V BOB. M INERAL BOG‘LOVCHI M ATERIALLAR
5.1. Umumiy ma’lumotlar
Mineral (noorganik) bogMovchilar kukunsimon bo‘lib, suv bilan
aralashtirilganda plastik qorishm a hosil b o'lad i va fizik-kimyoviy
jarayonlar natijasida sun’iy toshsimon materialga aylanadi.
Mineral bog‘lovchilar strukturasi va qotish mexanizmiga ko‘ra
havoyi hamda gidravlik turlariga boMinadi. Havoyi bog‘lovchilar
qotish jarayoni, mustahkamligi ortishi faqat havoda yuz beradi. Havoyi
bog‘lovchilarga havoyi ohak, gips, magnezial, suyuq shisha va shu kabilar
kiradi. Gidravlik bogMovchilar qotish jarayoni boshlanishi havoda yuz
berib, suv yoki o ‘ta nam sharoitda davom etadi va mustahkamligi ortadi.
Gidravlik bogiovchilarga gidravlik ohak, romansement, portlandsement
va uning turlari, giltuproqli sement, pussolanli va shlakli portlansementlar,
kirishmaydigan va kengayuvchan sement va shu kabilar kiradi.
Mineral bog‘lovchilar xossalarini yaxshilash uchun tarkibiga aktiv
mineral qo‘shimchalar - trepel, opoka, diatomit, pemza, gliyej, vulqon tufi
va kuli hamda toshko‘mir kuli, shlaklar va shu kabilar qo‘shiladi. Mineral
bog‘lovchilar asosida g‘isht, tosh terish va suvoqchilik qorishmalari, beton
va temirbeton buyum va konstruksiyalar, armosement konstruksiyalar,
avtoklav buyumlar, yelimlovchi va bo‘yoq kompozitsiyalar va boshqa
mahsulotlar tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: