hududi ancha kengayib, davlat tarkibiga
Janubiy Tojikiston, Afg‘oniston
va Kashmir yerlari qo‘shib olingan.
Podsho Kanishka hukmronlik qilgan davrlarda Kushon davlati ulkan
saltanatga aylandi. Uning hududi Surxon vohasi, Janubiy Tojikiston,
Afg‘oniston, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston hududlarini o ‘z
ichiga olib, poytaxt Peshovarga ko‘chirilgan. Mamlakat mustahkam
mudofaa devorlari bilan o ‘ralgan, harbiy tayanch nuqta sifatida davlat
chegaralari barpo etilgan.
Kushonlaming ilk tangalarining bir tomonida Yunon-Baqtriyaning
so‘nggi podshosi Germay tasviri ikkinchi tomonida esa «Kushonlar»
yog‘busi Kujula Kadfiz degan so‘zlar borligi aniqlangan. Kushon
davlatining hududi kengayishi va uning siyosiy-harbiy ahamiyati o ‘sib
borishi bilan birga tanga pullarda “shoh”, “shohlar shohi” atamasi ishlatila
boshlaydi.
Podsho Kanishka I o ‘zidan oldingi davlatni boshqaruv an'analarini
saqlab qoldi va davom ettirdi. Viloyat va
shaharlar noiblar tomonidan
boshqarildi. Bunday noiblar podsho tomonidan tayinlanib, uning eng yaqin
va ishonchli vakillari hisoblangan. Kushonlar davrida mahalliy hukmdorlar
davlat xazinasiga o ‘lponlar to‘lab turganlar.
Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashgan Kushon davlati gullab yashnadi.
Yangi shaharlar bunyod etilgan, ko'plab sug‘orish inshootlari qurilib,
yangi yerlar o ‘zlashtirilgan.
Shahar qurilishida aniq binokorlik qoidalari amalga oshirilgan.
Shaharlar to‘g ‘ri burchakli bo‘lib, qalin devorlar bilan o ‘ralgan. Shahar
tuzilishiga ko‘ra, bir necha qismlarga bo‘lingan: hokim saroyi (qal'a),
hunarmandchilik ustaxonasi, guzarlar, alohida
ibodatxonalar joylashgan
qismi, savdo maydonlari. Kushon podsholigi iqtisodiyotining asosini
sug‘orma dehqonchilik, savdo va hunarmandchilik tashkil qilgan.
Hindiston, Xitoy va Rim bilan savdo va elchilik munosabatlari
o ‘matilgan. Xitoydan ipak, turli gazlama va chinnilar olib kelinib, ularga
esa temirdan va fil
suyagidan yasalgan buyumlar, jun, gazlama,
qimmatbaho toshlar olib borilgan.
0 ‘zbekistonda qadimgi mahalliy davlatchilik tarixi, Qang‘, Dovon
davlatlari rivoji bilan uzviy bog‘lanadi,
Xitoy manbalariga ko‘ra, eramizdan avvalgi П1 asming boshlarida
So‘g ‘diyona, Xorazm, Sirdaryoning quyi va o ‘rta oqimlari hozirgi
0 ‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, janubiy Qozog‘iston yerlarini o ‘z ichiga
olgan qudratli Qang‘ (Xitoy manbalarida Kangyuy) davlati bo‘lgan.
16
Milloddan avvalgi II va millodiy I asrda Qang‘
davlatining hududi
ancha kengayib, Toshkent vohasi, 0 ‘rta Sirdaryo yerlari, Talas vodiysi va
Chu daryosining quyi oqimidagi yerlarni o ‘z ichiga olgan. Uning ikkita
poytaxti bolgan Qang'diz (Oqqo‘rg‘on tumani) va O'tror Qang‘
hukmdorlari ularning birida yozni, ikkinchisida esa qishni o ‘tkazgan.
Ma'lumotlar Qang‘ davlatining dastlab 90-120 minggacha kamonchi
askari bo‘lganligidan dalolat beradi. Eramizning
I va II asrlariga kelib
Qang‘ davlati tarkibiga Samarqand, Maymurg*, Ishtixon kirgan. Xorazm
Qang‘ davlatlari uyushmasida bo‘lgan davrda qal'alar, mudofaa
istehkomlari qurilishi nihoyatda rivojlangan harbiy sohada og‘ir
qurollangan otliq askarlar asosiy qismni tashkil qilgan.
Qang‘ davlatiga noiblar tomonidan boshqariladigan beshta mulk
bo'ysundirilgan. Ular Susey, Fuliz, Yunis, Gis, Yuyegyan kabilaridir.
Davlat boshida Qang‘ hoqonlari turib,
uning huzurida maslahat
beruvchi oqsoqollar kengashi mavjud bo‘lgan. Qang‘lar davlati vilo-
yatlarga bo‘linib, ularni jabg‘ular boshqargan. Bu davlatda ko‘chmanchi
chorvador, zadogonlarning mavqei katta bo‘lgan.
Taxminan eramizdan avvalgi III asrda paydo bo‘lgan davlat Dovon
davlatidir. Tarixiy Xitoy manbalarida ko‘rsatilishicha, Та Yuan (Da Van)
“Da” -katta “Van” - podsho degan ma'noni anglatadi.
Bu davlat tarkibiga 70 ta katta-kichik shaharlar kirganligi, aho-
lisining soni bir necha yuz mingga yetganligi va 300 ming aholisi
bo‘lganligi ma’lum. Davlatning poytaxti Ershi shahri bo‘lib, davlatni Van
va uning ikki o ‘rinbosari boshqargan. Podsho
davlatni ana shu shaxslarga
tayanib idora etgan. Uning huzurida oqsoqollar kengashi mavjud bo‘lib,
urush va tinchlik masalalarini, hatto podsholarning taqdirini hal qilish
huquqiga ega bo‘lgan. Bu esa demokratiya ancha muhim ahamiyat kasb
etganidan dalolat beradi. Dovon shaharlari hokimlar tomonidan bosh-
qarilgan.
Dovon davlatining aholisi dehqonchilik bilan shug‘ullangan.
Qadimgi Farg‘ona qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik va binokorlik
yuksak darajada rivojlangan o ‘lka bo‘lgan.
Dovon dehqonlari arpa, sholi,
bug'doy va beda yetishtirish, bog‘dorchilik va uzum yetishtirishda katta
yutuqlarga erishgan.
Farg‘ona o ‘zining «samoviy» otlar zoti bilan mashhur bo‘lgan.
Ularga hatto Xitoy imperatorlari ham qiziqqan.
Dovon davlati Xitoy, Hindiston va boshqa Sharq mamlakatlari bilan
bo‘lgan xalqaro savdoda muhim o ‘rin tutgan.
Dostları ilə paylaş: