Ammo giltuproqli sement kislotalar va ishqorlarga chidamsiz bo‘lgani
uchun oddiy sement va ohak bilan aralashtirib ishlatilmaydi.
U maxsus joylarda, tez qotish zarurati bo‘lganda va yuqori haroratga
chidamli qorishmalar va betonlar olishda ishlatiladi.
Kengayuvchan va kirishmaydigan sementlar.
Kengayuvchan sement
ko‘p komponentli bo‘lib, aktiv komponent 3Ca0-Al20 3-3CaS04-32H20 .
Kengayuvchan sement giltuproqli sement (70 foiz). gips (20 foiz) va
yuqori tartibli kalsiy gidroaluminati (10 foiz)
kukun holda aralashtirilib
olinadi. Bu turi tez qotadi va suv muhitiga chidamli bo‘ladi.
Gipsgiltuproqli kengayuvchan sement yuqori giltuproqli klinker yoki
shlak va tabiiy gipsni aralashtirib maydalab yoki avval maydalab keyin
aralashtirib olinadi. U suvda kengayadi, quruq sharoitda kirishmaydi.
Kengayuvchan portland sement (KPS) klinker 58-63 foiz, giltuproqli
klinker (shlak) - 5-7 foiz, gips -7 -1 0 foiz, aktiv mineral qo‘shimchalar
-2 3 -2 8 foiz komponentlami birgalikda maydalab, tuyib olinadi.
KPS dan
tavyorlangan sement toshi yuqori zichlik va mustahkamlikka ega bo‘lib,
bug1 bilan qisqa vaqt ishlanganda tez qotadi. KPS suvli sharoitda 3 sutka
davomida kengayadi.
Dostları ilə paylaş: