tizimli tahlilda ta\'sir etuvchi omillarni aniqlash raqamlarda ulchash
TIZIMLI YONDASHUVNING SHAKLLANISH BOSQICHLARI VA SHAKLLANISHINING SHART-SHAROITLAR Reja:
Kirish
Raqobatdosh iqtisodiyotda iqtisodiy tahlilning metodi va uning o‘ziga xos muhim xususiyatlari
Iqtisodiy tahlil metodologiyasi haqida tushuncha va uning asosiy elementlari tavsifi
Har bir fanning metodi – obyektiv borliqning, tabiat va jamiyatning rivojlanishini o‘rganishga qanday yondoshish lozimligini ko‘rsatadi. Fanning o‘z obyekti yoki predmetini o‘rganish usullari, vositalari uning metodini tavsiflaydi. Iqtisodiy tahlil ham o‘zining mustaqil usullariga ega. Metod - grekcha «methodos» so‘zidan olingan bo‘lib nazariya, ta’- limot va amaliyotni o‘rganishdagi yondashuv yo‘llaridir. Keng ma’noda metod deganda tabiat va jamiyatdagi jarayonlar, predmetlar hamda voqeliklarni tadqiq etishning o‘zaro bog‘langan yalpi usullari, tamoyillari, shuningdek, haqiqatni bilishning vositalari, uslublari va yo‘llari tushuniladi. Iqtisodiy tahlilning metodi - korxonadagi xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyat turlarining yuzaga kelishi, o‘zgarishi hamda rivojlanishini dialektik yondashuv usulida o‘rganishdir. Ijtimoiy- iqtisodiy samaradorlikni oshirish maqsadida korxonaning xo‘jalik hamda boshqa faoliyat turlarini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish, ushbu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi sabablarini tadqiq qilish, ularning o‘zaro bog‘liqliklarini aniqlash hamda hisob-kitob qilish iqtisodiy tahlil fani metodining o‘ziga xos jihatlaridir. Metodining mazmuniga ko‘ra tahlil vositasida xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyat turlarini o‘rganishda dialektik yondashuv, ya’ni har bir voqelik mavjud va rivojlanishda, deb qaraladi. Bu voqeliklar sondan sifat o‘zgarishiga va yangi sifatning paydo bo‘lishi, inkorni-inkor qilish, qarama-qarshilik kurashi, eskining tugashi, yangi-ilg‘or voqeliklarning paydo bo‘lishi kabi xususiyatga ega bo‘ladi. Dialektik yondashuv va uning barcha usullari xo‘jalik jarayonlarini o‘rganishda, tahlil qilishda korxona faoliyatini barcha bosqichlarida qo‘llaniladi.
Iqtisodiy tahlil metodining ta’rifida uning e’tiborli jihatlari ham ko‘rsatilgan. Jumladan, xo‘jalik jarayonlari va iqtisodiy voqealarni tahlil qilishda juda ko‘plab ko‘rsatkichlardan foydalanish zarur. Tahlil uchun kerak bo‘lgan ko‘rsatkichlar, ularning turi hamda miqdori o‘rganilayotgan iqtisodiy jarayonning mazmuni, hajmi va davriga bog‘liq bo‘ladi. Hatto, tahlil natijasida avvaldan mo‘ljallanmagan yangi ko‘rsatkichlar ham hisoblab topilishi mumkin. Mazkur holat iqtisodiy tahlil metodining o‘ziga xos jihatlaridan biri hisoblanadi. O‘rganilayotgan xo‘jalik jarayonlarining, ya’ni ko‘rsatkichlarning o‘zaro farqlanishi hamda o‘zgarishi sabablarini aniqlash tahlil ishlarida muhim ahamiyatga ega. Har bir o‘zgarishga ta’sir ko‘rsatgan sabablarni (omillar) hisoblash iqtisodiy tahlil metodining yana bir o‘ziga xos xususiyatidir, chunki, tahlil qilinayotgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar va ulardagi o‘zgarishlar doimo bir-biri bilan uzviy bog‘liq, o‘zaro aloqa hamda ta’sir natijasida sodir bo‘ladi.