mCa(OH)2+S iO ^ + n H 20 + (0,8-15)CaC>Si02pH20
Ca(OH)2 biriktirilishi sement toshi korroziyasini ogohlantiradi va
mustahkamlikni oshiradi. U normal sharoitda
oddiy sementga nisbatan
sekin qotadi. Bu turdagi sement asosidagi betonlar nam va suvli sharoitlarda
ishlatilganda gidrat birikmalaridan suvning bug‘lanishi hisobiga kirishadi
va qisman mustahkamligini yo‘qotadi.
Shlakli portion dsement (ShPS)
- klinker bilan donali domna yoki
elektrotermofosfor shlakiga gips qo‘shib tuyib olinadi.
Shlakli portland
sement tarkibida domna shlaki 20-80 foiz (massa bo‘yicha) bo‘ladi. Shlak
o ‘miga 10 foizgacha aktiv mineral qo‘shimchalar ishlatilishi mumkin.
Domna shlakining oksid tarkibi (%): 30-50 CaO; 28-30 SiOz; 8-24 A120 3;
1-3 MnO. Ularning umumiy miqdori 90-95 foiz. Shlakning gidravlik
aktivligi sifat koeffltsiyenti bilan aniqlanadi:
%CaO + %MgO + %A120 3
“
% Si02 + % T i0 2
Sifat koeffitsiyentiga qarab shlaklar 3 navga bo‘linadi. Shlaklar
Ca(OH)2 bilan gidrosilikatlami (C a0Si0/2,5H ,0) va gidroaluminatlami
(2C a0A l,03-8H20 ) hosil qiladi. ShPS gidratatsiyasi
davrida issiqlikning
kam ajrab chiqishi ular asosida massiv tem irbeton konstruksiyalar
tayyorlashda asqotadi. ShPS birinchi
sutkalarda sekin qotadi, ayniqsa,
past haroratli muhitda. Shlakli portlandsement 300,- 400, 500 markalarda
ishlab chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: