Tog' jinslarini maydalovchi qattiq qotishmali instrumentlar bilan skvajinalarni burg'ilash


Tog'jinslarini maydalovchi sharoshkali instrumentlar bilan



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə5/15
tarix22.09.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#147239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
TOG` JINSLARINI HOSIL QILUVChI MINЕRALLAR

Tog'jinslarini maydalovchi sharoshkali instrumentlar bilan skvajinalarni burg'ilash.


Sharoshkali burg’ilash uskunasi. Ochiq kon ishlarida turli xildagi tog’ 
jinslaridan tashkil topgan massivlarda skvajina burg’ilash uchun asosan 
sharoshkali burg’ilash uskunasi qo’llaniladi. U diametri 190-320 mm chuqurligi 32 
m gacha SNiP bo’yicha 6-16 guruhdagi tog’ jinslarida skvajinalar parmalash uchun 
keng qo’llaniladi.
Bu uskunaning qulayligi: yuqori mehnat unumdorligi; skvajina 
burg’ilashning avtomizastiyalashganligi. Bularga misol qilib SBSh-250MNR, 
SBSh-200MN larni aytish mumkin. 
Burg’ilashning zarbli-aylanma usulida tog’ jinsining maydalanishi asosan 
burg’ilash koronkasining zarbi va burgi’lash uskunasining aylanma harakati 
hisobiga amalga oshiriladi. Burg’ilashning zarbli-aylanma usuli asosan SNiP 
bo’yicha VI-XI guruh mustahkam tog’ jinslarida skvajina parmalash uchun 
qo’llaniladi. 
Zarbli-aylanma usuliga mo’ljallangan burg’ilash uskunalari asosan ochiq 
kon ishlarining kichik mehnat unumdorligiga ega bo’lgan karerlarida qo’llaniladi. 
Zarbli-aylanma usuliga mo’ljallangan burgilash uskunalari asosan 105-125 mm 
diametriga ega bo’lgan skvajinalar burg’ilashda qo’llaniladi. 
Bu uskunaning qulayligi: uskunani mehnat unumdorligi burg’ilashning 
qiyalik burchagiga bog’liq emasligidir va mustahkamlik darajasi yuqori bo’lgan 
tog’ jinslarida skvajina burg’ilash uchun qo’llash hamda qulay transportirovka 
qilish mumkunligidadir.(SBU 100g, 125)
Burg’ilashning aylanma zarb usulida tog’ jinsini maydalash asosan kuchli 
bosim ostida to’xtovsiz aylanma xarakat ostidagi burg’ilash qurilmasi hisobiga 
amalga oshiriladi. Tog’ jinsini maydalash asosan zarb va burg’ilash qurilmasining 
aylanma harakati asosida bo’ladi. Skvajina burg’ilanishining aylanma zarb usuli 
asosan NKR-100 burg’ilash uskunasida qo’llanilgan. Ushbu uskuna hozirgi kunda 
ham foydali qazilmalarni yer osti usulida qazib olish ishlarida keng 
qo’llanilmoqda. 
Skvajina burg’ilashning termik va kombinastiya usulida tog’ jinsida 
burg’ilashning olovli usuli – termik usuliga kiradi. Asosan mehnat unumdorligi
katta bo’lgan ochiq kon ishlarida va tarkibida kvarstdan tashkil topgan tog’ 
jinslarida skvajinalarni burg’ilash uchun ushbu burg’ilash usuli keng qo’llaniladi. 
Burg’ilashning portlatish usulida asosan, tog’ jinslarini ketma-ket 
portlatishga asoslangan va mustahkam, juda mustahkam tog’ jinslarida skvajina 
burg’ilashga asoslangan. Tog’ jinsining samarali maydalanishi asosan portlovchi 
moddaning brizantligi, zichligi va detonastiya xarakteristikasiga bog’liqdir.


  1. Yüklə 0,65 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin