Tizimli yondashuvning shakllanish bosqichlari va shakllanishining shart-sharoitlar


Raqobatdosh iqtisodiyotda iqtisodiy tahlilning metodi va uning o‘ziga xos muhim xususiyatlari



Yüklə 46,57 Kb.
səhifə2/6
tarix20.09.2023
ölçüsü46,57 Kb.
#145342
1   2   3   4   5   6
tizimli tahlilda ta\'sir etuvchi omillarni aniqlash raqamlarda ulchash

Raqobatdosh iqtisodiyotda iqtisodiy tahlilning metodi va uning o‘ziga xos muhim xususiyatlari
Tahlil vositasida mazkur holatlar, ya’ni o‘zgarishlar aniq hisoblanadi va o‘rganiladi. Ta’kidlash kerakki, ayrim olingan omillar oxirgi yakuniy natijaga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi va uni tubdan o‘zgartirib yuborishi ham mumkin. Shuning uchun ham xo‘jalik faoliyatidagi o‘zgarish sabablari, ularning omillar ko‘rinishida yuzaga chiqishi tahlilda jiddiy tarzda o‘rganiladi, demak, ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi asosiy va qo‘shimcha omillarni aniqlash ularni tasniflash tahlil metodining muhim xususiyati bo‘lib sanaladi. Sabablarni aniqlash va omillarni to‘g‘ri guruhlash xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishning sifatli bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Iqtisodiy tahlil metodining yana bir o‘ziga xos tomoni o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarni bir-biriga o‘zaro ta’sirini va bog‘liqligini aniq hisoblab ko‘rsatib berishdir. Ma’lumki, korxona ishlab chiqaradigan mahsulot hajmi uch guruh omillar ishchi kuchi, mehnat vositalari va mehnat predmetlaridan foydalanishga bog‘liq. O‘z navbatida, har bir guruh omillar ham tarkibiy elementlarga ajraladi. Misol uchun, ishchi kuchidan foydalanish bo‘yicha omillar miqdor va sifati bo‘yicha guruhlanadi. Bu yerda, miqdor omil ishchilar soni, sifat omili esa ularning mehnat unumdorligidir (bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan o‘rtacha mahsulot). Ishchining bir yildagi o‘rtacha mehnat unumi - bir yilda ishlangan o‘rtacha kishi kunlari, ish kuni davomiyligi va bir ishchining yil davomida ishlagan ishi soatiga bog‘liq. Bu sanab o‘tilgan har bir ko‘rsatkich, o‘z navbatida, boshqa omillarga bevosita bog‘liq. Ishchining bir yilda ishlangan o‘rtacha ish kunlari qo‘shimcha dam 49 olish, sababsiz ishga kelmaslik, uzoq safarga borish, kasallik tufayli ishga chiqmaslik va korxona aybi bilan bekor turish kabi sabablar ta’sir ko‘rsatadi. Aytilganlardan ma’lum bo‘lmoqdaki korxona iqtisodiy faoliyatidagi barcha ko‘rsatkichlar bir-biri bilan zanjirli bog‘lanib ketgan. Bu umumiy zanjir tizimida har bir omilning o‘z o‘rni bor hamda ular muayyan miqdorda voqeliklarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tahlil jarayonida e’tiborga olinmagan har bir ko‘rsatkich yoki omil uning natijalarni noaniq bo‘lishiga hatto iqtisodchilarni noto‘g‘ri xulosalariga olib kelishi mumkin. Xulosa qilib aytish mumkinki, tahlil metodining muhim xususiyati o‘rganiladigan muayyan iqtisodiy ko‘rsatkich alohida tarzda, boshqa omillardan ajratilgan holda tahlil qilinmaydi. Ularning o‘zaro bog‘liqligi doimo e’tiborda tutiladi. Faqatgina, ayrim hollarda iqtisodiy jarayonlar bo‘yicha hisob-kitoblarni mantiqiy asoslash uchun, ya’ni yakuniy natija ko‘rsatkichiga faqat bir omilning ta’siri o‘rganilayotgan vaziyatlarda boshqa omillarning o‘zgarish sabablari hamda ta’sir etish miqdori shartli o‘zgarmas, deb qaralishi mumkin. Odatda ilmiy usullardan foydalanilganda, har qanday turdagi tahlil muvaffaqiyatli chiqadi. Tahlil qilishning to‘g‘ri tanlangan usuli ko‘pincha uning natijasini oldindan aniqlaydi. Ilmiy usulda fanni tekshirish ko‘pincha, dialektik usulga asoslanishi tushuniladi. Tushunishning dialektik usuli, hamma hodisa va jarayonlarni muntazam harakatda, o‘zgarishda, rivojlanishda ko‘rish zarurligini bildiradi. Iqtisodiy tahlil usullarining xarakterli jihatlaridan biri – muntazam taqqoslab turishdir. Dialektika har bir jarayonni, har bir hodisani birlik va qarama-qarshiliklar kurashi deb qarash kerakligini o‘rgatadi. Bundan har bir hodisa va jarayonlarni ichki qarama-qarshiliklar, ijobiy va salbiy tomonlarini o‘rganib chiqish zarurligi kelib chiqadi. Bu ham tahlilning xarakterli jihatlaridan biridir. Tahlil qilishda dialektik usuldan foydalanish, korxona xo‘jalik faoliyatini o‘rganib chiqishda barcha bog‘liq tomonlarini hisobga olinishini anglatadi. Hech qaysi hodisa, agar u alohida tekshirilsa to‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lmaydi. Bu ham tahlilning xarakterli jihatlaridan biridir. Tahlilning muhim uslubiy jihatlaridan biri, u sabab-oqibatlarni aniqlabgina qolmay, balki son jihatdan tavsif beradi, ya’ni har bir omilning faoliyat natijalariga qay miqdorda ta’sir ko‘rsatishini aniqlaydi, bu esa iqtisodiy tahlilning yanada osonroq bo‘lishini ta’minlaydi. Sistemali yondoshish esa o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni bosqichma-bosqich tahlil qilish, ularni o‘zaro bog‘liq holda tekshirish mufassal detallarda o‘rganilishini ko‘zda tutadi.

Yüklə 46,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin