3 - savolga -
Ilmiy maktablar o‘zida muayyan shaxs, olimning ilmiy faoliyati
yo‘nalishini o‘rganish natijasida shakllangan kasb egalari, olimlar kogortasi
bo‘lib, unda muayyan ilmiy g‘oya, nazariya doirasida hamjihatlikda faoliyat
olib boriladi. Ilmiy maktab tushunchasi metod tushunchasidan kengroqdir.
Ilmiy maktablarning paradigmal va lokal darajalari farqlanadi. I.Nyuton,
A,Eynshteyn, N.Bor, I.Prigojin ilmiy maktablari paradigmal darajani
namoyon qilsa, mamlakat, alohida oliy ta’lim muassasalari yoki ilmiy
tadqiqot institutlarida faoliyat olib boradigan ilmiy maktablar lokal darajani
aks ettiradi. Ilmiy maktabning paradigmal darajasi o‘z navbatida o‘z
etakchilariga ega bo‘lgan lokal darajadagi ilmiy maktablarning majmuini
tashkil qiladi. Ilmiy maktablarda bir yoki undan ortiq etakchilar bo‘lishi
mumkin. Ilmiy maktabda o‘ziga xos ilmiy innovasion mexanizmlar amal
qiladi, ularning paydo bo‘lishi doimo yangi g‘oyalarni amaliyotga joriy
qilishda shu g‘oyaga aks g‘oyani ilgari suruvchi opponentlar bilan kurashida
shakllanadi. Ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra yangi g‘oyalar ilgaridan qotib
qolgan eski g‘oyalardan amaliy ahamiyati bilan ustivorlik qiladi, ilmiy
maktab vakillarining shu g‘oyani himoya qilishi uning amaliyotga joriy
qilinishining garovidir.
Ilmiy maktablar tarixi haqida domlani slaydidanam sal
qo`shib qo`yish kere.
Dostları ilə paylaş: