlari qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlanadi; qabul qilinayotgan qarorlarning ehtimoliy oqibatlari, ishlab chiqarish va moliyaviy risklar darajasi baholanadi; korxonaning operativ, joriy va istiqbolli rejalari aniqlanadi. Analitik tadqiqotlarni bajarishning bunday ketma-ketligi iqtisodiy tahlil nazariyasi va amaliyoti nuqtayi nazaridan yanada maqsadga muvofiq hisoblanadi. Analitik tadqiqotning turli bosqichlarida qo‘llaniladigan tahlilning texnik uslublari va usullari (tahlil instrumentariysi) iqtisodiy tahlil metodikasining eng muhim elementi hisoblanadi.
Ular iqtisodiy tahlil orasida va boshqa fanlarda ham axborotlarni qayta ishlash va o‘rganish uchun keng qo‘llaniladigan (taqqoslash, grafik, balans, o‘rtacha va nisbiy miqdorlar, analitik guruhlash, instrumentar moliyaviy hisoblashlar, intuitsiya asosida iqtisodiy vazifani evristik yechish metodlari, o‘tmish tajribasi, mutaxassislarning ekspert bahosi, an’anaviy mantiqiy usullarni ajratish mumkin. Hozirgi vaqtda, mutlaqo qandaydir fanga taalluqli uslub va usullarni asoslash juda qiyin, chunki tadqiqotning turli sferalarida ilmiy instrumentariylarning o‘zaro kirishib ketishi kuzatiladi.
Omillarning xo‘jalik yuritish natijalariga va rezervlar hisobiga ta’sirini o‘rganish uchun tahlilda determinatsiyalashgan va stoxastik omilli tahlil usullari, iqtisodiy masalani maqbul yechish metodlari qo‘llaniladi. U yoki bu usulning qo‘llanilishi tahlilning maqsadi va chuqurligiga, tadqiqot obyekti, analitik hisoblashlarni bajarish texnik imkoniyatlari va boshqalarga bog‘liq. Iqtisodiy tahlil instrumentariysini takomillashtirish juda katta ahamiyatga ega va analitik ishlarning asosiy muvaffaqiyati hamda samaradorligi hisoblanadi. Inson o‘rganilayotgan hodisalarning mohiyatiga qanchalik chuqur kirib borsa, tadqiqotning aniq metodlariga talab ortadi. Bu barcha fanlar uchun tegishlidir. So‘nggi yillarda fanning barcha sohalarida tadqiqot metodikasi yanada mukammallashdi. Tadqiqotning matematik metodlaridan foydalanish iqtisodiy fanning muhim yutuqlaridan biri bo‘lib, korxonaning faoliyati natijalarini belgilovchi omillarning yanada ko‘lamdor kompleksini tadqiq qilishga imkon beradi, hisoblashlar aniqligini oshiradi. Uning sharofati bilan ko‘p o‘lchamli va maqbul vazifalarni hal qilish, ilmiy asoslangan boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun asos yaratuvchi imkon paydo bo‘ldi.
Omilli tahlil metodikasi
Korxonalar xo‘jalik faoliyatidagi barcha hodisa va jarayonlar o‘zaro aloqador, o‘zaro bog‘liq va o‘zaro shartlangandir. Ular bir-biri bilan o‘zaro bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘ladi. Masalan, operatsion faoliyatidan foyda hajmi mahsulotlar birligi narxi va tannarxiga, savdo hajmi va strukturasiga bog‘liq. Barcha boshqa omillar ushbu ko‘rsatkichga bilvosita ta’sir qiladi. Tahlilda har bir hodisani sabab sifatida ham, natija sifatida ham ko‘- rib chiqish mumkin. Masalan, mehnat unumdorligini, bir tomondan, mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishi sababi, uning tannarxi darajasi sifatida, boshqa tomondan esa – ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi o‘zgarishi natijasi, mehnatni tashkil qilish takomillashtirilishi va boshqalar tarzida ko‘rib chiqish mumkin. Har bir natijaviy ko‘rsatkich ko‘p sonli omillarga bog‘liq. Natijaviy ko‘rsatkich kattaligiga omillar ta’siri qanchalik batafsil tadqiq qilinsa, tahlil natijalari va korxonalar mehnat sifatini baholash shunchalik aniq bo‘ladi. Shuning uchun xo‘jalik faoliyati tahlilida o‘rganilayotgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar kattaligiga omillar ta’sirini o‘rganish va o‘lchash muhim metodologik masala hisoblanadi. Omillarni chuqur va har tomonlama o‘rganmasdan faoliyat natijalari haqida asoslangan xulosalar qilish, ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash, reja va boshqaruv qarorlarini asoslash mumkin emas. Omilli tahlil – bu natijaviy ko‘rsatkichlar darajasiga omillar ta’sirini kompleks hamda tizimli tadqiq qilish jarayonidir.
Determinatsiyalashgan omilli tahlil - natijaviy ko‘rsatkichlar bilan aloqasi funksional tavsif kasb etuvchi omillar tadqiq metodikasini o‘zida aks ettiradi. Stoxastik tahlil esa natijaviy ko‘rsatkich bilan aloqasi, funksionaldan farqli ravishda, noto‘liq, ehtimoliy (korrelatsion) hisoblanuvchi omillar ta’sirini o‘rganadi. Agar argument o‘zgarishiga funksional (to‘liq) bog‘liqlikda doimo funksiyalarning mutanosiblikda o‘zgarishi sodir bo‘lsa, u holda argument o‘zgarishining stoxastik aloqasida ushbu ko‘rsatkichni aniqlovchi boshqa omillar uyg‘unligiga bog‘liqlikda funksiyalar o‘sishining bir nechta qiymatini berishi mumkin. Masalan, mehnat unumdorligi ayni bir xil darajali fond bilan qurollangan turli korxonalarda bir xil bo‘lmasligi mumkin. Bu natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir qiluvchi boshqa omillarning maqbul uyg‘unligiga bog‘liq. Tadqiqot metodikasi bo‘yicha to‘g‘ri va teskari omilli tahlil farqlanadi. To‘g‘ri omilli tahlil deduktiv usulda – umumiydan xususiyga tomon amalga oshiriladi. U o‘rganilayotgan natijaviy ko‘rsatkich kattaligini shakllantiruvchi omillarni kompleks tadqiq qilish maqsadida olib boriladi. Teskari omilli tahlil sabab-oqibat aloqalarini mantiqiy induksiya usuli bilan tadqiq qiladi – xususiy, alohida omillardan umumiyga, sababdan oqibatga. Ko‘plab natijaviy ko‘rsatkichlarning o‘rganilayotgan omil o‘zgarishiga ta’sirchanlik darajasini baholashga imkon beradi.

Yüklə 46,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin