3 - savolga -
● Birinchi guruh eng katta umumiylik va muhimlik darajasi bilan
tavsiflanadigan
muammolar.
Ular
turli
davlatlar
o‘rtasidagi
munosabatlardan kelib chiqadi. Ayni shu sababli ular interijtimoiy
global muammolar deb ataladi. Bu yerda jamiyat hayotidan urushni
bartaraf etish va adolatli dunyoni ta'minlash; yangi xalqaro iqtisodiy
tartib o‘rnatish kabi ikki o‘ta muhim muammo farqlanadi.
● Ikkinchi guruh jamiyat va tabiatning o‘zaro ta'siri natijasida yuzaga
keladigan muammolar bo‘lib, ular odamlarni energiya, yonilg‘i,
chuchuk suv, xom ashyo resurslari va shu kabilar bilan ta'minlash
kabilardir. Bu guruhga ekologik muammolar, shuningdek Jahon
okeani va kosmik fazoni o‘zlashtirish ham kiradi.
● Uchinchi guruhni «inson – jamiyat» tizimi bilan bog‘liq muammolar
ya'ni demografiya muammosi, sog‘liqni saqlash, ta'lim, xalqaro
terrorizm tahdidi ma'naviyat masalalari va shu kabilardir.
16 - variant
1 - savolga -
Muammo (qadimgi yunoncha: πρόβλημα prasoba — vazifa, topshiriq)
[1] keng maʼnoda — oʻrganish, hal etishni talab qiluvchi murakkab nazariy
yoki amaliy masala; fanda — har qanday hodisa, ob’yektlar, jarayonlarni
tushuntirishda qarama-qarshi pozitsiyalar shaklida harakat qiladigan va uni
hal qilish uchun adekvat nazariyani talab qiladigan qarama-qarshi vaziyat;
hayotda muammo odamlar tushuna oladigan tarzda shakllantiriladi.
2 - savolga -
Olim muammoni baholashi va u shug'ullanishga arziydimi, degan
savolga javob berishi juda muhimdir. Predmetli bilimdan farqli o'laroq,
muammolar haqiqiy ham, soxta ham bo'lishi mumkin emas. Ammo ularni
boshqa mezonlar – muhimlik, dolzarblik, echish mumkinligi (tadqiqotchilarni
odatda muammoni mazkur vositalar bilan va mazkur muddatda echish
mumkin yoki mumkin emasligi to'g'risidagi masala juda qiziqtiradi) nuqtai
nazaridan baholaydilar. Muammoni qo'yish – har qanday ilmiy tadqiqotning
dastlabki bosqichi. Ammo muammo qo'yilganidan so'ng uni echish
metodlarini topish talab etiladi. Muammoni to'g'ri qo'yish uni muvaffaqiyatli
echishning muhim shartidir. To'g'ri qo'yilmagan muammo yoki soxta
muammo haqiqiy muammolarni echishdan chalg'itadi. Muammoni qo'yish –
ilmiy bilish jarayonining dastlabki bosqichi. Muammoni qo'yishda, avvalo,
ayrim holatni masala sifatida anglab etish, qolaversa, muammoning
mazmunini aniq tushunish, ma'lum va noma'lum narsalarni ajratgan holda
uni ta'riflash lozim.
3 - savolga -
Dalillar murakkab tuzilishga ega. Ular borliq haqidagi axborot, dalil
talqini, uni olish va tavsiflash usulini o‘z ichiga oladi. Dalilning muhim
tomoni – borliq yoki uning ayrim xossalari haqida tasavvurning
shakllanishiga imkoniyat yaratuvchi borliq to‘g‘risidagi axborot. Fan dalillari
umumlashtirilishi natijasida ular nazariya uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Dalillarni umumlashtirishning oddiy shakllari – ularni tahlil, sintez qilish,
tiplarga ajratish, birlamchi tushuntirish sxemalaridan foydalanish va
hokazolar
asosida
amalga
oshiriladigan
tizimga
solish
va
tasniflashdir.Dalillar saralab olingani, tasniflangani, umumlashtirilgani va
tushuntirilganidan keyingina fandan o‘rin oladi. Ilmiy bilishning vazifasi
mazkur dalilning yuzaga kelish sababi, uning muhim xossalarini, dalillar
o‘rtasidagi qonuniy bog‘lanishni aniqlashdan iborat. Yangi dalillarning
aniqlanishi ilmiy bilish taraqqiyoti uchun juda muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |