Tizimli yondashuvning shakllanish bosqichlari va shakllanishining shart-sharoitlar


Iqtisodiy tahlilda taqqoslash usuli



Yüklə 46,57 Kb.
səhifə5/6
tarix20.09.2023
ölçüsü46,57 Kb.
#145342
1   2   3   4   5   6
tizimli tahlilda ta\'sir etuvchi omillarni aniqlash raqamlarda ulchash

Iqtisodiy tahlilda taqqoslash usuli
Tahlilda rioya qilish muhim shartlardan biri – ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchanligini ta’minlashdir, sifat jihatidan esa bir xil kattaliklarni qiyoslash mumkin. Ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchan emasligi turli sabablarga ko‘ra kelib chiqishi mumkin: turli narxlar mavjudligi, faoliyati hajmi; struktura o‘zgarishlar; mahsulotlar sifati bir xil emasligi; taqqoslanayotgan ko‘rsatkichlar uchun tanlangan vaqt kesimi har xilligi; faoliyatning bir xil bo‘lmagan boshlang‘ich sharoiti (texnik, tabiiy, iqlim va b.); ko‘rsatkichlarni hisoblashning usullari turlichaligi; korxonaning hisob siyosatining o‘zgarishi. O‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar taqqoslanuvchanligini ta’minlash uchun yuqorida sanalgan omillar bo‘yicha ularning yagona bazaga olib kelish zarur. Birinchi navbatda barcha qiymat ko‘rsatkichlarning kattaligiga ta’sir ko‘rsatuvchi (ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlar qiymati, tushum, tannarx, foyda, material xarajatlari hajmi, zaxiralar, asosiy vositalar) inflatsiya bilan aloqadorlikda narx o‘sishini e’tiborga olmoq zarur. Ushbu omilning ta’sirini xolislantirish uchun, taqqoslanayotgan ko‘rsatkichlar bir xil narxda ifodalanadi.
Iqtisodiy tahlilda ko‘rsatkichlarni taqqoslash uchun turli usullardan foydalaniladi. Misol uchun, mutlaq kattalik o‘rniga o‘rtacha yoki nisbiy kattaliklarni qo‘llab, qator hollarda ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchanligiga erishish mumkin. Korxonalarning ishlab chiqarish bazasini hisobga olmasdan mahsulot ishlab chiqarish hajmi, foyda summasi va boshqa mutlaq ko‘rsatkichlarni qiyoslash mumkin emas, lekin mutlaq kattaliklar o‘rniga nisbiy, misol uchun, bir ishchi tomonidan ishlab chiqarigan mahsulot, aktivlarning ming so‘miga to‘g‘ri keladigan foyda summasi va shu kabilar. Ushbu holda bunday taqqoslash butunlay to‘g‘ri sanaladi. Iqtisodiy tahlilda ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchanligini ta’minlash uchun tuzatish koeffitsiyentlari ham keng qo‘llaniladi. Xususan, ko‘rsatkichlarning metodik nomutanosibligiga nisbatan e’tiborli bo‘lish lozim. U nafaqat taqqoslash natijalarini, balki umuman voqelik ma’nosini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Misol uchun, fond qaytimi asosiy vositalarning jami summasi bo‘yicha, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan asosiy vositalar bo‘yicha yoki faqat ularning aktiv qismi bo‘yicha hisoblanishi mumkin. Shuning uchun, xulosalar to‘g‘riligini ta’minlash uchun ularni hisoblash metodikasi bo‘yicha ko‘rsatkichlar bir xilligiga erishish lozim. Ko‘rsatkichlarni taqqoslashda ularning taqqoslanuvchanlik bo‘yicha tabiiy-iqlim sharoitarini ta’minlash juda muhim. Xususan, bu qishloq xo‘jaligi uchun juda dolzarb masala sanaladi. Korxonalarning turli tabiiy-iqtisodiy zonalarda bo‘lishi mahsulot yetishtirishga, vaqtinchalik va doimiy xarajatlar darajasiga, mahsulotlar mehnat sig‘imi va boshqalarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu omil bo‘yicha ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchanligini ta’minlash uchun iqlimiy va hududiy xususiyatlar bilan shartlangan ko‘rsatkichlarning o‘sish ulushi ajratiladi, keyin esa ularning ta’siri bartaraf etiladi. Ayrim ko‘rsatkichlarning mavsumiy tavsifiga e’tibor qaratish zarur. Misol uchun, tovar zaxiralari mavsumgacha jamlanadi, qishki davr uchun ozuqa zaxiralari yaratiladi, korxonaning ishchan faolligi davrida kapital aylanuvchanlik koeffitsiyenti o‘sadi. Ayrim hollarda 72 ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchan emasligi korxonaning hisob siyosatidagi o‘zgarishlari bilan ham kelib chiqishi mumkin. Xususan, amaldagi me’yoriy hujjatlar bir ma’noga ega ko‘rsatkichlarni turli usullar bilan shakllantirish mumkinligiga yo‘l qo‘yadi. Misol uchun, asosiy vositalarga eskirish hamda nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashni turli metod va usullarining mavjudligi; iste’mol qilingan ishlab chiqarish zaxiralarini baholash metodini o‘zgartirish (NIFO, FIFO, LIFO) va boshqalar kiradi. Xulosa qilib aytganda, ko‘rsatkichlarni taqqoslanuvchan shaklga keltirishning asosiy usullari qiymat, hajm, sifat va struktura omillarning ta’sirini ularni yagona bazisga keltirish yo‘li bilan xolislantirish, shuningdek, foydalanish o‘rtacha va nisbiy kattalik, tuzatish koeffitsiyentlari, qayta baholash metodlaridan foydalanish va shu kabilar hisoblanadi.
Iqtisodiy tahlilda ko‘rsatkichlarni o‘rganish mutlaq miqdorlardan foydalanishdan boshlanadi. Misol uchun, mahsulot ishlab chiqarish hajmi (natural va qiymat o‘lchovlarida), tovar aylanish hajmi, mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, yalpi tushum, ishchilar soni va hokazo. Mutlaq ko‘rsatkichlar hodisa birliklarning o‘lchov, og‘irlik, hajm, davomiylik, maydon, qiymat va boshqa hodisalarning o‘lchamiga nisbatsiz miqdoriy o‘lchovini aks ettiradi, nisbiy esa – kattaliklar o‘rganilayotgan hodisa va kattaliklarning boshqa davr yoki boshqa obyekt bo‘yicha olingan qandaydir boshqa hodisa yoki kattaliklarga nisbatini ifodalaydi. Mutlaq miqdorlarsiz tahlil ishlarini amalga oshirib bo‘lmaydi. Iqtisodiy tahlilda mutlaq miqdorlar voqelikni bilish, tushunish, o‘qish va o‘rtacha hamda nisbiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda asosiy axborot bazasi bo‘lib foydalaniladi. Shuningdek, mutlaq o‘zgarish iqtisodiy tahlilda muayyan ko‘rsatkichni avvalgi davrlarga nisbatan mutlaq miqdordagi farqlarini ko‘rsatib beradi (15-jadval). Nisbiy ko‘rsatkichlar bir xil tur va mazmundagi ko‘rsatkichlarni o‘zaro nisbatini aniqlab foiz, koeffitsiyent, indeks ko‘rinishida aks ettirib beradi. Ushbu usul reja bajarilishi, o‘sish sur’atlari hamda salmog‘lar asosida voqeliklarni tarkibiy tuzilish holati kabilarni o‘rganishda keng qo‘llaniladi (15-jadval). Nisbiy ko‘rsatkichlar bir kattalikni boshqasiga bo‘lish natijasida olinadi va u taqqoslash bazasiga qabul qilinadi.
Xo‘jalik faoliyati tahlilida nisbiy kattalikning turli shakllari qo‘llaniladi: makoniy taqqoslash, rejaviy topshiriq, reja bajarilishi, dinamika, struktura, koordinatsiya, intensivlik, samaradorlik. Makoniy taqqoslash nisbiy kattaligi ayni bir davr yoki bir vaqt momenti bo‘yicha olingan turli obyektlarga tegishli ko‘rsatkichlarning darajasini taqqoslash natijasida olinadi. Rejaviy topshiriqni taqqoslash nisbiy kattaligi ko‘rsatkichni joriy yil rejaviy darajasining o‘tgan yil haqiqatdagi yoki 3-5 yil oldingi o‘rtachasi darajasiga nisbatini o‘zida aks ettiradi. Reja bajarilishi nisbiy kattaligi – ko‘rsatkichning hisobot davrining haqiqatdagi va rejaviy darajasi o‘rtasida foizlarda ifodalangan nisbatida ifodalanadi. Dinamika nisbiy kattaligi qandaydir vaqt oralig‘ida ko‘rsatkichlarning o‘zgarishlarini tavsiflash qo‘llanilishi uchun va joriy davr ko‘rsatkichlari kattaliklarini uni oldingi davr (oy, kvartal, yil) darajasiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlaydi. Ular o‘sish sur’ati deb aytiladi va odatda, foiz yoki koeffitsiyentlarda ifodalanadi. Dinamikaning nisbiy kattaliklari bazis va zanjirli bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiy tahlilda xususiydan umumiyga, tasodifdan qonuniyatga o‘tishda mutlaq, nisbiy ko‘rsatkichlar bilan birgalikda o‘rtacha miqdorlar asosida voqeliklarni o‘rganish ham muhim rol o‘ynaydi, chunki, ushbu usulda bir xil turdagi yalpi ya’ni ko‘p sonli iqtisodiy voqeliklar matematik hisob-kitoblar bilan yagona o‘rtacha miqdorga keltiriladi. Bu jarayonda bir turdagi yalpi voqeliklarni o‘ziga xos xususiyati hamda jihatlariga jiddiy e’tibor qaratiladi, chunki, voqeliklarni har tomondan bir xil bo‘lishi bu borada kelib chiqishi mumkin bo‘lgan tasodifiy holatlarni oldini oladi. Natijada o‘rtacha miqdorlarning aniqligi yanada oshadi. O‘rtacha miqdorlarni keltirib chiqarishda zaruriyat yoki talabga ko‘ra turli xil hisob-kitob shakllari – o‘rtacha arifmetik, o‘rtacha kvadratik, o‘rtacha xronologik, o‘rtacha geometrik va shu kabilardan foydalaniladi. Bir turdagi ko‘p sonli voqealarni o‘rtacha miqdori va ularni o‘zgarishini bilish o‘rganilayotgan iqtisodiy jarayonlar rivojlanishining umumiy yo‘nalishi hamda qonuniyligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Balans usuli o‘zaro bog‘liq va tenglangan iqtisodiy ko‘rsatkichlarning ikki guruhi proporsiyalari, nisbatini aks ettirish uchun xizmat qiladi. Bu usul buxgalterlik hisobi va rejalashtirish amaliyotida keng tarqalgan, lekin u iqtisodiy tahlilda ham muayyan ahamiyat kasb etadi, xususan, korxonaning mehnat, moliyaviy resurs, xomashyo, yonilg‘i, material, asosiy ishlab chiqarish vositalari va boshqalar bilan ta’minlanganligi tahlilida keng foydalaniladi. Misol uchun, korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi aniqlash maqsadida, mehnat resurslari bo‘yicha balans tuziladi. Unda, bir tomondan, mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyoj, boshqa tomondan – ularning haqiqatdagi mavjudligi ko‘rsatiladi. Mehnat resurslaridan foydalanish tahlilida ish vaqtining ehtimoliy fondi haqiqatdagi ishlangan soatlar miqdori bilan taqqoslanadi. Chorvaning ozuqa bilan ta’minlanganligini aniqlash uchun ozuqa balansi ishlab chiqiladi. Unda, bir tomondan, ozuqaga bo‘lgan rejaviy ehtiyoj ko‘rsatilsa, boshqa tomondan – uning haqiqatda mavjudligi ko‘rsatiladi. Korxonaning to‘lov qobiliyatini aniqlash uchun to‘lov balansi tuziladi, unda to‘lov mablag‘lari va to‘lov majburiyatlari o‘zaro taqqoslanadi. Qo‘shimcha vositalar sifatida iqtisodiy tahlilda balans metodi natijaviy ko‘rsatkichlar kattaliklari o‘sishiga turli omillarning ta’siri aniqlash to‘g‘riligini tekshirish uchun foydalaniladi. Determinatsiyalashgan tahlilda alohida omillarning ta’sir kattaliklari algebraik summasi natijaviy ko‘rsatkichning umumiy o‘sish kattaligiga mos kelishi lozim.

Yüklə 46,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin