To sh k en t d a V la t y ur idik institu ti


Shayboniylar davlatining markaziy va mahalliy boshqaruvi



Yüklə 153,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/63
tarix25.12.2023
ölçüsü153,71 Kb.
#194972
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63
O\'zbekiston davlati va huquqi tarihi. Xamidova M.

Shayboniylar davlatining markaziy va mahalliy boshqaruvi
Shayboniylar davlati o ‘z mohiyatiga ko‘ra yirik davlat bo‘lib, ohy 
hokimiyat cheklanmaga huquqlarga ega bo‘lgan davlat boshlig‘i xon 
tomonidan boshqarilgan. Xonlikning siyosiy tizimida, boshqaruvida Amir 
Temur va temuriylar davrida qaror topgan tartib qoidalar, xususiyatlar 
bilan birga ko‘chmanchi o ‘zbeklar davlatiga xos an'analar ham mavjud edi. 
Davlat boshqaruvida islomiy shariat va odat qonun qoidalariga amal 
qilingan. Davlatni boshqarishda xon saroyidagi oliy darajadagi 
amaldorlardan tashkil topgan markaziy boshqaruv va viloyat hokimlari 
qo‘lidagi mahalliy boshqaruv asosiy o ‘rin tutib, ular mamlakatning 
amaldagi haqiqiy egalari edilar.
i l l


Ular yordamida, bevosita ishtirokida xon ma'muriy boshqaruvni 
amalga oshirardi.
Markaziy boshqaruv davlatning ichki va tashqi hayotiga bog‘liq 
barcha masalalami hal qiladigan dargoh-saroy devonida jamlangan edi. 
Davlatning oliy darajali amaldorlari a'zo bo‘lgan va odatda bosh vazir 
tomonidan 
boshqariladigan 
bu 
mahkama 
mamlakatning 
siyosiy, 
moliyaviy, harbiy tashkiliy va boshqa masalalami ko‘rib chiqar edi. Bu 
yerda qabul qilingan qarorlar xonning tasdiqi bilangina kuchga kirar va 
hayotga joriy etilardi.
Ko‘kaldosh, otaliq, naqib, vaziri a'zam, vazir, devonbegi va boshqa 
oliy darajali saroy amaldorlari, no‘yon, tug‘begi, kutvol, dorug‘a, 
qurchiboshi va boshqa harbiy amaldorlaming fikri va manfaatlari ham 
qarorlar qabul qilinishida katta ahamiyatga ega edi.
Davlat boshqaruvida harbiy-ma'muriy amaldorlardan tashqari
ulamolar, din peshvolari, shayxlar va xojalaming, aynan Shayx ul-islom, 
qozi kalon, Mufti kabi diniy mansab egalarining ham ta'siri katta bo‘lgan. 
Bu davrda ayniqsa, Buxoro yaqinidagi Jo‘ybor qishlog‘idan chiqqan 
xojalaming mavqei juda oshib ketdi.
Mahalliy boshqaruv viloyat hokimlari qo‘lida bo‘lib, ular ham o ‘z 
boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan. Unga qo‘shinga boshchilik qiladigan, 
shariat qonunlarining to ‘g ‘ri bajarilishini nazorat qiladigan, aholidan 
soliqlami yig‘ib oladigan amaldorlar (rais)lar kirgan. Viloyatlar o ‘z 
navbatida kichik ma'muriy birliklar: tuman, kasaba va mavzelarga bo‘linib 
idora qilingan.
Mahalliy boshqaruvning eng quyi bo‘g ‘ini oqsoqol (kalon taron) 
tomonidan boshqariladigan qishloq jamoalari edi.
Xonlik viloyat (ulus)ga bo‘lib boshqarilgan. Manbalarda Samarqand, 
Qarshi, Shahrisabz, Xisor, Balx, Termiz, Karmana, Qorako‘l, Miyonkol, 
Shosh, Turkiston, Farg‘ona, 0 ‘ratepa, Marv kabi viloyatlardan tashkil 
topganligi ko‘rsatilgan. Viloyat hokimlari xon tomonidan tayinlangan. 
Odatda bunday yuksak mavqega xonning yaqin va ishonchli kishilari, 
qarindoshlari, yirik qabila boshliqlari, harbiy yurishlarda o ‘zini ko‘rsatgan 
o ‘zbek sultonlari muyassar bo‘lgan. Xonlikni chegaralari doimiy bo‘lmay 
tez-tez o ‘zgarib, kengayib yoki qisqarib turgan.

Yüklə 153,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin