А.Е. ODILXO'JAYEV
|11П11ЦЯ«Я||
TO SH K ENT TE M IR Y O ‘L M U H A N D IS L A R IIN S T IT U T I
*
4
A .E. O D IL X O ‘JAYEV
QURILISH
MATERIALLARI
5340200 - «Bino va inshootlar qurilishi» (tem iryo ‘liar),
5340200 - Bino va inshootlar qurilishi (tem iryo
7
binolari),
5340400
-
«Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji
ftem iryo
7
transportida suv ta ’minoti va kanalizatsiya tizimlari).»
5340600 - «Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi
(tem iryo ‘liar).» t a ’lim y o ‘nalishlari uchun
о ‘quv qo ‘llanma
0 ‘ ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
« 0 ‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi»
nashriyot-matbaa birlashmasi
Toshkent - 2020
UO‘K: 691(075.8)
КВК: 38.3уа73
А31
Adilxodjayev,
A.I.
Qurilish material lari [Matn]: o‘quv qo‘Ilanma/A.I. Adilxodjayev. -Toshkent:
« 0 ‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi» nashriyot-matbaa birlashmasi, 2020. -
256 b.
UO‘K: 691(075.8)
KBK: 38.3ya73
M a ’sul muharrir:
texnikafanlari doktori, professor
Odilxo‘jayev A.E.
Taqrizchilar:
Maxamataliyev
I.M.
— «Bino va sanoat inshootlari qurilishi»
kafedrasi professori, t.f.d. ToshTYMI.
Narov R.A. - «Qurilish jarayonlari va texnologiyasi»
kafedrasi professori, t.f.n. TAQI.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada ilg‘or xorijiy adabiyotlardan foydalanilgan
holda bino va inshootlar qurilishida keng qo‘llaniladigan qurilish materiallari
- mineral va polimer bog‘lovchilar, ular asosida tayyorlanadigan betonlar,
qorishmalar, kompozitsion materiallar hamda tabiiy tosh materiallari, yog‘ochlar,
metall buyumlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berilgan. Shuningdek,
binolar qurilishida muhim ahamiyat kasb etuvchi energiya samarali issiqlik
izolyatsiyalovchi materiallar haqida tahliliy raa’ lumotlar yoritilgan.
Ushbu o‘quv qo'llanma qurilish sohasidagi barcha bakalavriat ta’lim
yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan ushbu soha muhandis-texnik
xodimlari ham foydalanishlari mumkin.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qurilish sohasi
ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun o‘quv qoMlanma sifatida tavsiya etilgan.
О ‘quv qo ‘llanma О ‘zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim va-
zirligining 2020-yil 30-iyundagi 359-sonli buyrug 'iga asosan nashr etishga rux-
sat berilgan.
ISBN 978-9943-6713-3-1
© « 0 ‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi»
nashriyot matbaa birlashmasi, 2020.
KIRISH
»
0 ‘zbekiston Resnublikasida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning
qabul qilinishi ta’lim tftimini qayta isloh etishni taqozo etadi. Shuningdek,
Respublikamiz qurilish kompleksiga yuqori malakali yosh kadrlarni
yetkazib berish bugungi kunning dolzarb masalasidir. Ma’lumki, qurilish
industriyasini rivojlantirish, ya’ni yangi qurilish materiallari, buyumlari va
konstruksiyalami ishlab chiqarish bilan qurilish tizimini tubdan o‘zgartirish
mumkin.
«Qurilish materiallari» kursi quruvchi-muhandislami tayyorlash o‘quv
rejasida arxitektura, qurilish konstruksiyalari, metall konstruksiyalari,
qurilish jarayonlari texnologiyasi, bino va inshootlarni barpo etish
texnologiyasi, qurilishni tashkil etish va qurilish iqtisodiyoti fanlari uchun
bazaviy hisoblanadi.
Matn qurilish sohasidagi ilmiy-texnik progresning asosiy yo‘nalishlari-
ni hisobga olgan holda bayon qilingan. Atrof-muhitni muhofazalash,
yoqilg‘i-energetik resurslami tejash va ikkilamchi mahsulotlami qo‘llash
kabi qo‘yilgan vazifalarga mos ravishda sanoat chiqindilarining qo‘llanili-
shi, shuningdek, qurilish materiallrini ishlab chiqarishda moddiy va mehnat
resurslarini tejash, yoqilg‘i va energiya xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha
chora-tadbirlar keng yoritilgan.
0 ‘quv qo‘llanma, bo‘lajak mutaxassis an’anaviy va yangi qurilish
materiallarini juda keng nomenklaturasining qo ‘llanilish sohasidagi
murakkab vazifalarni mustaqil yechishi uchun uslubiy jihatdan qulay
tuzilgan. Shuning uchun undagi materiallaming yoritilishi, material ichki
tuzilishining va uni xossalarining umumiy bog‘liqligi bayon qilingan.
Qurilish materiallarining sifati doim uning tuzilmasi bilan aniqlanadi.
Shuning uchun, m aterialni oldindan berilgan xossalari bilan olish
uchun, uning oldindan berilgan texnik xarakteristikasiga javob beruvchi
tuzilmasini yaratish lozim. Bunday uslubiy asosda turli xil noorganik va
organik qurilish materiallarini o‘rganish birlashtirilgan.
Qurilish materialshunosligi o ‘ziga xos tarixga ega. Eng qadimgi va
juda keng tarqalgan giltuproq asosidagi qurilish materiallari insoniyat
tarixining ilk davridayoq ishlatilgan. Giltuproqdan pishirilgan g‘isht ishlab
chiqarish tarixi 5 - 6 ming yilga teng.
В ino va inshootlarni tabiiy tosh materiallaridan qurish antik dunyo tarixi
bilan bogiangan. Misr piramidalari, Buyuk Xitoy devori, Rim Kolizeyi
bunga yaqqol misol bo‘ladi. Tabiiy toshlarni maydalab, pishirib ohak,
ganch, gips va sh.k. mineral bog‘lovchilar ishlab chiqarish texnologiyasi
bir necha ming yil avval yaratilgan. Shahrisabz, Samarqand, Buxoro,
Xiva, Toshkent kabi tarixiy shaharlarimiz qurilishiga nazar tashlasak,
shoh saroylari, madrasava masjidlar, qal’a devorlari, suv inshootlari tabiiy
toshlardan, pishiq g ‘ishtdan bo‘lgan qorishmalar asosida terilib, barpo
etilganini ko‘ramiz. Qadimdan qurilishda yog‘och materiallar sifatida
eman, qarag‘ay, pixta, qayin, dub, buk, yasen, Markaziy Osiyoda esa terak,
qayrag‘och, archa, yong‘oq, tut va tol kabilar ishlatilgan.
Qurilish materiallari tarixida portlandsement va u asosida betonlar
alohida o‘rin tutadi. Mahalliy xomashyo va ikkilamchi resurslar asosida
ekologik toza qurilish materiallari ishlab chiqarish qurilish industriyasining
asosiy vazifasi hisoblanadi.
Qurilish materialshunosligining dolzarb masalalariga yuqori sifatli,
tannarxi arzon, mustahkam, umrboqiy, mahalliy xomashyo zaminida ishlab
chiqarilgan ekologik buyumlar, qismlar, konstruksiyalarni tayyorlash va
ishlatish sohalarini belgilash kiradi. 0 ‘zbekistonda ishlab chiqarilgan
energiyaning 50 foizi yoki yiliga 17 million tonna neft ekvivalenti aynan
binolaming energiya iste’moliga to‘g‘ri keladi. Shunga mutanosib ravishda
pamik gazlarining 40 foizi binolarga xos jarayonlardir. Bu soha 0 ‘zR
«Davarxitektqurilish» qo‘mitasi, BMT ning rivojlantirish Dasturi va
Global ekologik fond bilan hamkorlikda binolar energiya samaradorligi
muammolari sohasida ustuvor dasturlami bajarmoqda.
Ushbu muammoning asosiy yechimi issiqlik izolyatsiyasi materiallarini
takomillashtirish, issiqlik-fizik xossalarini keskin yaxshilash, yangi turlarini
ishlab chiqarishdir. Qurilish materiallari ishlab chiqishda kam energiya
sarflash ham energiyani tejashning asosiy omili hisoblanadi.
Global muammoning yechimida bo‘lajak arxitektor va quruvchilaming
talabalik davridan e ’tiboran energiya samarador loyihalar yaratishga
yo‘naltirish yaxshi natijalar beradi.
Qurilish materiallari va buyumlariga qo‘yiladigan talablar davlat
standartlarida (Dst), texnik shartlarda (Tsh), va boshqa me’yoriy hujjatlarda
qayd etilgan. Standartlarda qurilish materiali haqidagi asosiy ma’lumotlar
keltiriladi.
Qurilish m e’yor va qoidalari (QMQ) quruvchilar uchun rasmiy
hujjat hisoblanadi, unda unda asosiy qurilish materiallarining turlari
va o ‘lchamlari, sifatiga qo ‘yiladigan talablar, qurilayotgan bino yoki
inshootdan foydalanish sharoitlariga qarab materiallar tanlash va ishlatish
bo‘yicha ko‘satmalar beriladi.
4
Dostları ilə paylaş: |