Tarixiylik metodi - davlat va huquqning kelib chiqishi va uning
rivojlanib borishi aniq vaqtini, davrini bilish usulidir. Har bir davlat
huquqiy hodisani tarixiy nuqtai nazardan aniq tajribaga asoslanib
o ‘rganadi. Tarixiylik usulining o ‘ziga xos xususiyati
tarixiy harakatni
uning butun boyligi bilan payqab olishga intilishidir. Umuman olganda
tarixiy metod - davlat va huquqning tarixiy rivojlanishidagi turli
bosqichlarni xronologik izchilikda o ‘rganishni taqozo etadi.
Mantiqiylik usuli predmetning nazariy shaklda tadqiq qilish usuli
hisoblanadi. U tadqiqot obyektining eng muhim aloqalarini bilib olishga
imkon beradi.
Mantiqiy bilish usuli davlat va huquqning tarixan obyektiv real
mavjudligini, ulaming o ‘zaro aloqalarining turli
tumanligini aks ettirish
vazifasini bajaradi.
Mantiqiy metod - davlat va huquq obyektining mohiyatini, asosiy
mazmunini nazariy shaklda, abstraksiyalar, mantiq qonuniyatlari asosida
o'rganadi.
0 ‘zbekiston davlati va huquqi tarixi kursi
xronologik izchillikda
davrlarga bo‘lingan. Insoniyat jamiyati taraqqiyoti qadimgi, o ‘rta asrlar,
yangi davr va eng yangi davrlarga bo‘lib o'rganilgan. Ushbu davrlaming
har biri davlat va huquqning rivojlanishidagi alohida tarixiy bosqich
hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, 0 ‘zbekiston davlati va huquqi
tarixi fanini quyidagi davrlarga bo‘lib o ‘rganish mumkin:
1. Qadimgi Turon davlati va huquqining paydo bolishidan to o ‘rta
asrlargacha ya'ni (VI-XIII asrlar)
2. 0 ‘rta asarlarda Movarounnahrda davlat va huquq (XIII asrgacha)
3. Markazlashgan
davlatning tashkil topishi, ya'ni Temur va temuriylar
davlati va huquqi (XIV asr o ‘rtalari XV asr)
4. Movarounnahr va Xuroson davlati va huquqi. Xonliklarning tashkil
topishi (XV-XIX asming I yarmi)
5. Chor Rossiyasi davrida Turkiston davlati va huquqi, mustaqillik
yillarida O ‘zbekiston davlati va huquqi tarixi.
O'quv kursi davlat va huquq tarixi masalalariga quyidagi tizim
asosida yondoshiladi: a) o ‘matilayotgan davlatning tashkil topishi, ijtimoiy
tuzumi,
davlat tuzumi, davlatning tipi, boshqarish shakli, armiyasi,
politsiyasi, sud tuzilishi va mahalliy hokimiyati, boshqaruv organlari,
huquqning asosiy manbalari, sohalari va institutlari.
Ayrim
adabiyotlarda, ayrim olimlarning fikriga ko‘ra, 0 ‘zbekiston
davlat va huquqi tarixini davrlarga bo‘lish ko‘p yoki kamligi uchrab turadi.
9
Ammo bu davrlarning yirikroq yoki maydalashishi fanning asosiy
mazmuniga ta'sir qilmaydi.
Mazkur fanning asosiy manbalari: “Avesto”, “So‘g ‘d” hujjatlari,
klassik tarixchi olimlar asarlari, “Qur'oni Karim”, “Hadislar” to ‘plami,
“Zafarnoma”lar, sud-notarial , vaqf, savdo, yer va boshqa huquqiy hujjat-
lar, “Temur tuzuklari”, turli davrlarda qabul qilingan turli “Nizom”lar,
TASSR, XXSR, BXSSR Konstitutsiyalari, 1927, 1937, 1978-yillardagi
konstitutsiyalar,
shuningdek, Mustaqillik asoslari to ‘g ‘risidagi qonun,
1992-yildagi Konstitusiya hamda shu yillarda qabul qilingan huquq
institutlarining amaldagi qator qonunlari va ayniqsa, yurtboshimizning
nufuzli anjumanlarda o ‘zbek davlatchiligi va tarixiga oid qator ma'ruzalari,
hamda asarlari kiradi.
Dostları ilə paylaş: