1500 kg/m3, issiqlik o ‘tkazuvchanligi 0,1 W/(m.°S), eng yuqori ishchi
harorat 500°S.
14.17-rasm. Asbest-qog‘oz.
Asbest-kanop - diametri 0,75-55 mm. li bir nechta eshilgan iplardan
tayyorlanadi. Asbest-kanoplar kichik diametrli truboprovodlar (89 mm.
gacha) ishchi harorat 500°S gacha issiqlik izolyatsiyasi uchun ishlatiladi.
Asbest-mato - asbest iplaridan to‘qish stanoklari yordamida olinadi
va uzunligi 25 m. gacha, eni 1 m., qalinligi 1,4-3,5 mm bir en mato
ko‘rinishida o‘rama material sifatida ishlab chiqariladi. Asbestmatoning
o ‘rtacha zichligi 600 kg/m3, issiqlik o ‘tkazuvchanligi 0,1 W/(m.°S).
Asbestmato kichik diametrli quvurlar issiqlik izolyatsiyasi uchun
ishlatiladi. Asbest-matoning yuzasi parisuna bilan qoplanadi.
Asbest-to‘shaklar-asbest-m atodan tikilib, ichiga IIM (mineral yoki
shishapaxtalar, tolali asbest) to'Idirilgan to‘shak ko‘rinishida tayyorlanadi.
To‘shaklar uzunligi 8-10 m., qalinligi 30 - 50 mm., eni talabga ko‘ra
boMadi. Asbest-to‘shakning o ‘rtacha zichligi 300 - 400 kg/m3, issiqlik
o ‘tkazuvchanligi 0,09-0,11 W/(m.°S).
Dostları ilə paylaş: