Gidrat ohak (kipelka) 60-70 foiz suv aralashtirilganda hosil bo‘ladi.
Bunda ohak hajmi 200-300 foiz ortadi. Hosil bo‘lgan gidral ohak Ca(OH)2
ning juda mayda zarrachalaridan iborat oq rangli kukundir. Uning erkin
holatdagi o ‘rtacha zichligi 400—450 kg/m3, zichlangan holatdagi o‘rtacha
zichligi esa 500 - 700 kg/m3.
Gidrat ohagi to‘xtovsiz ishlaydigan gidratorlarda so‘ndiriladi, bunda
hosil bo‘lgan katta issiqlik va suv bug‘i bo‘lak holatdagi ohakning kukun
ohakka aylanishiga olib keladi.
Ohak qorishmasi ohak kipelkaga massasiga nisbatan 200-300 foiz
suv qo‘shib tayyorlanadi. Bunda so ‘ndirilgan ohakning massasi 2-2,5
mart a ortadi va mahsulot hajmi ko‘payadi. Ohak kipelka massasiga ko‘ra
suv miqdori 300 foizdan ko‘proq qo‘shilsa, ohak suti hosil bo‘ladi. Ohak
qorishmasi to‘la mexanizatsiyalashgan maxsus qorishmalar tayyorlaydigan
sexlarda ohak so‘ndiruvchi mashinalarda bo‘lak holatdagi ohak so‘ndirib
olinadi. Bu usulda ohak so‘ndirilganda ohak qorishmasining sifati yuqori
bo‘ladi va so ‘ndirish jarayoni tezlashadi.
S.l-rasm . Shaxtali xumdon.
1. shaxta; 2. yuklash qurilmasi; 3. qizdirish zonasi;
4.
kuydirish zonasi: S. sovitish zonasi: 6. havo
beriladigan greben; 7. kuydirilgan ohakni chiqarib
Dostları ilə paylaş: