Konvertor usuli.
Bunda po'lat olish suyuqlangan cho‘yanga siqilgan
havo purkab qo ‘shilmalarni shlakka o ‘tkazishdan iborat. Konvertor
noksimon shaklda bo‘lib, ichiga olovbardosh material qoplangan po‘lat
idishdir (10.8-rasm). Konvertorga yuborilgan kislorod bilan boyitilgan
havo ta’sirida temiming chala oksidi FeO hosil bo‘ladi. Kislorod kremniy,
marganes, fosfor oksidlari bilan reaksiyaga kirishib oksidlar hosil qiladi.
Bu oksidlar shlakka o ‘tadi yoki kuyib ketadi, FeO esa softemirgacha
tiklanadi.
Bu usulda temir olish jarayoni 15-30 min. davom etadi. Zamonaviy
konvertor sig‘imi 600 tonna va bu usulda po‘lat olish yuqori unumli
va tejamlidir. Bu usulning kamchiligiga po‘lat tarkibiga pufakchalar
kirib qolishi hisoblanadi. Konvertor po‘latidan profillar, listlar, simlar
tayyorlanadi va qurilishda ishlatiladi.
147
10.8-rasm . K on vertor sxem asi.
1. aylanadigan noksimon idish; 2. futerovka; 3. havo beriladigan furm
teshik; 4. burish mexanizmi.
M arten usuli.
Marten usulida cho‘yan temir rudasi yoki metallolom
(ikkilamchi xomashyo) bilan birga maxsus pechlarda yoqilg‘i gaz va
kislorod aralashmasini purkab olinadi. Bu jarayon natijasida 4-8 soat
davomida avval temirning chala oksidi hosil boMadi va sof temirgacha
tiklanadi. Marten pechi ishchi kamerasi gorizontal boMib, 1000 tonna
sigMmga ega. Pechning ichki qismi olovbardosh gMsht bilan qoplanadi
(10.9-rasm).
PoMatni bu usulda eritish jarayonida ferroxrom, ferrovanadiy va
boshqa qo‘shimchalar kiritib, legirlangan poMat olinadi. PoMat eritmasi
kovsh vositasida poMat va cho‘yandan tayyorlangan maxsus qoliplarga
quyiladi. Marten poMatidan konstruksiyalar va armaturalar tayyorlanadi.
|