yaqin joyda harorat past bo‘ladi, bu holat «sovuq devor aktivligi» deyiladi.
Hozirda ikki tipda - kichik emissiyali oyna qoplamasi ishlatiladi: К -
shisha - «qattiq» qoplamali va
i -
shisha - «yumshoq» qoplamali. Yumshoq
qoplamali oynalar yuqori samarali bo‘lib, narxi arzon. Kichik emissiyali
oynalarni dunyoda bir necha kompaniyalar ishlab chiqaradi. Ulaming
ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab bo‘lib, ishlab chiqaruvchidan
yuqori m ahorat talab qiladi. Ishlab chiqaruvchilar orasida Glaverbel
kompaniyasi mashhur. Ushbu kompaniya ishlab chiqarayotgan yumshoq
qoplamali kichik emissiyali deraza oynalari - shisha paketlar uchun
mo‘ljallangan issiq tejamkor, shaffof va nur o ‘tkazuvchi paketlar uchun
mo‘ljallangan. «Planibel top N» va «Planibel Ton NT» (toblash mumkin),
«Energy N» va «Energy NT-neytral», qish-yoz mavsumlarida xonalarda
mo‘tadil haroratni ta’minlovchi hamda energiyatejamkor xossalarga ega
bo‘lgan «Sunergi» va «Stopray» arxitektura oynalari kiradi.
Kichik emissiyali shishapaketlar ikki va ko‘p kamerali oddiy shisha
paketlardan afzaldir. Ular ikki kamerali shishapaketlarga nisbatan 20 foiz
issiqlik tejamkor hisoblanadi.
Bunday oynalar yoz kunlari quyosh nurini qaytaradi, chunki nurni
qaytarish faolligi ikki tomonlama bo‘ladi, natijada xonada salqin havo
saqlanadi. Bir kamerali energiyatejamkor shisha-paketda rezonans holati
kuzatilmaydi, ushbu holat ikki va ko‘p kamerali shishapaketlarda ro‘y
beradi. Kichik emissiyali shishapaketlar tashqi oynalarda ishlatilsa ham
shovqindan izolyatsiya qiladi. Oddiy hollarda, odatdagi 4 mm. oyna
o ‘miga 6 mm., hatto, 8 mm. oyna ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: