Tog' jinslarini maydalovchi qattiq qotishmali instrumentlar bilan skvajinalarni burg'ilash


Kolonkaviy burg‘ilash uchun olmosli koronkalarning konstruksiyalari



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə4/15
tarix22.09.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#147239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
TOG` JINSLARINI HOSIL QILUVChI MINЕRALLAR

Kolonkaviy burg‘ilash uchun olmosli koronkalarning konstruksiyalari

a – birqatlamli; v – impregnirlangan; 1,2 – ichki va tashqi keskich olmoslar; 3,5 – matritsadagi asosiy ishchi olmoslar; 4 - koronka korpusi.

Impregnirlangan koronkalarda matritsa materiali juda mayda olmos donalari bilan bir tekis aralashgan holda bo‘ladi. Olmoslarning konsentratsiyasi olmos ushlab turuvchi matritsaning 1 mm balandligiga 1,5-2 karatni tashkil etadi. Impregnirlangan koronkalar bilan burg‘ilashda matritsa yeyilib borgan sari ishga yangi olmos zarrachalari tushadi (rasmv). Impregnirlangan koronkalar I harfi bilan belgilanadi. Ular IX-XII kategoriyadagi va darzdor VII- IX kategoriyadagi jinslarni burg‘ilash uchun ishlatiladi.

4 Burg’ilash va neftgaz qazib chiqarish tashkilotlari geologik xizmatining asosiy vazifalari va tashkil etish

Geologik xizmat quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:



  1. Yangi quduqlarni burg’ilash uchun nuqtalarni tayyorlashni ta’minlaydi, buning uchun qidiruv va ekspluatatsion burg’ilash rejasini tuzadi; muvofiq geologik hujjatlarni (geologik, tuzilma va boshqa xaritalar, kesimlar, quduqni joylashtirish haqidagi aktlar, geologik hisobotlar va b.) tayyorlaydi; quduqni quluq qurish uchun yer ajratishni ta’minlaydi (kelishadi).

  2. Topo-geodezik va marksheyderlik ishlarini amalga oshiradi (geologik, geofizik va boshqa tadqiqotlar nuqtalarining reja-balandlik holatini aniqlaydi, konning marksheyderlik rejalari va tog’ va yer ajratish rejalarini tuzadi); quduq stvolini suratga olishni (xaritalashni) amalga oshiradi; burg’ilash ma’lumotlarini tahlil qiladi, ishlatiladigan uyumning ustida yer yuzasini cho’kishini, quduq atrofida yorilishlarni, kon jihozlari zonasida ko’chish hodisalarini geodezik nazoratini olib boradi.

  3. Quduqlarni burg’ilash va o’zlashtirishning geologik nazoratini ta’minlaydi.

  4. Ishlatish (to ishlatish) loyihalarini tuzishga ishtirok etadi va ularni amalga oshirishni nazorat qiladi, ya’ni ishlatishni kon-geologik nazoratini amalga oshiradi.

  5. Neft, gaz qazib chiqarishni loyihalash uchun kon-geologik ma’lumotlarni tayyorlaydi va rejalashtirishga ishtirok etadi.

  6. Konlarni kompleks o’rganishni, asosiy va ular bilan birga yotuvchi (yuldosh) foydali qazilmalar hamda ulardagi qimmatbaho komponentlarni aniqlash va amaliy ahamiyatini baholashni amalga oshiradi, mineral xomashyolardan iqtisodiy ratsional asosda nisbatan to’liq foydalanish imkoniyatlarini belgilaydi,

  7. Yer osti va atrof muhitni muxofaza qilish bo’yicha tadbirlarni amalga oshiradi. Faoliyati yer qa’ridan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan idoralarning geologik xizmatiga yer qa’ridan foydalanishni o’rnatilgan tartiblariga rioya qilish, yer qa’rini geologik o’rganish bo’yicha ishlarni to’g’ri olib borish, yer qa’rini muxofaza qilish talablarini bajarish va geologik xizmatning faoliyatini belgilovchi boshqa qoidalar va me’yorlarni bajarilishining rasmiy nazoratini amalga oshirish mas’uliyati yuklatiladi. Respublikamizda ushbu nazoratlar yer osti boyliklari to’g’risidagi qonunchilikka asosan O’zbekiston Respublikasi sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi «SANOATKONTEXNAZORAT» tomonidan amalga oshiriladi.

Geologik xizmat quyidagi vazifalarni bajaradi:

  1. Ishlatishning oqilona sistemasini loyihalash uchun zarur bo’lgan parametrlarni olish maqsadida konning va uning mahsuldor gorizontini geologik tuzilishini batafsil o’rganishni tashkil etadi va amalga oshiradi;

  2. Ishlatishning oqilona sistemasini loyihalashda faol ishtirok etadi;

  3. Neft va gaz uyumining tuzilishi hamda neft va gazni yotish sharoitlarini nisbatan to’liq o’rganish uchun quduqni o’tish va birlamchi haqiqiy materiallarni to’plashni boshqaradi;

  4. Neft va gaz uyumlarini ishlatishning qulay sharoitlarini yaratish bo’yicha tashkiliy ishlarga ishtirok etadi, shu jumladan, me’yorida ishlatishga ta’sir etadigan geologik va gidrogeologik omillarni o’rganadi, debitlarni va qatlam bosimlarini nazorat o’lchovini bajaradi, quduqlarda tasdiqlangan texnologik ish rejimiga rioya qilishni nazorat qiladi, quduqda tadqiqot o’tkazadi hamda harakatda bo’lmagan quduqlar fondining holatini muntazam tekshirish va konda ishlatish quduqlari fondidan nisbatan to’liq foydalanish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqishga ishtirok etadi;

  5. Neft va gaz zaxiralarini hisoblash bo’yicha ishlarni amalga oshiradi; neft va gaz uyumlaridan to’liq foydalanish tadbirlarini ishlab chiqishga ishtirok etadi;

  6. Kondagi barcha geologik va gidrogeologik hujjatlarni hamda

burg’ilanayotgan va ishlatilayotgan quduqlarning geologik hujjatlarini yuritadi;

  1. Oylik, kvartal va yarim yillik grafiklarni hamda neft va gaz konlarini qidirish va ishlatishning yillik va istiqbolli rejalarini tuzishga ishtirok etadi;

  2. Yer qa’rini muxofaza qilish maqsadida quduqlarni burg’ilash va ishlatishni geologik nazoratini amalga oshiradi;

  3. Kon maydonlaridagi, xususan ishlatilayotgan uyumning ostidagi yotqiziqlarda yangi mahsuldor gorizontlarni izlash va qidirishni tashkil qiladi va rahbarlik qiladi.

Konni burg’ilash jarayonida geologik xizmat oldida quyidagi asosiy vazifalar turadi: konni tasdiqlangan loyihalarga muvofiq burg’ilanayotganligini va quduqlarni geologik-texnik naryadlar bilan aniq muvofiq o’tilayotganini nazorat qilish; navbatdagi qidiruv quduqlarining joylashtirish o’rnini aniqlashtirish va ishlatish loyihalariga tuzatish kiritish maqsadida qidiruv va ekspluatatsion burg’ilash natijalarini tizimli tahlil qilish. Har bir quduq to’liq geologik ma’lumotlar berishiga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Shularga bog’liq holda geologik xizmatning xodimlari barcha quduqlar uchun zaruriy kon geofizikasi tadqiqotlari kompleksini o’tkazishni, to’liq kern chiqishi va shlam olishni, uni darhol ko’rib chiqish, saqlash va tahlil qilishni, quduqlarni burg’ilash, burg’ilash jarayonida neft, gaz va suv namunalari olish, quduqlarni namunalash va sinov ishlatishni nazorat qilish, konning gidrogeologik sharoitlarini o’rganish, quduqqa suv oqimlarining o’rnini aniqlashni ta’minlashi lozim. Mahsuldor qatlamni ochish sifati va quduq tubi jihozlariga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Qidiruv quduqlarini sinash va o’zlashtirish hamda ularni sinov ishlatish jarayonida asosiy vazifalar quyidagilar hisoblanadi: konni qidirishda aniqlangan barcha neftli va gazli qatlamlarni to’liq sinashni ta’minlash; bir vaqtni o’zida qatlam va quduq tubi bosimlarini o’lchagan holda turli rejimlarda quduqlarning mahsuldorlik xarakteristikalarini aniqlash; quduqlarda izolyatsiyalash (berkitish) ishlarini o’tkazishni asoslash; sinov ishlatish jarayonida qatlam bosimi va gaz omili dinamikasini hamda neftlilik va gazlilik konturlarining holatini aniqlash; qatlamning ishlash rejimini aniqlash.




  1. Yüklə 0,65 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin