Shayboniyxonnning qo'Iiga o ‘tishi, uning nafaqat tajribali sarkarda balki
yetuk davlat arbobi va aqlli siyosatchi ham ekanligini ko'rsatadi. 1501-yil
Toshkentga yurish qilib ko‘plab qal'alalami qo‘lga kiritadi. Shu yillarda
Shayboniyxon qo‘shinlari 0 ‘ratepa, Shosh, Shohruhiya, Sayramni
egallaydi. 1503-1504-yillarda
Xorazmga yurish qilib, 1505-yil Xorazmni
bosib olgan. 1507-yil Xurosonni bosib oladi. Shayboniyxon zamondoshlari
tomonidan «Xalifa ur-Rahmon» va «Imom az-zamon» deb ulug‘langan.
Shayboniyxon
Movarounnahr
va
Xurosonni
o ‘zbek
sultonlariga
“suyuorg‘ol” sifatida taqsimlab bergan edi. Keyin Shayboniyxon Eronni
zabt etishga intilgan jangda vafot etadi. Taxtga amakisi Ko'chkunchixon
o ‘tiradi (1510-1529). Undan keyin uning o ‘g ‘li Abu Saidxon (1529-1533)
o'tiradi.
Buxoro viloyati hukmdori Ubaydullaxon hokimiyatni qo‘lga oladi.
(1533-1539). Buxoro viloyati har tomonlama rivojlanadi. Poytaxt Samar-
qanddan Buxoroga ko‘chiriladi. Shundan so‘ng Shayboniyxon davlati
Buxoro xonligi deb atala boshladi. Shayboniylar davlatining so‘nggi vakili
Pirmuhammad ibn Sulaymon bo‘lgan 1601-yil Pirmuhammaddan keyin
Buxoro taxti Ashtarxoniy (Joniylar) qo‘liga o ‘tadi.
Shayboniylar davlatida jamiyat hayotida, davlat boshqaruvida tutgan
o ‘miga, mavqeiga qarab quyidagi bir necha ijtimoiy
tabaqalami ajratish
mumkin:
1. Oliy tabaqa, unga xon va uning yaqinlari, o ‘zbek sultonlari, yirik
saroy amaldorlari (vaziri-vuzaro) kirgan. Davlat boshqaruvini ana shu
ijtimoiy tabaqa amalga oshirgan.
2. Umaro-harbiy-ma’muriy amaldorlar, yirik sarkardalar,
viloyat
hokimlari, qo‘shin va qabila boshliqlari. Mahalliy boshqaruv ular qo‘lida
bo‘lgan;
3. Ulamolar-yirik din peshvolari, shayxlar, xojalar. Ular nafaqat diniy
balki dunyoviy boshqaruvda ham faol ishtirok etganlar.
4. Fuzalo. Jamiyat madaniy-ma'naviy hayotini aks ettirgan ijtimoiy
tabaqa olimlar, shoirlar va boshqalar.
5. Raiyat. Jamiyatda asosiy ishlab chiqaruvchi, moddiy boylik
yaratuvchi, xazinaga soliq to‘lovchi ijtimoiy tabaqa bo‘lib, ularga
do‘kondorlar, hunarmandlar, o ‘rtahol dehqonlar va chorvadorlar, yollanib
ishlaydigan aholi kirgan.
6. Qullar. Qullar asosan harbiy talonchilik
yurishlari paytida asirga
tushirilgan, o ‘lja qilib olingan kishilar tashkil etgan. Ma'lum haq evaziga
ular ozod bo‘lishi mumkin bo‘lgan. Qullar mehnatidan saroy da, yirik
amaldorlar va ulamolarni xo‘jaliklarida foydalanishgan.
no
Xonlik iqtisodining asosiy tarmoqlari qishloq xo‘jaligi (dehqonchilik
va
chorvachilik)
savdo-sotiq
va
hunarmandchilik
hisoblangan.
Shayboniylar davrida yer egaligining asosiy tarmoqlari mavjud edi.
1. Mulki sultoni - davlatga qarashli yerlar.
2. Mulki xolis- xususiy shaxslarga tegishli.
3. Vaqf -
diniy
mahkamalarga,
madrasa
va
masjidlarga,
qabristonlarga qarashli yerlar.
4. Qishloq jamoalari egalik qiladigan yerlar.
Mehnat qiladigan kishilaming asosiy qismi kambag‘al qishloq aholisi
bo‘lib, ular ijaraga olingan yerda dehqonchilik qilib kun kechirgan.
Manbalarda keltirilishicha, bu davrda bug‘doyning 10 xil navi, arpa,
jo ‘xori, mosh, no‘xot, makkajo‘xori va sabzavot,
poliz ekinlari, sholi,
paxta yetishtirilgan.
Dehqonchilik uchun qulay bo'lgan hosildor yer maydonlari bepoyon
yaylovlar xon va uning yaqinlari, yirik harbiy-ma'muriy amaldorlarga
qarashli edi. Bu davrda iqto, suyurg‘ol va tanho kabi xususiy yer egaligi
keng tarqalgan. harbiy-ma'muriy amaldorlarga yirik din peshvolariga
davlat oldidagi xizmatlari uchun beriladigan bunday yerlarda asosan,
yersiz kambag‘al dehqonlar yollanib ishlaganlar.
Chorvachilik qishloq-xo‘jaligida yetakchi tarmoq sifatida katta
ahamiyatga ega edi.
Yirik va mayda
tuyoqli hayvonlami boqish, yilqichilik, tuyachilik
ancha rivojlanadi. Yarim ko‘chmanchi hayot kechiruvchi o ‘zbek qabilalari
boshliqlari, yirik chorvador boylar, shuningdek, xon va saroy amaldorlari,
harbiy-ma'muriy mansabdorlar, din peshvolari tog‘ va tog‘ oldi
tumanlarida, dashtlarda katta-katta yaylovlarga ega boiganlar.
Dostları ilə paylaş: