Toshib chiqqan magmatik jinslar (bazalt, andezit, diabaz, porfir va
shu kabilar) yer yuzida tezlik bilan sovishi natijasida tola kristallanmagan
bo‘ladi. Sovlsh davrida gazsimon moddalarning ajrab chiqishi g ‘ovak
toshlami (pemza, tuf) hosil qiladi.
Magmatik jiftslarni hosil qiluvchi
asosiy minerallarga kvars, dala
shpatlari, temir-m%nezialli silikatlar kiradi.
2.1-jadval
Tog‘ jinslarining genetik tasniflanishi
Mag
matik
jinslar
Massiv
Chuquriikdagi
Granit, siyenit, diorit,
gabbro
Toshib chiqqan
Porfir, kvars, diabaz, traxit,
porfirit, andezit
Bo‘laklan-
gan (otilib
chiqqan)
Sochiluvchan
Vulqon kuli, pemza
Sementlangan
Vulqon tufi
Cho‘kin-
di jinslar
Mexanik
cho‘kindilar
Sochiluvchan
sementlangan
Giltuproq, qum, shag’al.
qumtosh, konglomerat,
brekchiya
Kimyoviy
cho‘kindilar
Gips, angidrit, magnezit,
dolomit, ohaktufi, ohaktosh
Orgonogen
cho‘kindilar
Chig’anoqli ohaktosh, mel,
diatomit, trepel
Meta-
morfik
jinslar
Gneyslar (granitsimonlar), gil, slaneslar, (gil-
tuproqli), marmarlar (ohaktosh, dolomitlar),
kvarsitlar (qumtoshlar)
Kvars
- (S i0 2) kristall tuzilishga ega juda zich,
mustahkam va
agressiv muhitlarga chidamli. Kvarsning siqilishdagi mustahkamligi 2000
MPa gacha, cho‘zilishdagi mustahkamligi esa 100 MPa gacha bo‘ladi.
Qattiqligi jihatidan topaz, korund va olmosdan keyin to‘rtinchi o‘rinda
turadi. Erish harorati 1700°S. Kvars qum sifatida cho‘kindi tog‘ jinsining
asosini tashkil etadi.
Dala shpati -
magmatik jinslaming 60-70 foizini tashkil etadi. Dala
shpatining Ortoklaz (K20 A l20 3-6Si02) va Plagioklaz (Na20 A l 20 3-6Si02
- albit, C a0 A l,03-2Si02- anortit) turlari mavjud. Uning mustahkamligi
19
(120 - 170MPa) va chidamliligi kvarsga nisbatan kamroq bo‘ladi. Dala
shpati yemirilishidan gil kabi cho‘kindi jinslar hosil bo‘ladi.
Temir-magnezialli silikatlarga
- olivin, piroksenlar, amfibolalar,
magnezialli silikatlarga serpentinlar, xrizotil asbest va shu kabilar kiradi.
Alyumosilikatlarga
muskavit, flogopit va biotit, gidroslyudalar gidro-
muskovit, gidrobiotit kiradi. Temir magneziallami va alumosilikatlarni
rangli m inerallar (yashil, to ‘q yashil, qoramtir va h.k.) deb yuritiladi.
S lyudalardan
tashqari, bu guruh m inerallar to g ‘ jinslariga yuqori
mustahkamlik beradi.
Magmatik j ins larstrukturasi vateksturasi bilan farqlanadi. Magmaning
chuqurlikda asta-sekin sovushidan to ‘la kristalli struktura hosil bo‘ladi.
D onalar o ‘lchamiga qarab yirik donali (5 mm ko‘p), o ‘rtacha
donali
(1-5 m m .) va mayda donali (0,5-1 mm.) hamda notekis donador va tekis
donador bo‘ladi (2.1-rasm).
M agm atik jinslar, asosan, massiv teksturaga, o ‘ta yuqori
zichlikka
ega mustahkam, sovuqqa chidamli, suv shimuvchanligi juda kam bo‘ladi.
Ulaming siqilishga mustahkamligi 100-300 MPa, o ‘rtacha zichligi 2600-
3000 kg/m 3, suv shimuvchanligi 1 foiz kam (hajmiga nisbatan),
issiq
o ‘tkazuvchanlik koeffltsiyenti 3 W/(m °C).
Dostları ilə paylaş: