Ekarbit
- suyuqlantirib qoplanadigan polimer bitum rubiroid bo‘lib,
tomga yopiladigan kartonga yumshoq neft bitumi bilan shimdirish va
keyinchalik ikkala tomoniga qoplama qatlam surish yo‘Ii bilan olinadi.
Qoplamalar tarkibiga bitum, butilkauchuk, moy v a to ‘ldirgich kiradi.
Ekarbitning temperaturaga chidamliligi taxminan 70 °S,
suv shimishi
esa ko‘pi bilan 40 g/m2. Ekarbit suyuqlantirilib qoplanadigan ruberoid kabi
yopishtiriladi.
Shisha ruberoid
- tomga yopiladigan va gidroizolyatsion rulon
materialdir. U shisha tolali matoga ikkala tomondan bitumli bog‘lovchi
surtish yo‘li bilan olinadi. Sepma turi
va vazifasiga qarab shisha
ruberoidning quyidagi markalari ishlab chiqariladi: C-PK (yirik donador
sepmali), C-Р Ч (tangachasimon sepmali) va C-PM (mayda donador sepmali
gidroizolyasion). Polotno eni 960 va 1000 mm.
boMganda shisha ruberoid
rulonining yuzasi taxminan 10m. bo‘ladi. Bu material tomga to‘shama
to‘shashda va yelimlanadigan gidroizolyatsiyali shaklda ishlatiladi.
Pergamin -
neft bitumlari shimdirilgan karton asosida tayyorlanadigan
tomga yopiladigan rulon materialdir. Pergamin ruberoiddan farqli o iaroq
qoplama bitum qatlami va sepmaga ega bo'lmaydi.
Pergamin ikkita: P-300vaP-350 markali rulonlar shaklida chiqariladi.
Polotnosining eni 1000, 1025 va 1050 mm. rulon yuzasi 20 yoki 40
m2. Pergamin ruberoid qaynoq mastikalarga yotqizilganda uning ostiga
qo‘yiladigan taglik
sifatida, shuningdek, bug‘dan
izolyatsiyalash uchun
ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: